Etnologiya faning asosiy yo’nalishlari va maktablari
Reja:
Sotsiologiya va Funktsonalizm maktabi va uning namoyondalari
AQSH va Rossiyadagi etnologiya namoyondalari
Tayanch so‘zlar: O‘rat asr, Lukresiy Kar, Ignatiy Yulianovich Krachkovskiy, Yevropaga Sibir, Xitoy, Sharqiy Yevropa xalqlari, Janubiy Afrika, Plano Karpini, Vilyam Rubrukvis, Marko Polo, XV, XVII asr Buyuk geografik kashfiyotlar, Xristofor Kolumb, Amerika, dengiz sayyoxi, Vasko da Gama, uylar, kiyimlar, yoki ularning yo‘qligi, mexnat qurollari, xo‘jalik shakllari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, katolik cherkovi, Fergyusson va Tyurgolar.
1. Sotsiologiya maktabi va uning namoyondalari
Yevropa mamlakatlari etnologiya fanida diffuzionizm yunalishi bilan bir vaktda sotsiologiya maktabi ham shakllangan va u ilmiy jixatdan Karaganda diffuzionizmga nisbatan birmuncha sermaxrul bo'lgan. Agar, evolyutsionizm vakillari etnologiyaning asosini insonda, diffuzionistlar madaniyatda deb bilgan bo'lsalar, sotsiologiya maktabi vakillari jamiyatda deb xisoblaganlar. Ushbu yo'nalish vakillarining bunday xulosaga kelishlariga «jamiyatni oddiy individlarga kiritib bo'lmaydi», — degan qarash ustuvorli sabab bo'lgan. Sotsiologiya maktabi vakillari fikriga binoan, jamiyat odamlar orasidagi uzaro ongli alokdlar natijasida tashkil topgan. Ushbu yo'nalishning asoschilaridan biri Emil Dyurkgeymdir.
E. Dyurkgeym (1858—1917 yy.). Etnologiyada sotsiologiya yunalishining vatani Fransiya xisoblanadi. Emil Dyurkgeym XIX asrning oxirgi o'n yilligida etnologiyada yangi yo'nalish — sotsiologiya maktabiga asos solgan.
Evolyutsionistlarga qarshi o'laroq, Dyurkgeym jamiyatni odamlarni urab to'rgan olamga moslashishi sifatida emas, balki yopiq statik tizim shaklida talqin qilgan. U jamiyatni sotsiologik faktlar orqali tadqiq qilish g'oyasini ilk bora taklif etib, fanga "ijtimoiy tur" terminini olib kirgan tadqiqotchidir. Uz navba-tida, Dyurkgeym madaniyatni tasniflashda eng sodda jamoa—ibtidoiy jamoani asos kilib olgan. Olimning fikricha, mazkur jamoa uz taraqqiyoti davomida murakkab jamoaviy tizimni bosib utib urug'ga aylangan. Keyinchalik undan qator jamoa, elat, halq. kabi yangi jamoa va uyushmalar pay do bo'ladi. SHunday kilib, Dyurkgeym-ning muloxazalariga ko'ra har qanday jamoa ibtidoiy jamoaning murakkablashgan shakli xisoblanadi. Dyurkgeym g'oyalari uning qator shogirdlari tomonidan davom ettirilgan bo'lib, ular orasida eng mashxurlari sifatida M. Moss, q Levi-Stross, M. Grene, L. Levi-Bryul tadqiqotlarini aloxida kursatib o'tmoq zarur.
Lyusen Levi-Bryul (1857—1939 yy.). Etnologiyadagi fransuz sotsiologiya maktabi vakillari orasida Lyusen Levi-Bryul qarash-lari aloxida dikdatga sazovor goyalardan biri xisoblanadi. U uz nuktai nazarini «Ibtidoiy tafakkur» (1930) nomli asarida ba-tafsil izoxlashga harakat qilgan. Levi-Bryul Dyurkgeymdan far-kli ravishda «ibtidoiy halqlarning mantikkacha bo'lgan tafakku-ri» nomli nazariya asoschisi xisoblanadi.
Umuman olganda, sotsiologiya maktabining etakchi goyaiari aso-san kuyidagilarda aks ettan:
♦ xar bir jamiyatda mazkur jamiyatning muxim asosini tashqil etuvchi «jamoaviy tasavvurlar» mavjud;
♦ madaniyatning funktsiyasi jamiyatni eryushlashtirish va odam-larni bir-biriga yaqinlashgirishdan iborat;
♦ birjamiyatdan ikkinchisiga u'tish kiyin jarayon bo'lib, bu ravon tekis holda emas, balki sakrash nuli orqali amalga oshadi.
Funktsonalizm. Etnologiyada sotsiologiya maktabi goyalari ta-raqkiyotining mantikiy davomi sifatida funktsonalizm yuna-lishi shakllangan. Agar, diffuzionizmning vatani Germaniya. sotsiologiya maktabi Fransiyada shakllangan bo'lsa, funktsonalizm Angliyada paydo bo'lgan va XXasrning 20-yillariga kelib etnologiyadagi etakchi okimlardan biriga aylangan.
Etnik jarayonlarni tadqiq etishda funktsonalizmning uzgaradigan farqli xususiyati shundan iboratki, mazkur yo'nalish ta-rafdorlari madaniyatni o'zaro aloqador umumlashgan xususiyatlar-dan tashqil topgan deb xisoblaydilar. Uz navbatida shuni ham ta'kidlash joizki, funktsonalizm tarafdorlari uchun madaniyatning tarixiy o'zgarishi muammosi muhim ahamiyat kasb etmagan. Ular uchun madaniyat qanday harakatlanadi? qavday vazifalarni bajaradi? Va qanday tarzda maxsulot beradi? — degan muammolar echimini izlab topish dolzarb xisoblangan.
Funktsonalizmning mashxur namoyandalari I Tumvald (1869 — 1954yy.) — asosiy kitobi — "Kishilik jamoasining ijtimoiy asosi" 1931 yilda nashr etilgan.
B. Malinovskiy (1884 —1942 yy.) — asosiy asari "Madaniyatning ilmiy nazariyasi" deb nomlanib. 1944 yilda chop etilgan.
I Radkliff-Braun (1881 — 1955 yy.) — asosiy tadqiqoti — "Primitiv jamoaning tuzilishi va fiinktsiyasi" —1952 yilda bosilib chikken.
Funktsonalistik nazariya ilk marotaba nemis etnologi Rihard Turnvald tomonidan yaratilgan. Birok, Germaniyada funktsonalizm keng ommalasha olmaganligi tufayli Angliyada mashxur ilmiy maktab tarzida shakllanib, ijtimoiy va madaniy antropologiya tarakkiyotida o'ziga xos o’ringa ega bo'lgan. Mazkur yo'nalishning yirik namoyandalaridan biri mashxur etnolog olim
Bronislav Malinovskiydir.
B. Malinovskiy (1884—1942yy.). Etnologiyadagi mashxur klassik olimlardan biri Bronislav Malinovskiy Krakovda tugilgan va shu shaharda taxsil olgan. YAngi Gvineya va Melaneziyada dala etnografik tadldiqotlarini amalga oshirgan. 1927—1938 yillar mobaynida London iqtisodiyot maktabida ishlagan, 1938 yil AKDDga immigrant bo'lib ketgan va umrining oxiri (1942 yil) gacha Yel universitetida faoliyat kursatgan.
B.Malinovskiy madaniyatga oid empirik nazariya asoschisi xisob-lanadi. Tadqiqotchi ushbu nazariyani yaratish jarayonida uzidan ol-dingi mutaxassislarni dala-etnografik ekspeditsiyalar o'tkazma-ganlik va faqatgina muzey materiallarini o'rganish bilan chekla-nib krlganliklari uchun tankid qilgan. U olib borgan dala-tadq-ikrtlari jarayonida juda ham kdzikdrli ilmiy xulosalarga kel-gan. Malinovskiyning fikricha, etnologiya kandaydir psixologik faraz, gipoteza yoki faqatgina biror xrdisa, buyum yoki predmetni tavsiflash bilangina cheklanib krlmasligi lozim. CHunki. tashqi kuzatuv ko'pincha anglashilmovchilikka ham olib kelishi mumkin. SHu boisdan ham ichki xususiyatlarni chukur anglamasdan turib madaniyatni yaxlit tarzda tushunib bo'lmaydi. Bu o'rinda tadqiqotchi ma'lum bir buyumni nafaqat tavsiflash, balki u kanday yaratilgani, uni kay tarzda va kanday vaziyatda ishlatish mumkin-ligi, ushbu ashyo kimga tegishli va kim tomonidan ishlatilishi mumkinligini ham anglay bilishi lozim. Mapdur ingliz tadki-krtchisi etnologiya fanining tavsifiy, faktologik xususiyatiga karshi bo'lib, tavsifiylik faqat madaniyatning ayrim xususiyat-larinigina aks ettiradi. degan xulosaga kelgan.
Malinovskiyning madaniyat nazariyasiga oid kdrashlari uning vafotidan sung, 1944 yilda ingliz tilida nashr etilgan «Madaniyatning ilmiy nazariyasi» nomli kitobida ifodalangan. Uning fikricha, madaniyat faqat insonlarga xos biologik xususiyat bo'lsa-da, odamlar ham tirik jonzodlar xisoblanadi. SHu boisdan ham odam uzining biologik extiyojini krndirish maqsadida oziq-ovkdt. yonilgi kabi kundalik extiyoj buyumlarini kidirib topa-di, uy-joylar kuradi va kiyim-kechaklarni tikib kiyadi. Demaq u mazkur amallari orkali Uz atrofida ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantiradi va bu fanda madaniy at deb yuritiladi. Tur-li madaniyatlar orasidagi uzaro farkdarni odamlarning turfa xildagi oddiy ehtiyojlarini qondirish usullari bilan izoxlash mumkin. SHu sababdan ham madaniyat modqiy va ma'naviy madaniyat qismlariga bo'linadi.
B. Malinovskiy antropologiya va etnologiyaning muhim muam-molarini, jumladan, dunyo madaniyatlarini o'rgangan dastlabki etnologik maktab vakillari qarashlariga ham uzining munosabatini bildirgan edi. Ayniqsa, u mashxur olim E. Taylorning «qoldiqlar metodi»ni jiddiy tankid ostita olgan. Malshyuvskiyning fikricha, ushbu uslub asosida tadqiqotlar olib borgan ko'pgina olimlar har bir narsa yoki ko'rinishdan krddikiy xususiyatlarni izlaganlar. Aslida esa krldikiy ko'rinishlar sifatida baholangan xususiyatlar madaniyat ko'rinishlari bo'lib, undagi eski ko'rinishlar o'rnini yangilari egallagan. Malinovskiyning fikricha, qoldiqiy ko'rinishlar metodi etnologiya faniga jiddiy zarar etkazgan. Bundan tashqari bu uslub madaniyat ko'rinishlarining uzaro funktsonal boglikdigi munosabatlariga ziddir. Mapdur olimning tasdiklashicha, madaniyatda hechqanday ortikcha, tasodi-fly yoki qoldiqiy ko'rinish bo'lmaydi. Madaniyatdagi barcha kurinish yoki holat ma'lum bir funktsiyani bajaradi. Agar shunday bo'lmaganda edi, bunday ko'rinishlar allaqachonlar iste'moldan chikib ketgan bo'lar edi. Jumladan, qandaydir bir urf-odat, rasm-rusum. marosim ma"lum bir jarayonda qo'llanilar ekan, demak u nimagadir zarurdir. Kolaversa, B. Malinovskiy diffuzionistlarni ham tankid qilgan. Uning fikricha, diffuzionistlaming katta xatolaridan biri mazkur okdm tarafdorlari madaniyatni tirik bir organizm sifatida emas, balki jonsiz buyumlar maj-muidan iborat deb xisoblaganliklaridir.
Alfred Radkliff-Braun (1881—1955 yy.). Kembridj universitetida o'qigan. Universitetdagi taxsilni tugatganidan sung Hind okeanidagi Andaman orollarida aborigenlar orasida va Afrikada dala tadqiqotlari olib borgan. Kapshtadt, Sidney universitetlarida ishlagan. Ilmiy faoliyatining oxirgi 20-yilida Oksfordda tadqiqotlar olib borgan. XX asrning 30-yillari oxiridan boshlab Buyuk Britaniya Kirolligi etnografiya instituta prezidenti bo'lgan. Etnologiyadagi funktsonalizm okdshining yirik namo-yandalaridan biri Alfred Radkliff Braun Riversning shogirdi bo'lib, fanga ingliz strukturalizmi yoki strukturaviy funktsonalizm degan yangi yo'nalishni olib kirgan. Bu yo'nalishning o'ziga xosligi shundaki, mazkur nazariya jamiyat hayoti, odamlar ongi, munosabatlari hamda madaniyatining funktsonal va strukturaviy taxdiliga oid qarashlarini umumlashtiradi. Radkliff Braun uzining asosiy goyalarini 1950 yil chop etilgan "Etnologiya va ijtimoiy antropologiya metodi "va 1952 yilda e'lon kdpingan "Madaniyatning tarixiy va funktsonal talkini" hamda "Primitiv jamoaning tuzilishi va funktsiyasi" nomli kitoblarida ifoda etgan.
Radkliff Braun qarashlariga kura, insonni o'rganuvchi asosiy fan antropologiya bo'lib, u uz navbatida uch asosiy yo'nalishga — odam biologiyasi, qadimiy arxeologiya va etnografivaga bo'linadi. Etnografiya ham uz navbatida etnologiya va sotsial antropologiyaga bo'linadi va ularning har biri o'ziga xos maxsus tadqiqot uslub-lariga egadir.
U etnologiya atamasini aloxida halqlarni aniq tarixiylik prnqiplari asosida o'rganuvchi, ularning ichki taraqqiyoti. uzaro madaniy aloqalarini taxdil etuvchi fanga nisbatan ko'llashni tav-siya etgan. Muallifning fikricha, etnologiyaning asosiy metodi yozma manbalar asosida insoniyat madaniyatini tarixiy rekonstrukqiya qilishdir.
Ijtimoiy antropologiya uning fikricha, insoniyat madaniyatini uo'rganishda umuman boshqacha yo'nalishni aks ettiradi. Uning vazifasi aniq bir halqlar madaniyatini rekonstrukqiya qilish emas, balki halqlarning ijtimoiy va madaniy tarakkiyotidagi umumiy krnuniyatlarni izlab tonihqir. Ushbu fan tabiiy fan-larning indukqiya va analogiya metodlaridan foydalanadi.
Induktiv metodning moxiyati materiallarni ajratib tanlab olish va umumlashtirish bo'lib. bu uslub madaniy ko'rinishlarni o'rganishga taashguklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |