Etuvchilari



Download 70,7 Kb.
bet4/4
Sana30.05.2022
Hajmi70,7 Kb.
#620528
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Metrologik xizmat haqid

«Metrologiya to„g„risida»gi Respublika qonunining eng ahamiyatli tomonlaridan biri – quyida keltirilayotgan holatlarning oldini olishdir:

    • ishonchsiz o„lchash asboblarining yoki uslublarining qo„llanilishi texnologik jarayonlarning izdan chiqishiga sababchi bo„lib, bundan tashqari, energetik resurslar asossiz sarflanib, avariya holatlari va brak mahsulot kelib chiqishi mumkin;

    • o„lchashlarning ishonchli natijalarini olishga katta sarf xarajatlar ketishi (rivojlangan davlatlarda o„lchashlarga yalpi daromadning 6% i sarflanadi);

    • iqtisodiy boshqaruvdagi o„zgarishlar metrologiyadagi tashkiliy o„zgarishlarga olib keladi.

Mazkur qonun metrologiya sohasida xalqlararo hamkorlikning qonuniy asoslarini mustahkamlab, quyidagi amallarga munosib zamin yaratadi:

    • alohida yondashuvdagi xalqaro shartnomalar bo„yicha majburiyatlarni qo„llab – quvvatlash;

    • O„zbekiston Milliy metrologiya markazining xalqaro tashkilotlardagi obrusini yanada oshirish;

    • ikkiyoqlama va ko„pyoqlama tashqi iqtisodiy munosabatlardagi turli texnikaviy tusiqlarni bartaraf etish maqsadida o„tkaziladigan sinovlar, qiyoslash va kalibrlash uchun sharoitlar yaratish.

Davlat metrologik xizmatining huquqiy holatidagi alohida xususiyati shundaki, barcha metrologiya xizmatlari vertikal bo„yicha birgina mahkamaga – O„zstandart Agentligiga bo„ysunadi.
2009 yil 23 aprelda “Texnik jihatdan tartibga solish to„g„risida” O„zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Bu qonun 3 – bob va shu boblarga kiruvchi 28 – moddadan iborat.
Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo„llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunda texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari alohida belgilab berilgan (4 – modda). Unga ko„ra, texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • inson hayoti va sog„lig„i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol – mulki xavfsizligini ta‟minlash;

  • atrof - muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta‟minlash;

  • savdodagi texnik to„siqlarni bartaraf etish;

  • mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste‟molchilarni chalg„ituvchi harakatlarning oldini olish.

Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari ham ko„rsatib o„tilgan (5 – modda).
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

-texnik reglamentlarni qo„llashning majburiyligi;


-texnik reglamentlarni qo„llashning bir xilligi;
-texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;
-texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e‟lon qilish tartibi to„g„risidagi axborotning ochiqligi.
Bundan tashqari qonunda texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (6 – modda) ham ko„rsatib o„tilgan. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari – O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi;


texnik jihatdan tartibga solish sohasida o„z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari.
Qonunning 2 – bobi “Davlat organlarining va boshqa organlar hamda tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari” deb nomlangan bo„lib, unda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (7 – modda), O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (8 – modda), O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qumitasining texnik jihatdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (9 – modda) , Davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (10 – modda) ko„rsatib o„tilgan.
Qonunning 3 – bobi “Texnik reglamentlar” deb nomlangan. Unda texnik reglamentlarning turlari (15 – modda), texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta‟minlashga doir talablar (16 – modda), texnik reglamentlarning mazmuni (17 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish (18 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi (19 – modda), texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi (20 – modda) va shu kabilar aniq ko„rsatib berilgan.
Download 70,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish