Etnolingvistika va milliy madaniyat


b) tarkibidagi so‘zlar jihatidan maqollarda o‘n-o‘n ikkita va undan ham ortiq bo‘lishi, idiomlarda ko‘pincha ikkita-to‘rtta bo‘lishi; v)



Download 264,86 Kb.
bet46/52
Sana11.01.2022
Hajmi264,86 Kb.
#347097
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
Bog'liq
этно мажмуа 2019

b) tarkibidagi so‘zlar jihatidan maqollarda o‘n-o‘n ikkita va undan ham ortiq bo‘lishi, idiomlarda ko‘pincha ikkita-to‘rtta bo‘lishi;

v) agar idiomalar siyosiy va badiiy adabiyotlarda avtor nutqi sifatida berilsa, maqollar esa ko‘pincha «deganlaridek», xalqda shunday gap bor tariqasida beriladi. Aynan tekshirish manbamiz bo‘lgan dostonlar matnida, ayniqsa, nasriy parchalarda bu holat keng kuzatiladi. Masalan, «Yodgor» dostoni matnidagi «O‘z otasini siylamagan, o‘lsa ham, bizni odam o‘rnida ko‘rmas «Esing borida etagingni yop» degan ekan» (Yod.-8), Beklik hamma vaqt Ultonda ketmas, «haqiqat o‘z joyini topar», - dedi (Yod.-9), «Maslahatga yig‘ilgan oqsoqollardan birovi aytdi:–Shomirot to‘g‘ri aytadi, «yo‘l tanisang, o‘z joyingni top», - degan (Yod.-9), «Anor ayyor besh ayolni qavatiga olib, oltita bo‘lib, bu ayollarga aytdi: –Ichlaringda men qariya. Men quruq ketabersam mayli. «Kulchali bola suymali bo‘ladi» degan gap bor (Yod.-25); «Esing borida etagingni yop» degan ekan. Bir baloga duchor bo‘lmay, esimiz borida Boysindan ko‘chayik, el-yurt tinchigan so‘ng yana qaytib kelarmiz... (Yod. 8) kabi ko‘plab misollar ham bu fikrni tasdiqlaydi;
g) maqollar intonatsion tugallikka ega bo‘lib, ularning tarkibida gap bo‘laklarining barchasi berilsa, idiomalar (barqaror birikmalar) gapda ajralmas holatda bo‘lib, ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasida kelishi aytiladi42.

H.Berdiyorov va R.Rasulovlar maqol, matal va aforizm kabi hikmatli so‘zlarni paremalar (paremiologiya-grekcha so‘z bo‘lib, hikmatli so‘zlarni o‘rganadigan fan) tarzida nomlanishini, u adabiyotshunoslik va tilshunoslik sohalarining ham o‘rganish obyekti bo‘la olishligini, shu bilan birga, yuqoridagi til birliklarini, ya’ni maqol-matal tipidagi paremalarni uch turga bo‘lib o‘rganish mumkinligini aytishadi:

1. Maqollar - grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, kichik, ixcham, o‘tkir mazmunli, ko‘chma ma’noda yoki ham ko‘chma ma’noda, ham o‘z ma’nosida qo‘llanadigan hikmatli iboralardir: Shamol bo‘lmasa, daraxtning shoxi qimirlamas. Bolta tushguncha, kunda dam oladi kabi.

2. Matallar - tarbiyaviy, pand-nasihat ma’nolarini ifodalovchi, grammatik jihatdan to‘liq gap shaklida bo‘lgan, faqat o‘z ma’nosida - to‘g‘ri ma’noda qo‘llanadigan, qisqa, ixcham xalq iboralaridir: Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l! Odam olasi ichida, mol olasi tashida kabilar.

3. Aforizmlar - umumlashtirilgan fikrni ifodalovchi lo‘nda, hikmatli iboralar. Aforizmlar ikki turli bo‘ladi: nutqiy va til aforizmlari. Nutqiy aforizlar ma’lum bir shaxsga oid bo‘ladi, til aforizmlari esa hamma uchun tushunarli va ular ommaviy qo‘llanadi. Masalan: A.Navoiyning Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami hikmatli iborasi nutqiy aforizm. Ammo uning: Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. Sihat tilasang, ko‘p yema, izzat tilasang, ko‘p dema kabi hikmatli iboralari til aforizmiga aylanib, hamma tomonidan qo‘llanib, umumxalq iborasiga o‘tib ketgan43.

B.Yo‘ldoshev o‘zining doktorlik dissertatsiyasida mavzu tadqiqi bilan bog‘liq quyidagi muhim qarashlarini bayon qiladi: «Jahon tilshunosligida bo‘lganidek, turkiyshunoslikda, o‘zbek tilshunosligida ham frazeologiya doirasi hozirgi kunga qadar keng va tor ma’noda tushunilmoqda. Frazeologiyani keng ma’noda tushunuvchi olimlar uning tarkibiga maqollar, matallar, aforizmlar va boshqa tipdagi turg‘un birikmalarni kiritadilar, tor ma’nodagi frazeologiya tarafdorlari esa «ter to‘kmoq», «xamirdan qil sug‘urganday», «yulduzni benarvon uradigan» kabi yaxlit ko‘chma ma’noli turg‘un birikmalarni o‘rganish bilan cheklanadilar44. Olimning frazemalar tadqiqi masalasida qarashlari ko‘proq ikkinchi guruh tarfdorlaridan ekanligini ko‘rsatadi. Chunki yuqoridagi tadqiqotda iboralarning o‘ziga xos semantik va grammatik xususiyatlari ichki tizim (sistema) sifatida yoritilganligi bizda shunday xulosa chiqarishimizga imkon beradi.

Bevosita mavzumiz bilan aloqador eng yaqin ishlardan biri B.Jo‘rayevaning «Maqollarning lisoniy mavqei va ma’noviy-uslubiy qo‘llanilishi» (Samarqand, 2002) nomli nomzodlik dissertatsiyasi tadqiqotidir. Ishda maqollarga yondosh hodisalar, ya’ni idioma, ibora, matallar o‘rtasidagi munosabatlar til va nutq dixotomiyasi asosida tavsiflangan. Muallif ularning o‘xshash va farqli tomonlarini ifodalash uchun quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganganligini kuzatishimiz mumkin:

1. Maqollarning idiomalarga munosabati. Bular o‘z navbatida yana quydagicha: a) etimologik jihatdan maqol va frazeologizm orasidagi farqlar; b) ma’noviy jihatdan maqol va frazeologizmlar orasidagi farqlar; v) sintaktik jihatdan maqol va ibora orasidagi farqlar kabi kichik guruhlarga bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

2. Maqol va matal orasidagi munosabat.

Tadqiqotchi kuzatishlari natijasida o‘z xulosalarini quyidagicha bayon etadi:

1. Bizningcha, frazeologiyaning o‘rganish obyektini tor tushunish to‘g‘riroqdir. Maqol bilan ibora faqat bir nuqtada umumiylikka ega. Ya’ni maqol ham, ibora ham idioma sanaladi (Shu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, muallif fikri B.Yo‘ldoshev fikriga to‘la mos keladi).

2. Maqollar va frazeologzmlar idiomalar deb yuritilar ekan, demak, ulardagi mazmun ko‘chma ma’noga asoslangan bo‘ladi. Lekin farq shundaki, maqoldan anglashiladigan mazmun tasviriy yo‘l bilan ochiladi, iboralardan anglashiladigan ma’noni esa so‘zdan anglashiladigan ma’no kabi ta’riflash mumkin. Maqoldan pand-nasihat, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish yo‘sinidagi mantiqiy umumlashma anglashiladi, u keng mazmunli, ixcham shaklli badiiy asar sifatida nutq birligi hisoblanadi. Iboradan anglashiladigan ma’no esa lug‘aviy ma’no hisoblanib, tilning lug‘at boyligiga kiradi.

3. Maqollarning matallardan asosiy farqi, maqollarning ko‘chma ma’noga ega ekanligi va matallarning bu xususiyatga ega bo‘lmay, faqatgina to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishida ko‘rinadi.

4. Matal xabar berish, maqol esa shu xabarni dalillash, isbotlash, xulosalash vositasi ekan, ba’zan ularning har ikkisi yonma-yon qo‘llanishi mumkin, bunday hodisa tilda maqol-matal tipidagi paremalarning yaratilishiga asos bo‘ladi45.

O‘zbek folklorshunosligida maqollarning matal va topishmoq janrlari bilan munosabatini atroflicha tadqiq etgan olimlarimizdan biri B.Soatovdir. Tadqiqotchi xalq maqollarining boshqa paremiologik janrlar bilan munosabati masalasi o‘zbek folklorshunosligida maxsus tadqiqot obyekti bo‘lgani emasligini, poetik shakl, mazmuniy qamrov imkoniyatlari bilan maqollar matal va topishmoq janrlariga yaqin turishini, binobarin, ushbu janrlar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash, birinchidan, maqollarning miqdoran boyib borish manbalarini yoritish, mazkur janrlar o‘rtasidagi munosabatning nozik qirralarini ochishga imkon bersa, ikkinchidan, aytilgan janrlarning har biriga xos takrorlanmas xossalarni yanada konkretroq tasavvur etishga ham yordam berishini aytadi. Maqol va matallarga xos o‘xshashlik va tafovutlar juda ko‘p ilmiy adabiyotlarda to‘g‘ri ko‘rsatilgani, ayrim tadqiqotchilar maqol va matallarning o‘zaro farqlanishlariga qo‘shilmasliklarini ta’kidlab, albatta, bu ikki janr o‘zaro keskin farqlanuvchi jihatlarga ega ekanligi, lekin shunga qaramay, bu janrlar o‘rtasida dialektik bog‘lanish, o‘zaro ikki tomonlama munosabat mavjudligini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi46.

Muallif ayrim matallar davrlar o‘tishi bilan maqolga aylanishini, bu narsa matalning tugal qutbiy xulosa va hukm ifodalovchi, shartli tarzda ikki mantiqiy markazga ega bo‘lishi, ya’ni ikki komponentli poetik struktura kasb etgan, umumxalq miqyosida qo‘llanish darajasiga ko‘tarilishi bilan bog‘liq holda yuz berishini aytadi. Masalan, Farg‘ona vodiysida «Tentakka Quva bir tosh», Toshkent va uning atroflarida esa «Tentakka To‘ytepa bir tosh»Tentakka To‘ytepa nima») kabi matallar keng tarqalgan. Har ikki matal ham poetik shakl, semantik asos jihatidan bir xil xarakterga ega bo‘lib, ular, dastlab, nutqni bezovchi oddiy iboralar - matallar sifatida qo‘llanilgan. Keyinchalik ushbu matallarda ifodalanayotgan fikr izchil hukm xarakterini olib, bevosita ikki mantiqiy markazning kontrast qo‘yilishi va keng, umumxalq miqyosida qo‘llanishga o‘tishlari oqibatida maqolga aylandilar. Ulardagi birinchi mantiqiy markaz «tentak» bo‘lsa, ikkinchisi «bir tosh», ya’ni masofa tushunchasi hisoblanadi. Demak, ushbu matallarning maqolga aylanishini ta’minlagan ibratli fikr tentak, aqlsiz kishilarning masofani, vaqtni idrok qilmasliklari, kuch-quvvatni huda-behuda sarflashlarini bayon etishdan iborat.

Hozir o‘zbek xalq matallarining bir qanchasi asta-sekinlik bilan maqolga aylanish jarayonini o‘z boshidan kechirmoqda. Misol tariqasida «Besh panjasini og‘ziga tiqmoq» matalini keltirish mumkin. Unda ifodalangan ma’no keskin hukm tarzida ifodalanib, matal maqolga aylandi: «Besh panjangni og‘zingga tiqma»47.

Xullas, maqol va matal janrlari o‘zaro yaqin dialektik aloqada bo‘lib, ular o‘rtasida bir-biriga o‘tish hollari mavjud. Bevosita mana shunday munosabat tufayli xalq maqollari xazinasi doim boyib boradi.




Download 264,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish