Etnologiya uzb


Afrikaliklarning ijtimoiy turmushi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/86
Sana28.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#712423
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Afrikaliklarning ijtimoiy turmushi: Janubiy Afrika bantu xalqlarining an`naviy xwjaligi 
chorvachilik va chovqi dehqonchiligi. Qwshimcha ovchilik va terimchilik bilan ham 
shug`ullanganlar. Avchilarning asosiy qurollari otiladigan nayza, bolta, choqmor, wq-yoydan 
iborat, ovda tuzoq va pistirma ham ishlatgan. Barcha bantu xalqlari temir va miss eritish, metall-
qurol, aslaha va bezaklar yashash san`atini egallagan. Temirchilik eng hurmatli kasb hisoblangan. 
Charxsiz ajoyib sopol idishlar yasab, wtda kuydirib, qizil bwyyoq bilan naqsh berilgan va siyqalab 
yaltiratilgan. 
Twqimachilikni bilmasa ham bantular terilarga yaxshi ishlov berib kiyim tikkanlar. Ular 
antilopa (ohu), shag`al, zodagonlar esa sher va qoplon terisidan Pwstin (kaross) tikib kiyganlar. 
Erkaklar teri belbog`cha, ayollar bara terisidan etakcha bog`laganlar. Zulu ayollari erga chiqqanda 
sochini chwqqaytirib wrab, qizil ranga bwyaydi, ndebala ayllari esa aksincha, sochini onda-sonda 
qirqib, bir-ikki kokil qoldiradi. Ponda xalqining ayollari sochlarini juda murakkab qilib wraydi. 
Butun bantu xalqlarida turli munchoqlar, kouri chig`onog`i, miss yoki temir uzuk taqish keng 
tarqalgan. Munchoqlardan har xil shoda, etakcha, dekorativ bezaklar yasaganlar va ayollar wrtasida 
mehnat taqsim qilingan. Erkaklar chorvachilik, ovchilik, metall buyumlar yasash, yog`och 


113 
wymakorligi bilan shug`ullanganlar. Ayollar dehqonchilik (er kavlash erkakka yuklangan), 
terimchilik, kulolchilik, uy xwjaligi, chipta twqish kabilar bilan shug`ullanganlar. 
Butun bantu aholisi Afrikada keng tarqalgan doira (qwra) shaklida qurilgan qishloqlar 
(kraal)da kata patriarxal oila bwlib yashaganlar. Zulus va kosa xalqlarida ota urug`ining klassik 
namunasi swnggi davrlargacha saqlangan bwlib, katta oila jamiyatning iqtisodiy hujayrasi 
hisoblangan. Har bir qabila bir necha urug`larga bwlingan oqsoqol tomonidan boshqarilgan. Yirik 
shoxli mol katta patriarxal oilaning mulki hisoblangan. Nikohda qora moldan qalin twlangan. 
Kuyovbola qalin twlashga urug`doshlaridan mol twplagan. Bantu xalqlarida, umuman asosiy boylik 
shoxli mol hisoblangan. Ularda sut mahsuloti ishlatilgan gwshtni kam iste`mol qilganlar. 
Guttentotlarda chorvachilik bilan ovchilik birga olib borilgan, bushmenlar esa ovchilik va 
terimchilik bilan shug`ullanganlar. Guttentotlarning uylari egilgan daraxt navdalaridan gumbaz 
shaklida qurilib, ularning usti terilar bilan qoplangan yoki loy bilan suvalgan kulbalardan iborat. 
Ularning ov qurollari metall uchli nayza, wq-yoy, uzun chwqmor («kirri») bwlgan. Janubiy Afrika 
bantu xalqlarining uylari doira shaklida chwqqaygan tomli qamish yoki somon bilan yopilgan, 
doira qilib tizilgan bwlib mol qwrasi vazifasini bajaradi. Zulu xalqlarida sharga wxshash ustunlarga 
wrnatilgan twqima uylarning tashqarii va ichkarisi loy bilan urilgan. Soto xalqida esa turli xilda: 
konus tomli, tuxum shaklida yoki twg`riburchakli ikki yoki twrt nishabli. Tog`li joylarda uylar 
toshdan yoki guvaladan tiklanib ba`zan bezak berilgan. Ayniqsa, ndebela xalqida tuxumsimon uylar 
bir-birlari bilan naqsh berilgan gumbazli va ustunli devorlar orqali yopishgan, devorlari qora, 
kulrang, qizil, sariq va kwk rangli geometrik ornamentlar bilan bezatilgan. Uy-rwzg`or buyumlari 
yog`och va sut saqlaydigan yog`och idishlar, qovoqdan ishlangan suvdonlar, don va gwsht 
soladigan savatlar, yerga twshaladigan chipta va bhyralardan iborat. 
Xalq ijodi, badiiy hunarmandchilik ancha rivojlangan. Janubiy Afrika bantulari chiroyli 
chwzma usulda sopol buyumlar, wyma naqshli yog`och idishlar, hwkiz qwshiladigan ayrishohli 
yag`ochdan yasalgan chanalar, temir uchli nayza va boshqa qurollar ishlab chiqarganlar. Jwshqin 
raqs va kuylar ularning eng sevimli tomoshalari, barcha tantana va marosimlarning eng muhim 
qismidir. Musiqa asboblari turli xilda, ammo katta-kichik nog`oralar («marimbo», «ngoma») doimo 
jwr bwlgan, yog`och, shox yoki qamishdan yasalgan surnay va naylar, kamonchali asboblar ... 
Yomg`ir yog`dirish marosimida bantu xalqlarida wyin-kulgi, raqs ashulalar bilan birga, qora qwy 
yoki buzoq qurbonlikka swyilishi shart bwlgan bushmenlar beshinchi chigirtkaga sig`inadilar 
(totemizm). 
Janubiy Afrika xalqlarining eng qadimiy madaniyatidan qoyalarga rasm chizish hozirgacha 
saqlangan. Fil, karkidon, ilon, qwkiz, jirafa kabi hayvonlar, ov marosimi va urush manzaralari 
bushmen rasmlarida tasvirlangan. Bwyoqlar, mineral rang va kwmirga, mol yog`i aralashtirib 
ishlangan. Keyingi qoya rasmlarida yelkanli kemalar, miltiqli shlyapa kiygan yevropaliklar ham 
tasivrlangan. Guttentot, geror va ovambo xaoqlarining qoya rasmlari ham chuqur realistik va 
ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. Ayrim qabilalarda chiroyli bezatilgan niqob yasash san`ati 
saqlangan. 
Jahonda Namibiya qorakwl terisi ishlab chiqarishda birinchi wrinda turadi (har yili 2,5-3,5 
mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorakwl 
qwylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib kwpaytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora 
mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi. 
Umuman olganda, bushmenlarning soni 50 ming kishidan iborat, shulardan 33 minggi 
Botsvana davlatida yashaydi. Mustaqillikka erishgan Botsvana respublikasi bushmenlarni 
mamlakatning teng huquqli fiqarolari deb e`lon qilgan. Ularning bir oz qismi wtroq holatga wtgan. 
Ammo kwpchiligi hali ham Kalaxari chwllarida yashamoqda. Wtroq holatda yashayotgan 
chorvachilik bilan shug`ullanuvchi tevana xalqi (mamlakatning 90 foiz aholisini tashkil qiladi) suv 
havzalari bwyida, bir necha yuz hovlini qishloqlarda joylashgan. Ularning oilasida odatda 8-10 
bola, bushmenlarda esa 2-3 bola bwladi. Bushmenlar og`ir sharoitda yashasa-da bolalarini uch 
yoshgacha emizadi. Moddiy va ma`naviy turmushi qwshni bantu xalqlariga ancha yaqin. 


114 
Hozir Madagaskarda yashovchi aholining 80 foizi qishloq xwjaligida band. Bunday 
xwjaliklarda eksport bop tovar mahsulotlari (vanil, qalampir, shakarqamish) etishtirilgan. Eksport 
mahsulotlarini yirik plantatsion xwjaliklarda ham ishlab chiqaradilar. Hozirgacha saqlanib kelgan 
an`naviy qishloq jamoasi (fukunuluna) iqtisodiy hayotda muhim rol wynamoqda. Ijtimoiy 
munosabatlarni boshqarishda hududiy tashkilot vazifasini bajaruvchi fukulunulalarga saylangan 
umumiy kengash 5 yilgacha mahalliy oliy hokimiyat rolini ado etadi. 
Asosiy oziq-ovqat mahsuloti sholikorlik bwlib, butun sug`oriladigan erning 95 foizini 
egallagan. Sholi kwchatlarini kichik polizlarda etkazib, keyin dalalarga ekadilar. Ekinzorlarga suvni 
kanallar, kichik platinalar orqali yetkazib beradilar. Ba`zan yomg`ir suvlarini ham twg`onlar qurib 
ekinga ishlatadilar. Odatda, botqoq holatiga kelgan dalalarga zebu (wrkachli afrika qwkizi) 
podasini yuborib, tepkilangan tuproqqa urug` sepadilar.
Orolning janubi-sharqiy qismida hozirgacha wrmon (changalzor)larni chopib quritib 
kuydirilgan kuli tuproqqa ekin ekadilar. Erga uzun dastali bukilgan temir uchli chopqi bilan ishlov 
beriladi. Sholini yilning oxirida, yomg`ir kwp yog`adigan paytda ekib aprelda yig`im-terim 
boshlanadi. Hosilni qwlga yig`ib olib, toshga urib yoki mol yuborib xirmonda yanchilanadi. 
Odatda, kuydirilgan erga ikki yil ekin ekiladi, keyin 8-10 yil partav qilib qoldiriladi, yangi er 
ochiladi. 
Janubi-g`arbiy dahalarda makkajwxori, vodiylarda kartoshka, lobiya, jwxori, manioka, banan, 
sabzavot, mevali daraxtlar ham ekiladi, asalari va pilla yetishtiriladi. Markaziy adirlarda, shimoli-
sharqiy sohillarda kofe, vanil, qalampir, yog`li ekinlar, shakarqamish kabi tovar mahsulotlari 
ekiladi. Chorva hududlarida esa yirik shoxli mol-zebu, chwchqa, echki, turli parranda boqib 
yetishtiriladi. Madagaskarni ba`zan «zebu oroli» deb ataydilar, chunki bu yerda 10 mln.ga yaqin 
zebu boqiladi. Ammo chorva boylikni belgilovchi soha bwlsa-da asosiy rolni wynamaydi, mol 
gwshti kam ishlatiladi, faqat twy va boshqa marosimlarda swyiladi. 
Aholining kwpchilik qismi (90 foiz) qishloqlarda yashaydi. Uylari twg`ri burchakli, 
qamishdan nishabli, toplari palma yaproqlari bilan yopilgan, devorlari qamishdan twqilib loy 
suvalgan. Markaziy tog`li joylarda toshdan va g`ishtdan qurilgan jihozlar, yog`ochdan wyma naqsh 
berilgan mebellar, chiroyli twqilgan chipta va bwyralar, chipta dasturxon va salfetkalar, turli 
gaqshli yog`och idishlar, haykalchalarni kwrish mumkin. Milliy kiyimlardan oq yoki gulli chitdan 
boshdan oyoq wrama qilib kiyiladigan lamba keng tarqalgan. Qizil ipakdan bichilgan lamba kishi 
wlganda kafan vazifasini bajargan. 
Madagaskar aholisining yarmidan kwpi (54 foizi) mahalliy an`naviy dinlarga, ayniqsa, 
ajdodlarga sig`inish ibodatiga amal qiladilar. Odamning hayoti twg`ilishidan to wlimigacha urug` 
iborati marosimlari va odatlari bilan twla, hosil twplash va molnii bolalashi ham turli urf-odatlar 
bilan nishonlanadi. Malagasiylarning turmushida daft qilish va xotirlash marosimlari alohida wrinni 
egallaydi.
Xotir marosimlarida musiqa, ritual raqslar, miltiq otishlar, kata xarajatli xudoyilar va haftalab 
davom qiladigan ziyofatlar juda keng tarqalgan. Ayniqsa, qabr ustiga qwyiladigan yodgorlik 
ustunlari chiroyli wrnatiladi, wyma naqshlar va qwkiz shoxlari bilan bezatiladi. Qarindoshlarni daft 
qilish va qabrlariga qarab xotirlash eng muhim odatlardan hisoblanadi. Shuning uchun sohil 
aholisida qabristonlarni obodonlashtirish, dabdabali sag`ana tiklash, qimmatbaho haykallar qwyish 
keng tarqalgan. Malagasiylar wlimni hayotning davomi deb tasavvur qiladilar. Orol aholisining 41 
foiz qismi nasroniy diniga wtgan bwlsada, asl qadimiy an`naviy marosimlar va urf-odatlarga amal 
qiladilar. Ularning tasavvurida ajdodlarning arvohlari ular bilan birga uyda yashaydi, avlodlarning 
turmushi, xwjalikda, kundalik hayotida va diniy marosimlarida an`naviy udumlarga rioya 
qilishlarini kuzatadilar. Taxminan 10% malagasiyalar sunna mazhabidagi islom diniga, ozgina 
qismi esa shia mazhabiga itoat qiladilar. 
Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bwlib, tosh yoki yag`och 
wymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat. 


115 
Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli 
asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha 
rivojlangan. 
Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada qolmay, 
doymiy rivojlanishda bwlganlar. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali 
ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi. 
Afrika, arab va hind madaniyatlarining kwp asrlik yaqin aloqalari va aralashmasida paydo 
bwlgan yorqin va original suaxili madaniyati umumjahon mohiyatga ega bwlgan va juda kwp 
etnoslarga mansur tushgan madaniyatga aylangan. 
Uy qurilishida, kiyimlari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlarida, ma`naviy hayotida 
nihoyatda gwzal va rang-barang wziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil 
qismi aholisi hozirgacha zargarlik, misrgarlik, yag`och va suyak wymakorligi san`ati an`nalarini 
davom ettirmoqdalar. Suaxilliklarning oq xalat (galabey)lari, kumush bilan kashtalangan chiroyli 
dwppilari, ayollarning quyuq kwk, wziga xos parda va shoyshablari, turli taomlari sharqiy-janubiy 
sohil aholisi orasida keng tarqalgan. 
Tanzaniyada 
mahalliy 
bantu 
xalqlarining 
wtroq 
dehqonchilik 
madaniyati 
bilan 
hunarmandchilik va sohillardagi suaxili savdogarlarining madaniy an`nalari qadimiy davrlardan 
aralashib shakllanib kelgan. 
Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bwlib, tosh yoki yag`och 
wymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat. 
Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli 
asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha 
rivojlangan. Janubiy Afrika xalqlarining eng qadimiy madaniyatidan qoyalarga rasm chizish 
hozirgacha saqlangan. Fil, karkidon, ilon, qwkiz, jirafa kabi hayvonlar, ov marosimi va urush 
manzaralari bushmen rasmlarida tasvirlangan.
Jahonda Namibiya qorakwl terisi ishlab chiqarishda birinchi wrinda turadi (har yili 2,5-3,5 
mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorakwl 
qwylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib kwpaytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora 
mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi. 
Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Temir buyumlar ishlab chiqarish, zargarlik birinchi 
wrinda turadi. Qadimiy davrlardan efioplar temir mahsulotlari, bilaguzuk, sirg`a va boshqa turli 
bezaklarni nozik naqshlar bilan ishlab chiqqanlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa, oltin va kumush 
buyumlar qammatbaho toshlar bilan bezatilgan. Wsimlik naqshlari qadimiy qwlyozmalarda ham 
ishlatilgan. 
Hozir g`arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning kwpligi 
muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgarcha bu erda og`ir sanoat bwlmagan. Mustaqillikka 
erishilgandan keyin, ayniqsa, yirik port shaharlarida asta-sekin sanoat korxonalari paydo bwla 
boshladi. Markaziy Afrikada yog`och ishlab chiqarish, twqimachilik, oziq-ovqat sanoati sohalari 
ham rivojlangan. Og`ir sanoatning asosiy mahsulotlari eksportga ishlaydi. Mustamlaka arafasida 
Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan 
yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar 
ham mavjud edi. 
Ammo Afrika xalqlari uzlarining necha asrlik mustamlaka tuzimida bulishiga qaromasdan 
mustaqil taraqqiyot ywliga wtib katta yutuqlarga erishaolganlar va jaxon tsivilizatsiyasining eng 
qadimgi uchoqlaridan biri ekanligini sifatlayoldi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish