Etnopedagogika manbalari tizimi
Reja:
1. Etnopedagogika manbalari tizimi va uning xilma – xilligi.
2. Maqollar, topishmoqlar, olqish va qarg`ishlar tizimi.
3. Marosim folklori, qo`shiqlar, dostonlar, og`zaki drama va askiyalar tizimining pedagogik ahamiyati.
4. Afsona, rivoyat, naqllar, ertaklar, latifalar, loflar tizimining pedagogik xususiyatlari.
1. Etnopedagogika manbalari tizimi vaularning xilma-xilligi
Etnopedagogika manbalari o`z tuzilishi, qo`llanish o`rni, vazifasiga ko`ra muayyan tizimlar (guruhlar) ni tashkil etadi. Bunday guruhlarni ko`rsatish uchun ma`lum atamalardan foydalaniladi. Etnopedagogika manbalari turlari ijtimoiy taraqqiyot davomida sekinlik bilan o`zgarib boradi: ularning ba`zilari so`nishi yoki boshqasi bilan almashishi mumkin.
Etnopedagogika manbalari turlarining vujudga kelishini ijtimoiy hayot taqoza qiladi. Chunki voqelikning o`zi voqealarga, obrazlarga boy bo`lib, xalq ijodiyoti oldiga uni g`oyaviy-tarbiyaviy va estetik mohiyatini idrok etgan holda biror shaklda ifodalashni zaruratga aylantiradi. Ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashi afsona va dostonlarni, tabiat kuchlari oldidagi ojizligi esa so`z magiyasi (afsun) ga sig`inishni paydo qildi. Demak, voqelikning muayyan xarakteri xalқ ogzaki ijodida ўziga xos ifoda shaklini vujudga keltirishga xizmat qildi.
Xalq pedagogik tafakkurining tarixiy taraqqiyot darajasi ham u yoki bu turning yuzaga kelishiga olib keldi. Agar taraqqiyotning ilk bosqichida oddiy shakllar yuzaga kelgan bo`lsa, keyinchalik murakkab shakllar paydo bo`ldi.
SHunday qilib, o`zbek xalq pedagogikasining janrlar turi xilma-xil bo`lsada, u boshqa xalqlar pedagogikasi tizimlaridan farq qiladi. Жумладан, барча халqлар pedagogik manbalari tizimida ertak, maqol, topishmoq, qo`shiq turlari bo`lsada, ruslarda doston, o`zbeklarda blina yo`q, yoki o`zbek va tojiklarda ramozon, hayitlik aytimlari, ukrain va beloruslarda kolyadkalar, ruslarda ratseyka va chastushkalar tizimlari mavjud. Bir necha xalqlardagi etnopedagogika manbalarining bir xil tizimi ham o`z xususiyatiga ko`ra bir-biridan farq qiladi.
Etnopedagogik asarlar janrlari o`z ijodkorlari faoliyati bilan ham bog`liq. Agar topishmoq va maqol singari turlar ommaviy xususiyatga ega bo`lsa, doston, og`zaki drama, ertak, askiya kabilar maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Ammo, mazkur turlarga xos quyidagi tamoyillarni ta`kidlab o`tish lozim:
1. Etnopedagogika manbalari pedagogik xususiyatlarining mushtarakligi;
2. Manbalar janrlariaro o`zaro ta`sir, bir-biriga muvofiqlik va bir-birini boyitish xususiyatlari;
3. Har bir turning vujudga kelishida ikkinchi turning manba sifatida xizmat qilishi – genetik aloqa;
4. Bir turdagi asarning boshqa bir tur tarkibida uchrashi;
5. Bir turdagi asarning yana bir necha boshqa turlar tarkibida uchrashi va boshqalar.
SHunday qilib, Markaziy Osiyo xalqlari pedagogikasida manbalar tizimi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1. Maqollar,
8. Latifalar,
|
8. Latifalar,
|
2. Топишмоqлар,
|
9. Loflar,
|
3. Olqish va qarg`ishlar,
10. Dostonlar,
|
10. Dostonlar,
|
4. Marosim aytimlari,
|
11. Оg`заки драма,
|
5. Qo`shiqlar,
. 12Askiya,
|
. 12Askiya,
|
6. Afsona, rivoyat, naqllar,
|
13. Bolalar etnopedagogikasi manbalari va b.
|
7. Ertaklar,
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |