Etika va estetika


Kelinning kiyinish madaniyati



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Kelinning kiyinish madaniyati. 
Yaxshi kiyinish ham o‘ziga xos san’at 
hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo, kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon 
bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg‘uloti, 
voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq hamda vaqti va joyiga qarab bashang 
bo‘lishi mumkin. 
Moda deganda, muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta’biga, 
didiga mos kiyinish odatining ma’lum vaqtgacha urf bo‘lishi tushuniladi. Moda 
liboslarning o‘zgarishigina bo‘lib qolmay, o‘ziga xos estetik uslubni qidirib topish, 
yurish-turish tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo‘lishi hamdir. Moda 
uzoq tarixga ega. Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim – do‘ppi, ro‘mol, 
oyoq kiyimi – mahsi, kavush, ich kiyim – ko‘ylak, ust kiyim – kaltacha, kamzul, 
nimcha, chopon bo‘lgan.
Respublikamiz iqlimi issiq bo‘lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun 
eng qulay moda – ko‘krak burma va pasti yaxlit bichimli “o‘zbekcha” ko‘ylak 
hisoblanadi. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda 
ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko‘krak burma 
ko‘ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o‘zgartirilib, 
zamonaviy tus berilgan holda yangilanaveradi.
Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o‘zbek ayollari sevib 
kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o‘tib ketsa ham, bu 
matolardan o‘z davriga moslab yarashtirib, xoh o‘zbekcha, xoh yevropacha 
tikilgan kiyimlar hamisha modada. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda 
jurnalidagi modellarning har biri to‘g‘ri kelaverishi mumkin. To‘ladan kelgan 
ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo‘lib tushgan ko‘ylaklar 
kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg‘in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan 
ko‘ylaklar kiymasliklari lozim. Bo‘yni uzun ayollar ko‘proq yelkalik ko‘ylak 
kiyganlari ma’qul. Bo‘yni kalta ayollarga tik yoqali va bo‘yin atrofidan o‘yilgan 
ko‘ylaklar yarashmaydi. 
Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo‘lishi kerak. Ayollar ko‘pincha 
kiyimlar rangini o‘zlarining soch va teri ranglariga moslab oladilar. Ammo bunda 
gap rangning kishiga tushishidadir. Katak-katak kiyimlarni yo‘l-yo‘l matolardan 
tikilgan kiyimlarni birga kiyish tavsiya etilmaydi. Bo‘ylamasiga yo‘l bo‘lib 
tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo‘y-bastini uzaytirib 
ko‘rsatadi, ularni to‘ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg‘in 
va baland bo‘yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma’qul, ko‘ndalang, 
yo‘l-yo‘l ko‘ylaklar qaddi-qomatni to‘laroq ko‘rsatadi. 
Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o‘ziga xos ahamiyatga 
ega. To‘q va qora ranglar jussaning to‘laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada 
to‘laroq ko‘rsatadi. Yashil, binafsha, ko‘k rang qaddi-qomatni rostlab ko‘rsatsa, 
sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to‘la qilib o‘rsatadi. 
Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari, asosan, 
yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo‘lishi 


111 
lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko‘ylak va xalatlar kiyish 
maqsadga muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo‘lishi, 
ayniqsa, ko‘ylak-kostyumlar kiyish ko‘pdan urf bo‘lib keladi. Ozodalik, orastalik
pokizalikni bir umr o‘ziga hamroh qilgan kelinlar, shoshib qolmaydilar, ayniqsa 
ishlasalar yoki o‘qisalar – bu fazilatlar insonga o‘ziga ishonch va ruhiy muvozanat 
baxsh etadi.
Parcha-yu kimxoblardan kiyim, zeb-ziynatlar taqib, bir davraga kirsangiz-
u, birinchi tabassumingizda tishingizni sarig‘i o‘rinsa, kishilarning siz haqingizda 
fikri o‘zgaradi. Eng so‘nggi moda bilan kiyinsangiz-u, sochlaringiz to‘zib yotgan 
bo‘lsa, hech qachon sizni orasta deyishmaydi. Yangi kiyimlar, chiroyli liboslar bu 
nuqsonlarni yashira olmaydi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish