Etnologiya uzb


Amerikaning hozirgi etnik qiyofasi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/86
Sana12.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#491973
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86
Bog'liq
etnologiya

Amerikaning hozirgi etnik qiyofasi: Hozirgi Amerika qit`asi wzining rang-barang tabiati 
singari turli xildagi etnik qiyovaga ega. Kashf etilgandan swng besh asrlik tarixi davomida qit`aga 
juda kwp xilma-xil elat va xalqlar kelib uning etnik tuzilishida tub wzgarishlarga sabab bwlgan. 
Ularning geografik joylashishda ham kata wzgarishlar rwy bergan. Bu erda yirik xalqlar faqat yangi 


79 
davrda shakllangan. Evropaliklar kelgunga qadar Amerikaning tub aholisi asosan, qadimiy 
dehqonchilik madaniyati markazlari janubiy Meksika va And tog`larida joylashgan. 
Hozir AQSh va Braziliyada 100 dan ortiq turli xalqlar, Kanada, Meksika va Argentika 50 dan 
kwproq, Boliviya, Venesuela, Peru, Kolumbiya va Chilida 25 ga yaqin xalq va elatlar yashaydi. 30 
dan ortiq xalq bir milliondan kwp sonli aholi 1985-yili AQShda (240 mln.), Braziliyada (135,5 
mln.), Meksikada (78,5 mln.), Kolumbiyada (28,4 mln.), Kanadada (25,3 mln.), Argentinada (30,5 
mln.), Peruda (19,7 mln.), Venesuelada (17,3 mln.), Chilida (12,1 mln.) yashaydi. Tub aholi 
hisoblangan hindilarning avlodlari butun aholining taxminan 6|1 qismi tashkil qiladi. Shulardan eng 
kwp sonli xalqlar: kuchaya 13,2 mln. (Peru, Ekvador, Boliviya), guarani 2,9 mln. (Paragvay), 
aymara 2 mln. (Boliviya, peru), atseklar 1,3 mln. (Meksika), algonkinlar 350 ming, atapasklar 285 
ming, chibcha-muiska 270 ming va boshqalar. 
Evropada mustamlakasi natijasida kwp asrlik murakkab etnik jarayon rwy berib tub aholining 
faqat lingvistik va antropologik tuziishidagina emas, uning turmush tarzida ham jiddiy wzgarishlar 
bwlib wtadi. Albatta, mazkur jarayon tabiiy bir holat bwlmasdan, balki zwrlik va vahshiylik bilan 
amalga oshirilgan. Mustamlakachilarning hindilarni ochiqdan-ochiq qirib tashlash siyosati Amerika 
tarixining eng fojiali sahifalaridan hisoblanadi.
Istilochilar keltirgan qirg`in, og`ir mehnat va turli yuqumli kasalliklar millionlab hindilarning 
yostig`ini quritgan edi. Ayniqsa, Vest-Indiya aholisi XVI asrning birinchi yarmidayoq fodiali 
taqdirni boshdan kechirgan, oqibatda hindilar wsha davrda deyarli butunlay qirilib ketgan va 
ularning avlodlaridan nomu nishon qolmagan. Faqat kwp sonli qadimiy madaniyat yaratgan xalqlar 
(aymara, guarani, Janubiy Meksika hindilari) va Janubiy Amerikaning ichki twqayzorlarida, 
Amazonka va Oriniko daryolarining vohalaridagi tropik wrmonlarda yashaydigan hindilar qisman 
etnik hududini hamda madaniy xususiyatlarini saqlab qolganlar. 
AQShning aholisi qurama bwlib, uning asosiy tili inglizcha, faqat 10 foiz aholi wz ona tilida 
gapiradi. Bir necha asrlik assimilyatsiya natijasida hozirgi ingliz tillik Amerika millati shakllangan.
Shunisi qiziqki, qit`ada yashovchi roman-german tillarida gapiradigan kishilarning soni shu 
tillarning vatanidagi aholiga nisbatan bir necha marta kwp. Masalan, ingliz tilining vatani 
Angliyada 56 mln. kishi shu tilda gapirsa, Amerikada inglizchada 200 mln.ga yaqin kishi gapiradi. 
Ispaniyada 36 mln.dan ortiq kishi ispancha gapirsa, shu tilda gapiradigan kishilar Amerikada 200 
mln. dan oshadi. Partugaliya tili vatanida 10 mln.ga yaqin portugalcha gapirsa, Braziliya shu tilda 
115,5 mln. aholining tiliga aylangan. Umuman, qit`adagi aholining kwpchiligi roman tillarida 
(ispan, portugal va frantsuzcha – 54 foizdan ortiq) v agerman tillaridagi xalqlar (inglizcha 35 foiz), 
qolgan aholi hindilar va boshqa kelgindi mayda millatlardan iborat. 
Evropaliklar bilan negrlar aralashmasidan paydo bwlgan avlodlar «mulat», deb nom olgan. 
Ular negrlar kwproq bwlgan joylarda tarqalgan. Vest-Indiyada bunday avlodlar hatto maxsus 
terminlar bilan atalgan. Masalan, avlodda 4|1 qismi negr hisoblansa, «kvarteron», 8|1 qismi 
«oktron», 16|1 qismi «musti», 32|1 qismi «mustefino» deb nom berilgan. Mazkur tizim asosida 
kishining ijtimoiy wrni belgilangan. Agar «oq tanli» bilan «Mustefino»dan bola tug`ilsa, u oq tanli, 
deb tanilgan va erkinlar qatoriga kirgan (hatto ota-onasi qul bwlsa ham). 
Markaziy Amerika, Kolumbiya va Ekvadorda hindi bilan negrlar nikohidan paydo bwlgan 
avlodlarni «sambo» deb ataganlar. Bulardan tashqarii, XIX asrning 30-yillarida qllik mann 
qilingandan keyin Amerikaga Hindiston va Xitoydan kontrakt asosida yllamnma ishchilar keltirila 
boshlandi. Ularning kwpchiligi Vest-Indiya mamlakatlariga joylashib yangi etnik guruhlarning 
shakllanishida ishtirok qilganlar. 
Shimoliy Amerikada juda kwp frantsuzlar, italyanlar, nemislar, slavyan xalqlari va boshqa 
millatlar yashaydi. Masalan, Kanadada frantsuzlar aholining 3|1 qismini tashkil qiladi. XIX asr 
oxirlaridan boshlab Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga arablar, Livan va Falastindan kwchib kela 
boshlaganlar. 


80 
Hozirgi Amerika mamlakatlarida barcha elat, qabila va xalqlar millat bwlib shakllanmoqda. 
Muayan iqtisodiy, hududiy, ruhiy va ma`naviy madaniyat birligi negizida Amerika, Kanada, 
Meksika, Braziliya, Venesuela, Kuba, Kolumbiya va boshqa wnlab zamonaviy millatlar paydo 
bwlmoqda. Amerika aholisining, ayniqsa, Markaziy va Janubiy qismida joylashgan davlatlarning 
tarixiy taqdiri, til birligi, bir din (katolitsizm)ga taalluqli ekanligi v atabiiy sharoitining nisbatan 
yaqinligi mazkur jarayonni ancha tezlashtirmoqda. Lekin Shimoliy Amerika bilan Lotin Amerikasi 
orasidagi sotsial-iqtisodiy, etnik va madaniy tafovutlar qit`a aholisining wziga xos xususiyatlarini 
belgilab, ularning demografik rivojiga ham zwr ta`sir qilib kelmoqda.
Hozirgi davrda Lotin Amerikasining aholisi Shimoliy Amerikaga nisbatan uch hissa tez 
sur`atlar bilan wsmoqda. Lotin Amerikasi dahonda eng yosh mintaqa, uning aholisining yarmidan 
kwpi 20 yoshga ham yetmaydi. 1960-yillarda Amerikaning shimoliy qismi bilan Lotin Amerikasi 
aholisining soni taxminan teng bwlgan bwlsa, 1875-yilga borib shimolga nisbatan 3|1 qism 
kwpaygan. XX asr oxiriga kelib, Lotin Amerikasining aholisi Shimolga qaraganda taxminan ikki 
baravar oshdi. Bunday hodisa qit`aning etnik qiyofasiga ham ta`sir qilmay qolmaydi, albatta. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish