Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Salomlashish odobi:
ertalab turgach, yuvinib, qaynota-qaynona, oila 
a’zolariga bilan muloqotni iltifot bilan salom berish, “Yaxshi dam oldingizmi?” 
degan so‘zni aytish bilan boshlash joiz. “Assalomu-aleykum”, arabcha so‘z bo‘lib, 
“Sizga tinchlik tilayman” deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi kerak. “Assalom-
alayka”, “Va alayka”, “Salom”, “Salom alaykum”, “Salom berdik”, “Alaykum” 
kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
Oiladagi bajarilishi lozim bo‘lgan talablar, ko‘chadagidan kam emas. 
Tashqarida tavoze bilan, uyda qo‘pol bo‘lgan odam hammadan kamroq hurmatga 
loyiq. “Rahmat”, “Kechirasiz”, “Iltimos” so‘zlari shartli bo‘lsa ham juda zarur 
ahamiyat kasb etadi. Ba’zida ayollar erlarining buyruqlarini bajarish bilan 
charchaganlaridan dugonalariga shikoyat qilishini guvohi bo‘lamiz. Kundalik 
ayolning vazifasiga kiradigan narsalar uchun er iltimos qilishi shart emas. Ammo u 
ayol kishining izmida bo‘lgan so‘zlarni: “Iltimos, sigaretimni olib kel, ishdan 
chalg‘igim kelmayapti” qabilidagi iboralarni aytishi shart. Bunda “Iltimos” ni 
ayolga nisbatan qo‘llashni or qiladigan erkaklar uchun “Azizim, onajonisi, ….xon” 
kabi shirin so‘zlarni ishlatishlari mumkin. 
Agar ayol har kuni dasturxonga taom olib kelsa, er hadeb rahmat 
deyaverishi shart emas. Yoki ayol ketishdan oldin er uning ustiga paltosini kiydirib 
qo‘ysa ham ayolni minnatdorchilik bildirish zaruriyat taqozo etilmaydi. Ammo 
“Vannaxonadagi xalatimni olib keling”, degan iltimosga minnatdorchilik bildirish 
lozim. Insonlar bilan munosabatda ohang asosiy o‘rinni egallaydi. “Choy quy” 
degan so‘zning o‘zi ham iliq muhabbat bilan yo‘g‘rilgan ohangda eshitilishi, 
“Choy quying, iltimos!” deb aytilgan qo‘rs ohang ko‘ngilni og‘ritishi mumkin. 
Yuvingandan so‘ng, albatta, vanna yoki rakovinani yuvib qo‘ying. Bu hammaning 
burchidir. Idish yuvadigan rakovinaga tuflash, og‘iz chayish, tish yoki yuzni 
yuvish madaniyatsizlikdir. 
Xullas, uyni ozoda tutish faqat uy bekasiga bog‘liq emas, bu barcha oila 
a’zolarini ishidir. 
Ota-onaning tashqi ko‘rinish ham, ayniqsa, farzandlar oldida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bolani bog‘chadan olgani borganda, bolalar kichkina bo‘lsa 
ham solishtirish xususiyatiga egaligini unutmasligi lozim. Bolalar ota-onalaridan 
uyalishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bunda “Ota-onani, ayniqsa, onani sevish shart” 
deb qo‘yilgan talablar doimo o‘zini oqlayvermaydi. Men kelinman, qaynona-


112 
qaynotamga qaraymi, erimgami yoki bolalargami deb boshqalarni ham, o‘zini ham 
aldaydigan kelinlar oxir-oqibat soxtalikni ko‘rsatib qo‘yadilar. Atrofdagilarni, 
ayniqsa, bolalarni bunday uslub bilan o‘ziga tortish, ularni rahmini keltirish 
o‘xshovsiz xiyla, holos. Axloqshunoslikda muhabbat erkinlikda namoyon bo‘ladi, 
degan ilmiy xulosani nazardan chetda qoldirmang. 
Hech qachon bolalarning mehnati uchun “pora” bermaslik lozim. “Buni 
qilsang, uni olib beraman” qabilida. Buning o‘rniga unga ixtiyor bergan ma’qul. 
Istagan ishni tanlab olsin. Ammo bajarsin. Mehnatsiz yashab bo‘lmaslikka 
o‘rgatish lozim. 
Agar o‘zingiz namuna bo‘lmasangiz bunday “tarbiya” ning hech foydasi 
bo‘lmaydi. Bolalar oldida bir-birining vazifalarini “eslatib” urishmaslik kerak. 
Agar sizdagi o‘zaro ziddiyatni bolalar bilib qolsalar, ular sizdan foydalana 
boshlaydilar.
Bunga qarshi faqat va faqatgina oiladagi axloqiy muhit choradir.
1
Oilaviy bayramlar – har bir oilaning shaxsiy ishidir. Ammo tug‘ilgan 
kunda birlashish va hamjihatlikning bo‘lishi turgan gap. Hammaga ma’lumki, 
ayollar o‘z tug‘ilgan kunlarini erlari yoddan chiqarishlarini juda og‘ir qabul 
qiladilar.
Er-xotinlar o‘rtasidagi asosiz paydo bo‘laveradagian bahslarning qat’i 
chorasi – ko‘p hollarda ajrashish bilan tugaydi. Ammo bunga noiloj 
vaziyatlardagina yo‘l qo‘yish mumkin. Munozaradagi ma’lum qoidalarga amal 
qilib, bu baxtsizlikdan qutulish mumkin. Masalan, hech qachon o‘z noroziligini 
kinoyali ohangda aytmaslik lozim – bu odamni haqoratlaydi va instinktiv ravishda 
qarshilik qilishga undaydi. Yurakdagi dardning hammasini faqat mulozamat, 
muloyimlik va bosiqlik bilan ayta olish mumkin. Bu oilada ijobiy javob – 
tushunishni vujudga keltiradigan yagona ohangdir. Muomala qila olishning ziddi 
jizzaki, buyrug‘ona ohangdir. Ochiqdan-ochiq odamga achinishni e’lon qilish ham, 
aksil ta’sir beradi. Bundan tashqari, fikrni oxirigacha aytmaslik, 
“yopiqlik”
ham 
munosabatni qiyinlashtiradi. Urushayotganda o‘zini o‘ldirish bilan “
qo‘rqitish”
ham insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi. Ikkita odamning bahslashuvida uchinchi 
odamning fikrini asos sifatida keltirish yaramaydi. Er-xotinlar o‘rtasidagi juda 
yaxshi do‘stona munosabat birontasining onasi yoki boshqa bir odamning keltirgan 
firklariga asoslanishining o‘ziyoq janjalga sabab bo‘lishi mumkin. Oilaviy 
mojarolarda turli umumiyliklardan – “
Sen doimo...” 
kabi so‘zlardan yiroqroq 
bo‘lish lozim. Aniq bir fakt yoki asosga tayangan holdagina so‘zlash lozim. Ta’na 
muhabbatni o‘ldiradi. Bu hatto asosli ayblov ham bo‘lishi mumkin. Shu bois, 
bunday holatlarga kamroq murojaat qilgan yaxshi. Dashnom berayotgandagi 
yuzimizning istinkiv ko‘rinishining aks ta’siri bizdan qochish istagini paydo qiladi. 
Bu esa aloqaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Yaqinlarni doimiy tanbehlar bilan charchatib qo‘ymaslik kerak. Biror narsa 
haqida tanbeh beradigan bo‘lsangiz, buni muloyimlik va do‘stonalik bilan bajarish 
1
Қаранг Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. – Тошкет.: Ўзбекистон миллий файласуфлари жамияти. 2010. 295-
б. 


113 
lozim. Uni qayta takrorlash, ayniqsa avvalgidan ham balandroq ohangda aytish 
foyda bermaydi. Tanbehni eshitgan odamni yodidan ko‘tarilishi mumkin emas, 
aksincha, bu narsa yo unga yoqmaganidan, yoki imkoni yo‘qligidan e’tibor 
bermagan bo‘lishi mumkin, bu bilan hech narsaga erisholmaysiz. Yaqin odamlarni
g‘alati harakatlarini yoki biron talablarni bajarmasligini kechirish mumkin. Ammo 
kechirimli bo‘lishga da’vat etish, hamma narsaga e’tiborsilik qilish degani emas. 
O‘ziga nisbatan talabchan bo‘lgan inson, boshqalardan ham buni kutadi. Ammo 
bunday talablarga hamisha o‘z vaqti hamda usulini topa bilish lozim. 
“Qisqa kelishmovchiliklar”
dan qochishning iloji yo‘q. Asosiysi, ularning 
haqiqatan ham qisqa bo‘lishidadir. Imkon qadar darhol o‘zaro kechirim so’rab, 
normal munosabatlarni qayta tiklab olish muhimdir. Yarashuvdan so‘ng 
kelishmovchilikning sababi va janjalning o‘zi ham unut bo‘lishi kerak. Albatta, 
shunday vaziyatlar bo‘ladiki, o‘zaro munosabatlarga alohida aniqlik kiritishga 
ehtiyoj paydo bo‘ladi, lekin imkon qadar ulardan o‘zini chetga olmoq durust. 
Hammasidan ham mojarodan o‘t chiqmasdan o‘chirgan afzal. Umuman olganda, 
“munosabatlarni kelishib olish”
yaxshi variant emas. Bir odamning o‘zini tutishi 
boshqasini hamisha tushunib yetishiga olib kelavermaydi. Ba’zida juftingizdan 
nima uchun u bunday qilayotganini so‘rashingiz mumkin. Ammo uning javobi 
sizni qoniqtirmay qolsa, 
“kavlashtirishni”
hojati yo‘q. Ba’zi biz 
“erishgan 
haqiqat”
bizga yoqmasligi mumkin. Zero qarshingizdagi odam sizni xafa qilmaslik 
uchun indamasa ham, uni 
“siqishni”
boshlaganingizdan so‘ng hammasini aytib 
yuborishi mumkin. 
Oilaviy axloq o‘z juftini ishonch halqalari bilan bog‘lanishini taqozo etadi. 
Shu bois o‘z yaqiningizni yolg‘onchilikda ayblash yoki biron narsada 
“ushlashga”
harakat qilish vaziyatni og‘irlashtiradi holos. Bu ishonchsizligingiz sizga nisbatan 
ichki dushman sifatida qarashga olib kelish mumkin. Albatta, me’yorida, siz uchun 
aziz bo‘lgan odam sifatida chiroyli rashk qilish mumkin. Bu hatto aloqani 
mustahkamlaydi. Ammo yarim haqorat shaklidagi rashklar, juftingizni qilmagan 
ishini qilishga undashi mumkin. Yaqiningiz bilan bo‘lgan munosabatda 
“tilga 
suyak qo‘yib qo‘ygan”
yaxshi. 
“Jinni bo‘libsiz!”,
degan so‘z albatta, ajrashishga 
sabab bo‘lmasligi mumkin, ammo sizni chiroyli ko‘rsatmaydi. Undan ko‘ra: 

Adashyapsiz, azizim!” 
deb aytgan durustroq. 
Hattoki, hazilomuz murojaatlarda ham o‘tkir iboralardan hayiqmoq lozim. 
Bizning so‘zlarimiz biz istagan darajada doimo natija bermasligi mumkin, o‘zimiz 
bilmagan holda boshqalar qalbini yaralashdan uzoqroq bo‘lganimiz ma’quldir. 
YOmon ma’noda so‘z aytgan bo‘lsangiz, unda uni ifodalashdan ne ma’ni bor?! 
Sizni u kechirishi mumkin. ammo qalbiga otilgan bu 
“nayzaning”
izi o‘chishi 
qiyin. Bundan siz ham foyda ko‘rmaysiz. Va eng asosiysi, erkaklar uchun: rafiqasi 
bilan bo‘lgan har mojaroda ayolni o‘ziga qaratadigan 
“Azizam”
degan murojaati 
masalani ijobiy tus oldirishi mumkin. Ammo erkaklarning bunday so‘zlarni 
ishlatishlari nihoyatda kam uchraydi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish