Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
Kafe, restoran 
Restoran yoki kafeda ayol bilan uchrashishga kelishib olgan erkak aytilgan 
vaqtdan biroz vaqtliroq borib o‘tirishi lozim. Ammo ma’lum bir sabablar bilan 
erkak uchrashuvga biroz
kechikib kelsa, bundan fojea yasash noo‘rin. Erkak 
kechikkani uchun uzr so‘rab, sababini tushuntirishi shart, ayol esa – buni kechirib, 
o‘z kayfiyatini buzmaslik uchun “qovoq solmay” o‘tirgani ma’qul. 
Agar restoranda bir necha odamlar uchrashmoqchi bo‘lsalar, kechikkanlar 
20 daqiqadan ortiq kutilmaydi. Ba’zi qiz va ayollar kafe yoki restoranga kirishdan 
ko‘ra, ko‘chada uchrashib keyin borishni afzal biladilar. Bu paytda erkak o‘z 
vaqtida kelishi shart. Kafe yoki restoranga birinchi bo‘lib ayol kiradi, erkak bosh 
kiyimini yechib kiradi va faqat chiqayotganda kiyib oladi. Stolning devorga tirab, 
restoran zaliga qaratilgani eng qulayi hisoblanadi. Agar zalning markazida o‘tirgan 
bo‘lsangiz, ayol uchun eng e’tiborli joy chiqishga qarab o‘tiradigan joydir. 
Bo‘sh joy qolmagan taqdirda, ofitsiantlarga murojaat qilgan ma’qul. Band 
bo‘lganini eshitgan joydan joy talab qilish yaramaydi. Kafeda tanishingiz oldiga, 
garchi sizga notanish bo‘lgan odam bilan o‘tirgan bo‘lsa ham, o‘tirish mumkin. 
Ammo restoranlarda mumkin emas – sizdan maxsus iltimos qilishsagina bu istisno 
hisoblanadi. O‘tirganda yoningizdan o‘tib ketayotgan tanish bilan turmasdan ham 
ko‘rishish mumkin, ammo siz murojaat yoki aksincha,, u sizga murojaat 
qilayotganda, albatta, turish kerak bo‘ladi. Agar tanish bir ikki og‘iz so‘z uchun 
yoningizda to‘xtagan bo‘lsa, uni oldingizda o‘tirganlarga tanishtirmasa ham 
bo‘ladi. Ammo suhbat cho‘zilib ketsa, dasturxonga taklif qilgan, yoki uzr so‘rab 
tanishingiz stoliga o‘tib olgan ma’qul. Agar tanishingizni dasturxonga taklif 
qilmoqchi bo‘lsangiz, uni albatta, yoningizdagilarga tanishtiring. Ofitsiantdan siz 
bilmagan taomni tushuntirib berishni so‘rashdan uyalmaslik lozim. Taomlarning 
nomi ko‘p va biz ularning hammasini bilishimiz shart emas. Restoranda likop 
ustiga qo‘yilgan sochiqni tizzaga yoyish shart. Agar tizzadan sirg‘alib tushib ketsa, 
uni birovga oldirmagan yaxshi. Hech kimga bildirmagan holda olishga harakat 
qilish joiz. Ketayotganda esa sochiq stolga qo‘yib turiladi. 
Ba’zida taomga qo‘shimcha tarzda bodring va pomidordan kesib qo‘yilgan 
gazaklar qo‘yiladi. Uni olib idishga solish shart emas. Go‘shtga qo‘shib likopning 
o‘zidan olib eyaveriladi. Sherigimiz hali taomni tugatmasidan avval ofitsiantdan 
hisobni so‘rash unga nisbatan bepisandlik sifatida qabul qilinadi. Tasodifan 
uchratib qolingan tanish ayol bilan kafega kirilsa, har kim o‘zi uchun to‘laydi. 
Ya’ni: Ayol ofitsiantni chaqirib bergan buyurtmani aytadi va hisobni o‘zi to‘laydi 
erkak ham xuddi shu tarzda ish ko‘radi Restoranda avval kim o‘rnidan turadi? 
Kim uchrashuvni tashkillashtirgan bo‘lsa, shu odam avval o‘rnidan turadi. Agar 
dasturxon ikki kishiga yozilgan bo‘lsa, taklifni birinchi erkak qiladi, ayol esa uzrli 
sabablar bo‘lgandagina, soatga qarab: “Vaqt bo‘ldi”, deb o‘rnidan turishi mumkin. 


97 
 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish