Etika va estetika


“O‘tib ketsam maylimi?”, “Kechirasiz?”



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

“O‘tib ketsam maylimi?”, “Kechirasiz?” 
so‘zlarini aytishni unutmaslik joiz).
O‘tib ketayotgan ayollarning orqasidan tez-tez o‘grilib qarashdan ayniqsa 
yoningizda ayol kishi bo‘lsa, o‘zini tiygan yaxshi. Sherigi bilan ketayotgan 
tanishni to‘xtatish ham bundan istisno emas. Ko‘chada chekmaslikka, 
tuflamaslikka harakat qilish kerak. Hech bo‘lmasa vatanparlik nuqtai nazaridan – 
ona Yerga tuflayotganini bilgan odam buni boshqa qaytarmasa kerak. Zotan, 
buyuk vatandoshlarimizdan biri Ahmad Yassaviy, Umar Hayyom o‘z asarlarida 
tuflash tugul tuproqqa ehtiyot bo‘lib qadam bosish kerakligini odamlarga bejiz 
uqtirishmagan.
Ko‘pchilik bilan yurish tavsiya etilmaydi. Agar shoshayotib, oldinda 
ketayotgan odamning yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘lsangiz, uni chap tomonidan 
o‘tishga harakat qilmoq, 
“O‘tib ketsam maylimi?”, “Kechirasiz?”
so‘zlarini 
aytishni unutmaslik joiz. Agar yo‘lda to‘xtashga to‘g‘ri kelsa (biror tanishni 
uchratib qolsangiz, sumkadan biror narsani olmoqchi bo‘lsangiz), chetga o‘tgan 
ma’qul. Tirsak yoki qo‘l bilan tiqilinch joylarda turtib-surtib o‘tishga intilish 
qo‘polllikdir. Agar bu o‘ta zaruriyat kasb etsa, uzr so‘rashni unutmaslik lozim.
Yo‘lda o‘ng‘aysiz holatga tushib qolmaslik uchun, masalan, tanishni 
ko‘rmay o‘tib ketish, salomga alik olmaslik hollari bo‘lmasligi uchun ziyrakroq 
bo‘lgan ma’qul. Juda shoshib turgan va gaplashishga moyil bo‘lmagan odamni 
to‘xtatish befarosatlikdir. Harakat ko‘p bo‘lgan joylarda uzoq suhbatlar olib 
borilmaydi. Shu bilan birga, hozirda rusm bo‘lgan musiqa uchun mo‘ljallangan 
telefon jihozlarni quloqqa taqib olish bir tomondan tushunmovchilikni, ikkinchi 
tomondan esa hayotga xavf ham tug‘dirishi mumkinligini o‘ylab ko‘rish lozim. 
Musiqaning balandligidan orqadan kelayotgan avtomobil shovqinini eshitmay 
qolish mumkin. Imkon boricha, musiqaning ovovzi bunday narslarni eshitadigan 
darajada past bo‘lgani ma’qul.
Agar yo‘lda biror – bir ma’lumot va ko‘rsatmaga muhtoj bo‘lib qolsangiz, 
savollar bilan ichki ishlar xodimiga yoki haydovchiga murojaat qilish mumkin. 


101 
Ularni topolmagan taqdirda, uzr so‘ragan holda, yo‘lovchilarga murojaat qilsa 
bo‘ladi. Kerakli ma’lumotga ega bo‘lgandan so‘ng, tashakkur bildirish odobdandir. 
Agar sizdan ko‘chada biror – bir narsa so‘rashsa, tavoze’ bilan aniq, ravshan va 
qisqa javob berish kerak. Uzoqdan-uzoq tushuntirishlar bilan murakkablashmagan 
ma’qul. Ko‘chada ovqatlanish odobga to‘g‘ri kelmaydi. Yaqin-atrofdagi restoran, 
bufet yoki qahvaxonaga kirgan ma’qul. Bolalar oldida o‘zingizni madaniyatliroq 
tuting (garchi o‘z farzandlaringiz bo‘lmasa ham) – har qanday katta yoshdagi odam 
o‘zi istar-istamas yonida turgan bolalarga ta’sir qila olish xususiyatiga ega. 
Ko‘chada ayolning chap tarafidan yuriladi, agar ikkita erkak bo‘lsa, 
chapdan yoshrog‘i yuradi. Agar yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 
erkak trotuardan tashqarida yuradi. Agar uchta bo‘lib ketayotgan bo‘lsangiz, 
o‘rtadagi joyni nufuzliroq odamga beriladi. Masalan, professor ikkita talaba 
o‘rtasida, ayol kishi ikki erkak o‘rtasida, ikkita ayolnining o‘rtasida bitta erkak 
yuradi. Bunday vaziyatda har bir ayol uchun erkak tayanch vazifasini o‘taydi 
hamda suhbat ham jonliroq bo‘ladi. Agar to‘rtta bo‘lib ketayotgan bo‘lsalar juft 
bo‘lib olganlari yaxshi. Yoshi kattaroqlari oldinda, yoshlar orqada. Beshta 
bo‘lsalar – biri uchtadan, ikkinchisi ikkitadan bo‘linib olishadi. Zinapoyadan 
ko‘tarilayotganda erkak ayoldan kerak bo‘lganda qo‘llab turish uchun bir pog‘ona 
pastroq ketadi. Zinapoyadan tushayotganda esa ayol qoqilib ketganida ushlab 
qolish mumkin bo‘lgan masofada tushadi. 
Tarbiyali kishi ko‘chada: 

iflos qilmaydi, tuflamaydi, qo‘li bilan ko‘rsatmaydi;

bolalarga baqirmaydi;

do‘sti bilan gaplashish uchun yo‘lning o‘rtasida turib olmaydi;

gazonlar bo‘ylab yurmaydi, yeyilgan qoldiqlarni tashlamaydi, danaklarni 
tuflamaydi, pista chaqmaydi, radio yoki magnitofonni barlla ovozga qo‘yib 
yurmaydi.

yo‘l qoidalariga nisbatan mensimaslik hissi nafaqat hayot uchun xavfli, 
balki shundoq ham qiyin bo‘lgan haydovchi ishini og‘irlashtiradi. Shu 
bilan birga, haydovchilarning ham yo‘lovchilarga loy yoki iflos suvni 
sachratib ketishlari o‘ta madaniyatsizlikdir! 
Ko‘chada uchrab qolgan tanishdan “Qayerga ketyapsan?” deb so‘roqqa 
tutish va bir o‘zi ketmayotgan kishini yo‘lda to‘xtatish yaxshi emas. Erkak doimo 
ayolni o‘tkazib yuboradi (G‘arbda), bizda esa aksi. Yo‘l qiyin bo‘lsa, barcha joyda 
ham ayol kishiga yengillik tug‘dirish uchun erkak oldinda yuradi. Yonida 
ketayotgan ayolning og‘ir sumkasi yoki jamadon, portfelini ko‘tarib ketishi 
mumkin, ammo ayolning sumkasi yoki yomg‘irpo‘shini olib yurish erkak 
kishishga yarashmaydi. Ayol ustki kiyim yoki plashini o‘zi bilan olib yuradi. 
Yig‘ilgan yomg‘irpo‘shni olib yurishning qoidalari qanday? 
Ayol yomg‘irpo‘shning uchidagi ipini qo‘liga ilib oladi. Erkak chap 
yelkasiga osiltirib yoki hassaga o‘xshab qo‘lida olib yuradi. Uni nayzaga o‘xshatib 
olish yaramaydi, birovga tegib ketishi mumkin. Ochiq holdagi yomg‘irpo‘shni 
birovning boshiga yoki boshqa narsaga ilib olmaslikka harakat qilish lozim. Yer 
osti yo‘laklarida yomg‘irpo‘shni yopib olgan ma’qul. 


102 
Kiyimga esa e’tiborli bo‘lganimiz yaxshi. Avvalambor ozoda va batartib 
bo‘lish lozim. Yalang oyoqqa sandallar faqat dam olish maskanlarida kiyiladi. 
Kostyum bilan hech qachon qo‘lqop kiyilmadi, u faqat plash yoki paltoga moslab 
kiyiladi. Ko‘chada qizlarga yosh yigitlarning “gap otishi”, qizlarning barallla qah-
qaha otishlari o‘z tarbiyasining noqisligini ko‘rsatadigan holatdir. Yo‘lda o‘tib 
ketayotgan kishiga “Kiyimingizga ip yopishib qolibdi” yoki “Paltongizga loy 
sachrabdi” degan gaplar garchi yordamga o‘xshab ko‘rinsa ham, adabsizlik 
belgisidir. Ammo ayolning sumkasi ochilib qolganini, sigaretning kukuni erkakni 
kiyimga tushib cho‘g‘ otganini aytish mumkin. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish