2-masala. Maqollar, topishmoqlar, olqish va
qarg`ishlar tizimi
“Maqol” atamasi arabcha “kavlun” – gapirmoq, aytmoq so`zlaridan olingan bo`lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo`nda xulo
salarini ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba`zan to`g`ri, ba`zan ko`chma ma`noda ifodalanadi.
Maqolda ifodalangan pedagogik g`oyalar alohida shaxsgagina emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan bo`ladi. Unda hayotiy tajribada sinalgan pedagogik fikrlar bayon qilinadi. U o`z shakliga ko`ra ixcham, mukammal, lekin ommabop bo`ladi. Shuningdek, maqollar xalq pedagogik tafakkuri yo`nalishlarini, uning pedagogik madaniyatini, ma`naviy-axloqiy e`tiqodini, turmush va mehnat mezonlarini, sevgi va nafratini, orzu va intilishini ifodalaydi. Shuning uchun ham L.N. Tolstoy: “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko`raman”, -degan edi. Xalq maqollari mehnat jarayonida yaratilganligi tufayli unda mehnat mavzusi yetakchilik qiladi.
Mehnatga muhabbat, hurmat ulug`lanuvchi makollarda dangasalik qoralanadi: Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda; Dangasaning kosasi oqarmas; Ishyoqmasga it boqmas ...
Vatanparvarlik, dushmanga qarshi nafrat targ`ib etiladi: Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni; Vatan gadosi – kafan gadosi; Ona yurting omon bo`lsa, rangi ro`ying somon bo`lmas ...
Botirlik, saxiylik, adolat, insof qadrlanadi: Arslon izidan qaytmas, yigit so`zidan; Erni nomus o`ldiradi; Botirdan yov qo`rqar; Yo`lga chiqsang, yo`ldoshli chiq! ...
Ilmni egallash targ`ib etiladi: Ilm – aql chirog`i; Ilm ko`p, umr oz, zarurini o`rgan; Kitob – bilim manbai ...
Topishmoq – deb, bir-biriga o`xshash ikki predmetdan jumboq yasalib, ikkinchisiga xos o`xshash belgilar asosida uni topishga mo`ljallangan she`riy yoki nasriy topshiriqqa aytiladi. Masalan: “Bir parcha patir, olamga tatir” topishmog`ida eng to`yimli ozuqa – patir “Oy” ga o`xshatilgan. Oy ham go`zal, tunda olamni munavvar qiladi.
Topishmoq atamasi “Top” buyruq fe`li va “-ish” hamda “-moq” qo`shimchalaridan yasalgan. Topishmoqlarda ham ta`lim-tarbiyaviy fikrlar olg`a suriladi, ular vositasida insonning tafakkuri, fikrlash doirasi, topqirligi, nutqi, hozirjavoblik sifatlari o`stirilgan. O`tmishda aholi qishning uzun tunlarida to`planishib, maqol, matal, topishmoq, doston, ertaklar aytib vaqtni ko`ngilli o`tkazganlar. Bunday anjumanlarda bolalar ham qatnashgan. Jumladan: topishmoqni topolmaganlar “shahar bergan”. Masalan: Qoziq ustida qor turmas (nima? -tuxum). Agar javob beruvchi topishmoqni topolmasa: “SHahar berdim”,- degan. Shunda topishmoq aytuvchi shunday deb, sherigini uyaltirgan, izza qilib, so`ng o`zi javobini aytgan: “SHahar, unda boru munda kel, kelib yonimga yiqil, Ikkalamiz ketaylik, Sen keta turib bir xaloga yiqilding. Shunda bir devona: “Xey, do`st”, -deb keldi. Men bir kurak tillo berdim, u meni maqtab ketdi. Sen bir kurak go`ng berding, u seni qarg`ab ketdi. Men bir otga, sen bir eshakka minding ... “javobi -tuxum” edi. Yoki, “sotdim - oldim” dialogi bilan topishmoq javobi yakunlangan:
- Sotdim. – Nimasini?. – Nima qilasan?
- Oldim. – Qo`lini. – O`choqqa kasov qilaman ...
Olqishlar – olqish turkiy tillarda “maqtash, sharaflash, yaxshi istak tilash” ma`nolarini anglatadi. O`tmishda olqishlar ulug` yoki oqsoqollar tomonidan ijro etilgan. Hozir ularning quyidagi turlari mavjud:
a) uchrashuv olqishlari: - Kishilar tanish-notanishligidan qat`iy nazar uchrashganlarida olqish aytib fotiha tortadi: “Omin, qadam yetdi, balo yetmasin” kabi.
b) dasturxon olqishlari: “Omin, taomning haqi, baloning dafi, har kim yesa, o`zining nafi, esonlik, tan-sihatlik, keng fe`l, ketmas davlat, xotirjamlik ... bersin” singari.
v) ish boshidagi olqishlar (so`z sehriga ishonishdan paydo bo`lgan). Jumladan, imorat qurishdan oldin: “Omin, boshlagan ishlaringda Alloh madadkor bo`lsin, ishlaring unumli va barorli bo`lsa, Hazrati Nuh o`zi qo`llasin, qo`llaring dard ko`rmasin, shu imorat baxtli kunlarga xizmat qilsin”... singari.
Qarg`ishlar – “qarg`ish” –“qir” fe`liga “-g`a” va “-ish” qo`shimchalari qo`shilishidan yasalgan. Qarg`ishda yomon kishilarga baxtsizlik, yomonlik tilansa, so`kishda kishi shaxsi haqoratlanadi. Qadimgi kishilar qarg`ish insonga tegishiga ishonganlar, qarg`ishni yo`llash va qaytarib olish mumkin deb hisoblaganlar. Jumladan: qarg`ishni qaytarish aytimi kuyidagicha bulgan:
Yutganim yumurtimga,
Suvlarga oqsin,
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |