Etnologiya uzb


Polineziya va Yangi Zelandiya xalqlari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/86
Sana28.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#712423
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
Polineziya va Yangi Zelandiya xalqlari: Tinch okeanining markaziy qismida keng, 
taxminan bir million kvadrat kilometr suv sathidagi son-sanoqsiz katta-kichik orollardan iborat. 
Polineziya («Kwp orollik») shimoda Gavayya arxipelagi, janubda eng katta qwshorol – Yangi 
Zelandiya va sharqda Pasxa uchburchagi joylashgan. Asosan, vulqon va marjonlardan paydo 
bwlgan Polineziya orollari (Yangi Zelandiyani hisobga olmaganda) 26 ming kvadrat kilometrdan 
hududga ega, shundan 17 ming kvadrat kilometri faqat gavayya arxipelagiga tegishli, 220 ta orol 
esa har bittasi bir kvadrat kilometrdan ham kam joyni egallaydi. 
Polineziyaning tabiati va hayvonot dunyosi ancha qashshoq bwlib, hududining kwp qismi 
adabiy yashil tropik wrmonlar va savannalardan iborat. Okean yuzida minglab mayda orol va riflar 
paydo bwlib, ba`zan ywqolib ketadi. Polineziya hududiga Yangi Zelandiya (uning hududi 265 ming 
km
2
)dan tashqari twqqizta katta arxipelag – Gavayya, Samoa, Jamiyat orollari, Markiz, Tonga, 
Tuamotu, Kuk, Tubuan, Ellis va boshqa juda kwp yirik hamda mayda orollar kiredi. Yangi 
Zelandiya hozir uch milliondan ortiq aholi bwlsa, umuman Polineziyada 1,5 mln.ga yaqin kishi 
yashaydi. Wtgan asrning oxiriga kelib Okeaniya aholisining soni 10 million kishidan oshib ketdi. 
Ichki jamoa munosabatlararo va jamoalararo wzaro munosabatlar dastlab qavm-
qarindoshchilik va urug`chilik bilan belgilangan. Jamoa va qabilalar wrtasida turli moddiy 
buyumlar, ishlab chiqarish vositalarini ayrboshlash ancha rivojlangan. Savdo-sotiq ishlarida pul 
vazifasini chig`anoqlar tizmasi, paket tuz, chwchqaning swyloq tishi, toshbolta va hokazolar 
bajargan. 
Diniy e`tiqodda buyuk tabiat xudolariga sig`inish kuchli bwlgan. Butun Polineziyada twrtta 
xudo – Tane, Tu, Rongo, Tangaroa – tabiat kuchlarini ifodalaydi. Shuning uchun ham, kosmogonik 
afsona va rivoyatlar keng tarqalgan. Shunisi qiziqki, xalq ijodining asosiy ma`nosi olam va inson 
bepoyon Okeaniya orollarini izchillik bilan egallashi tarixidan kelib chiqqan. Barcha afsona va 
rivoyatlarning bosh qahramonlari jasur dengizchilar, yangi er va arxipelaglar axtaruvchi sayyohlar 
ekanligi shundan. Diniy e`tiqodlarning xususiyati har bir inson tug`ilishi bilan qudratli g`ayritabiiy 
kuch-managa ega bwlishdan iborat. Mana juda xavfli bwlib, birovga tegsa wlim keltirishi mumkin. 
U tabaqalarga qarab har xil kuchga ega, qullarda mana bwlmagan, ammo buyuk boshliqlar qudratli 
mana egasi hisoblangan. «Mana» tushunchasi «tabu» - swzi bilan bevosita bog`liq. Nimaiki 
managa ega bwlsa, wsha narsa xavfli, ya`ni unga tegish man qilingan – tabu qwyilgan. Tabu swzi 
asli Polineziyada paydo bwlib, uni dastlab Evropaga atoqli dengiz sayyohi Kuk keltirgan. Tabu 
orolliklarda juda keng tarqalgan jamiyatdagi kasta (tabaqalanish) tizimini ifodalaydi. 
Barcha diniy urf-odat va marosimlar kohinlar qwlida bwlib, ular merosiy kasta hisoblangan. 
Kohinlar ham tadaqalangan, ba`zilari ibodatxonalarda xizmat qilsa, ayrimlari tabibchilik, folbinlik 
bilan shug`ullanganlar. Qabila boshliqlari bilan kohinlar qavm-qarindoshchilik munosabatiga 
kirishganlar. Ibodat qilish – ashula aytish yoki duo wqish, qurbonlik qilishdan iborat bwlgan. 
Anchadan beri mustaqil davlat hisoblangan (1907-yildan dominion hududiga ega) Yangi 
Zelandiyaning 3,2 milliondan ortiq aholisining 80%i Buyuk Britaniya va Irlandiyadan kelgan, tub 
aholi – maorilar esa hozir taxminan 300 ming kishini tashkil qiladi, xolos. Asosiy er egalari – 
fermerlarning kwpchiligi shaharda yashaydilar, fermerlarda joylashgan uylarda esa asosan, 
yullanma ishchilar yashaydi. Yuksak darajada rivojlangan qishloq xwjaligi sohasida hozir aholining 
12%i band. Sanoatning asosiy tarmoqlari – noz-ne`mat va oziq-ovqat tayyorlash hamda tog`-kon 
sanoatidir. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati, avtomashinalarni yig`ish va taxmirlash 
korxonalaridan iborat. Keyingi iyllarda AQSh, Yaponiya va Avstraliya sarmoyasi yordamida bir 
qancha qog`oz va yoqochni qayta ishlash korxonalari, alyuminiya savodi qurilgan. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish