Etuvchi omillar Boshlang’ich



Download 60,67 Kb.
bet1/3
Sana02.07.2022
Hajmi60,67 Kb.
#729177
  1   2   3
Bog'liq
Boshlang’ich sinf o’quvchilari aqliy rivojlanishida qo’llaniladigan metodikalar


Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilari diqqatning ayrim xususiyati
Reja:
1.Boshlang`ich sinf o’quvchilarining aqliy taraqqiyoti rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilari aqliy rivojlanishida qo’llaniladigan metodikalar
Komil insonni tarbiyalash har bir pedagogning vazifasi. O’qituvchi bilimli bo’lish bilan birga ruhshunos ham bo’lishi kerak. Kalit so’zlar: ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqatdan so’nggi diqqat, ob’yekt, mimika. Ta’lim va tarbiya murakkab va mashaqqatli jarayongina bo’lib qolmay, hamisha dolzarb masaladir. Prezidentimiz va hukumatimizning xalq ta’limiga jiddiy e’tibori va g’amxo’rligi bejiz emas. Zero ta’lim va tarbiyaning birligi va ustivorligi kelajagimiz ravnaqining asosidir. Prezidentimizning xalq ta’limini rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan qator farmon va qarorlari har bir pedagog oldiga burch va mas’uliyat yuklaydi. Boshlang’ich ta’limni ta’lim va tarbiyaning poydevori deyish mumkin. Zero tagzamini mustahkam imorat umrboqiy bo’lganidek, boshlang’ich ta’limni puxta egallagan o’quvchi kelajakda komil inson bo’lib etishadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi jiddiy e’tibor berish kerak bo’lgan narsa o’quvchilar diqqatining kuchi va barqarorligini oshirishdir. Diqqat aqliy faoliyatini muayyan bir ob’yektga yo’naltirish va ana shu ob’yektda ma’lum muddat ushlab turishdir. Aqliy faoliyatini barcha turlarida diqqat ishtirok etadi. Agar odam diqqatini o’zi idrok etayotgan narsaga qaratmasa, hech bir ish – harakat sifatli bo’lmaydi. O’quvchi biror bir predmetga qarab tursa ham uni ko’rmasligi mumkin. Diqqatni qaratish orqali sezgilar kuchaytiriladi. Diqqat – bilim faoliyatining zaruriy shartidir. Eng oddiy ishlardan tortib, o’ta jiddiy, murakkab ishlarni diqqatning ishtirokisiz bajarib bo’lmaydi. Diqqat mimikada, tashqi qiyofada aks etadi. Lekin aytim hollarda bu qiyofa chalg’ituvchi bo’lishi ham mumkin.
Diqqat 3 turli bo’ladi:

  1. Ixtiyoriy diqqat.

  2. Ixtiyorsiz diqqat.

  3. Ixtiyoriy diqqatdan so’nggi diqqat.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ixtiorsiz diqqat kuchli bo’ladi. Xonaga eshitilgan biror bir tovush, nur, o’rtog’ining past ovozdagi so’zi o’quvchi diqqatini tez bo’ladi. O’quvchilarda ixtiyoriy diqqatni shakllantirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni, yoshini, individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda biror narsani boshlash qiyin bo’ladi. Ixtiyoriy tashkil qilingan diqqatni ixtiyorsiz holatga o’tishi, ixtiyoriy diqqatdan so’nggi diqqat deyiladi. Diqqatning barqarorligi aqliy faoliyatni tegishli ob’ektga qancha muddat ushlab turilishi bilan belgilanadi. Diqqat beqaror va barqaror bo’ladi. Diqqatning ko’chishi deganda biz uni 1 narsadan 2-narsaga yoki faoliyatini 1-turidan 2-siga o’tishini tushunamiz. Diqqatning bo’linishi bir vaqtning o’zida diqqatni 1 dan ortiq ob’ektga taqsimlashdir. O’qituvchi sinfdagi har bir o’qituvchini nazoratsiz, e’tiborsiz qoldirmasligi kerak. Masalan o’quvchi ona tili darsida doskadagi yozuvni o’qiydi, aytib turib yozadi. U birdaniga 3 ta faoliyatni bajaradi.Boshlang’ich sinf o’quvchisi diqqatni kuchli, ko’lami keng va barqaror bo’lish uchun o’qituvchi nimalarga e’tibor berish zarur?Avvalo o’qituvchi bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi, yosh va individual xususiyatlarga e’tiborli bo’lish kerak. O’zi har tomonlama namunali, nutqi, tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lish kerak. O’qituvchilar diqqatni o’zi xoxlagan tomonga yo’naltira olish, faoliyat turini o’zgartirgan holda o’quvchilar zerikishi, charchashini oldini olishi kerak. O’quvchilar diqqatni ko’lami va e’tiborini oshirish uchun o’qituvchi ona tili va o’qish darslarida 1 qator usullardan foydalanish mumkin. 1-matnli topshiriqlar, suratli topshiriqlar.
O’qituvchi o’tgan mavzuni umumlashtirayotganda bu matnga mutlaqo aloqasiz darslarni qo’shib ketadi. O’quvchilar sezgirlik bilan bu jumlalarni farqlay bilishi kerak.
“Olaparni toping” kabi topshiriqlar. Bunda o’quvchi matnning har bir jumlasiga diqqat qilishi kerak bo’ladi.
Kim ko’p so’z topadi?” o’yini ham o’quvchidan diqqat va sezgirlik talab etadi. Bunda o’quvchi bir vaqtning o’zida 2 xil so’zni hosil qiladi.
Suratli topshiriqlar. Bularga “Rasmdagi farqni toping?”, “Rassom xatosini toping?” kabi topshiriqlarni kiritish mumkin. 2 ta bir xil ko’ringan rasmda aslida bir nechta farq berilgan bo’ladi. O’quvchi esa sezgirlik bilan bu farqlarni topishi kerak. “Rassom xatosini toping?” topshirig’ida o’quvchi rassom atayin yo’l qo’ygan topshiriqlar qovun-tarvuzlarning daraxtda o’sishi, tovuqlarning, mushuklarning suvda suzishi, kuchuklarni o’t yeyishi va h.k.larni aniqlashi kerak.O’qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilar diqqatini jamlab olishi kerak. O’qituvchi matnni o’qib beradi. O’quvchilarga matn mazmunini so’zlatish ularni matnni diqqat bilan eshitishini talab qiladi. Matn mazmunini so’ralganda har bir o’quvchi o’ziga xos hikoya qiladi. Bir o’quvchi matndagi asosiy o’rinlarga e’tibor bersa, boshqasi ikir-chikirlarigacha aytib o’tadi. Yana biri esa mayda elementlarga e’tibor berib asosiylariga diqqat qaratmaydi. O’qituvchi qayta hikoya qilish jarayonida muhim element va o’rinlarni ta’kidlab o’tishi kerak. Hozirgi shiddatkor zamonda informatsiyalar shunchalik ko’pki u insondan diqqat va tezkorlikni talab etmoqda. O’quvchilar intellektual saloxiyatini oshirish, bilimli hozirjavob bo’lib yetishish uchun boshlang’ich sinfligidanoq tarbiyalab borish zarur. Darslarda yangi pedagogik-texnologiyadan foydalanish, tezkor savol-javoblar o’tkazish orqali bu orada bir muncha yutuqlarni qo’lga kiritish mumkin. Shunday o’quvchilar doskadagi yozuvni yozib bo’lishsa ular endi yozishga tushadi. Bunday o’quvchilar bilan alohida shug’ullanib ulardagi bu kamchiliklarni tugatish lozim. O’qituvchi darsda musobaqa o’tkazganda o’quvchi har yo’qlama ishlaydi. O’rtog’ini bajargan ishini kuzatadi, ishning davomini ongida ishlab chiqadi, to’g’ri va noto’g’ri javobni farqlaydi. O’quvchi ko’p narsani bilish mumkin, lekin u javob berishda qiynaladi. Chunki unda tezkorlik yetishmaydi. Tezkor savol-javoblar, kubiklardan shakl va tasvir hosil qilish o’quvchini faolroq bo’lishga tezkorlikka o’rgatadi. Bunda o’quvchilarni guruhlarga bo’linadi va qiyinlik darajasi bir xil bo’lgan topshiriqlar beriladi. Bunday topshriqlar o’quvchilarni nafaqat tezkorlik, balki jamoa bo’lib ishlashga ham o’rgatadi.
O’qituvchining vazifasi har tomonlama yetuk, bilimli, komil insonni tarbiyalashdir. Bu o’qituvchidan bilim, izlanuvchanlik va pedagogik mahorat talab qiladi. O’qituvchi darsning har bir daqiqasidan shunday unumli foydalanishi kerakki 1 soatlik darsni “Yirik bir asar” darajasiga yetkaza olishi zarur.

Download 60,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish