Etnik tizimlari


Rossiyada 1917-yil voqealari



Download 206,5 Kb.
bet3/4
Sana22.07.2022
Hajmi206,5 Kb.
#840029
1   2   3   4
Bog'liq
1. O’zbekiston hududida ma\'muriy-boshqaruv tizimlari Xalq ommasi

Rossiyada 1917-yil voqealari . Rossiyaning Birinchi jahon urushi (1914—1918)da qat-
nashishi, frontlardagi mag’lubiyatlar jiddiy xo’jalik qiyinchiliklari, ijtimoiy-siyosiy inqiroz va tub o’zgarishlarga olib keldi. Imperiyaning urushga jiddiy tayyorgarligi bo’lmagani sababli oziq-ovqat va boshqa zaxiralar tez orada tugadi. Ishlab chi-qarish qisqardi. Katta yer maydonlari ekilmasdan qoldi. Soliqlar oshib bordi. Shahar aholisi, ishchilar oziq-ovqat yetishmasligidan qiynaldilar. Ish tashlashlar, dehqonlar g’alayonlari tobora kuchaydi. 1916-yil qo’zg’oloni ham urushdan, mustamlakachilik zulmidan norozilik ko’rinishi edi. Frontdagi mag’lubiyatlar va mamlakatdagi inqirozga podsho hukumati va boshqaruv tizimi aybdor qilindi. Faqat «pastdagilar» emas, balki «yuqoridagilar» ham o’zgarishlar muqarrar ekanini tushundilar. Petro-grad, Moskva, ko’plab sanoat rayonlarini ommaviy ish tashlashlar qopladi. Podsho, uning vazirlari layoqatsizlik ko’rsatdilar. Bunday sharoitda IV Davlat dumasi depu-tatlari ahvolni o’zgartirishga kirishdilar. Fevral oyi oxiridagi voqealar natijasida Nikolay II taxtdan voz kechdi. Podsho hokimiyati tugadi.
M amlakatda 2 ta hokimiyat — qo’sh hokimiyatchilik paydo bo’ldi: IV Davlat dumasi deputatlari Muvaqqat hukumat tuzdilar, shuningdek, ishchi, soldat, dehqon deputatlari Sovetlari tuzildi. Bunday hol 1917-yil oktabr oyi oxirlarigacha davom etdi. Muvaqqat hukumat de-mokratik erkinliklarni joriy etishni e'lon qildi. Biroq mamlakatdagi inqiroz shunchalik og’ir ediki, noroziliklar kuchayib bordi. Ayniqsa, urushni davom ettirish siyosati aholi g’azabini qo’zg’atdi. Urushdan odamlar azob chek-moqda edilar. Bunday ahvoldan foydalanib, 1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7-noyabr) bolsheviklar men-sheviklar va «so'l» eserlar bilan birga davlat to’ntarishini amalga oshirdilar va hokimiyatni qo’lga oldilar.Jahon urushi qiyinchiliklari, Rossiyadagi 1917-yil voqealari Turkiston, umuman, o’rta Osiyo xalqlari ha-yotiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi.
Toshkentda hokimiyatni egallashi. O’lkada yuz bergan oziq-ovqat tanqisligidan bolsheviklar foydalanib, 1917 -yil kuzida Sovetlar hokimiyatni qo’lga olishi masalasini ilgari surdilar. Ular ishchi va soldatlar boshdan kechirgan qiyinchiliklar, noroziliklarni o’z manfaatlariga qaratib bordilar. Bolsheviklarga boshqa so'l guruhlar, harbiy asirlar, frontdagi kommunistlar qo’shildilar.Oktabr oyining ikkinchi yarmida Toshkentda noro-zilik yig’ilishlari va mitinglar avj olib ketdi. Petrogradda qurolli to’ntarish ro’y bergani, Muvaqqat hukumat ag’darilgani, hokimr ni bolsheviklar qo’lga olgani to’g’risidagi xabar Toshkentga yetib keldi. Turkiston bol-sheviklari rahbarlik qilgan Toshkent soveti ishchi va sol-datlarni qo’zg’olon ko’tarishga da'vat qildi. Lekin gene-ral Korovichenkoga sodiq qolgan qismlar bunga qarshi-lik ko’rsatdilar. 1917-yil 28-oktabrda Toshkentning yangi shaharida qurolli to’qnashuvlar avj oldi. Qo’zg’olonchilar general qismlaridan ustun keldilar. 1-noyabrda Toshkent harbiy qal'asi taslim bo’ldi, shu kuni qurolli qo’zg’olon g’alaba qozondi, deb e'lon qilindi.
1917-yil 15-noyabrda ish boshlagan o’lka ishchi, sol-dat va dehqon deputatlari Sovetlarining III qurultoyi tortishuvlar oqibatida hukumat — Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Sovetini tuzdi, unda 8 o’rin so'l eserlarga, 7 o’rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq faqat yevropaliklardan iborat hukumat tuzildi. Turkis-ton XKS raisi lavozimini kasbi chizmachi bo’lgan bol-shevik F.Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi Perfilev, boshqa komissarlik lavozimlariga o’r-tamiyona yurist va shunga o’xshaganlar tayinlandilar. Hukumat a'zolari qatoriga tub aholi vakillaridan kiritil-madi. Bu tasodifiy hol emas edi.
Turkistondagi so'1-ekstremist siyosiy guruhlar, ular-ning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bolsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyo-satiga amal qildilar. Shu bilan birga, oktabr to’ntarishi-dan keyin Rossiyada bo’lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch proletariat va kam-bag’al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari reaksion, ekspluatator guruhlar deb e'lon qilindi. Mulkdorlar — ekspluatator, ezuvchilar; milliy ziyolilar, o’qimishli, obro'-e'tiborli xalq vakillari milliy burjuaziya kor-chalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari reak-sion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Inqilobiy «ijtimoiy adolat»ni o’rnatish, «odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga barham berish» uchun jamiki boyliklarni, ishlab chiqa-rish vositalarini egalaridan tortib olish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Yerli aholi jamoatchiligining demokratik yo’nalishdagi sa'y-harakatlari, milliy dav-latchilikni joriy qilish sari tashlagan qadamlariga dushmanona ashaddiy qarshilik ko’rsatildi. Ajnabiylar hukumati o’lkadagi harbiy qismlari, qurol-langan ishchi gvardiyasiga tayanib ish ko’rdi. Bu ho-kimiyat faoliyati faqat zo’rlikka, buzg’unchilikka, qon to’kishga qaratildi. Ong saviyasi past, ko’pincha jinoiy unsurlar bo’lgan soldatlar, gvardiyachilar yerli aholi, ayniqsa, dehqonlarni shafqatsizlik bilan talay boshladilar. Shunday qilib, 1917-yil kuzida o’lkadagi so'1-bolshe-vistik doiralar, ular tuzgan hukumat, bir tomondan kolonial-shovinistik, ikkinchi tomondan esa inqilobiy-sinfiylik siyosati va bu boradagi amaliy ishlarni boshlab yubordi.
O’zbek tilining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi uning ona tilida so’zlashuvchilarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. O‘zbek xalqi kabi bir millatning paydo bo‘lishi turkiy va eron tillarini birlashtiruvchi bir qator etnik guruhlarning birlashishi bilan bog‘liq edi. Buni orasida katta farq bo’lgan o‘zbek lahjasidagi dialektlarning ko‘pligidan bilish mumkin.

Download 206,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish