Axloq va huquqning umumiy tomonlari
SHu bilan birgalikda axloq va huquq bir qancha farqli tomonlarga ham ega. Bu farqlar quyidagilarda namoѐn bo‘ladi:
Axloq va huquqning farqlari
Ixtiѐr erkinligi mavjud. Ixtiѐr erkinligi normativ hujjatlar bilan qat’iy chegaralanadi.
Axloq va huquq o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo etuvchi hodisalar hisoblanadi:
Axloq va huquq, barcha fuqarolarning manfaatlari, intilishlari va irodasini ifodalaydi;
SHaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtiradi;
Milliy va mulkiy holatidan qat’i nazar har bir fuqaroga teng talabni qo‘yadi;
Axloqdagi tenglik prinsipi kishilarning qonun oldidagi teng huquqli ekaniga mos keladi;
Hulq atvorni baholash uchun bir xil mezonlarni ilgari suradi:
Adolatparvarlik, insonning tabiiy huquqlarini fuqarolik va siѐsiy erkinligini hurmat qilish:
Axloq ishontirish metodiga asoslanadi, bu metod huquqda ham asosiy metod hisoblanadi;
Demak axloq va huquq bir-biri bilan uzviy bog‘liq, biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadigan xodisadir.
«Etika» fani yuqorida baѐn qilingan muammolar bilan shug‘ullanar ekan, taraqqiy etib boradi. Etika hozirgi vaqtda bir qancha sohalarga bo‘linib, har bir sohasi muayyan muammolar bilan shug‘ullanadi.
Umumiy etika nazariyasi-axloq, uning tabiati, mohiyati, xususiyati, tarkibiy qismlari, uning jamiyat taraqqiѐtida tutgan o‘rnini o‘rganadi.
Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiѐt qonunlarini, har xil axloqiy nazariyalarning tarixdagi o‘rnini, rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi.
Normativ qadriyatlar etikasi aniq axloq normalarini, axloqiy majburiylik talablarini, axloqiy meros sifatida shakllanib avloddan avlodga o‘tib kelaѐtgan axloqiy qadriyatlar tizimini o‘rganadi.
Kasb etikasi- har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va haѐtga tatbiq etadi.
Axloqiy tarbiya nazariyasi-axloqning jamiyat talabi, ehtiѐji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni haѐtga tadbiq etishning vosita va uslublarini o‘rganadi.
―Etikaning tarkibiy qismlari (sohalari) uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, bir-birini taqozo etadi va to‘ldirib turadi.
―Etika boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. ―Etikaning ―Estetika bilan munosabati ayniqsa o‘ziga xos. CHunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan nuqtai nazar, yaxshilik ѐki ѐmonlik (axloq) va go‘zallik ѐki xunuklik (nafosat) nuqtai nazaridan ish ko‘radi. YA’ni ichki go‘zallik va tashqi go‘zallik uyg‘unligiga e’tibor qaratadi. SHu bilan birga, san’at estetikaning asosiy tadqiqot ob’ektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida axloqiy – tarbiyaviy jihatdan muhim bo‘lgan g‘oyalar ilgari suriladi va san’atkor badiiy obrazlar orqali axloqiy ideallarni yaratadi.
―Etika, shuningdek, ―Pedagogika fani bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib boradi. Komil insonni shakllantirish, ta’lim berish jaraѐnlarini tarbiyaviy jaraѐnlarsiz, «Odobnoma» darslarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SHu sababli ―Etika ―Pedagogikaning asosi hisoblanadi. Etika «Psixologiya» fani bilan aloqador. ―Psixologiya u ѐki bu xatti-harakat, fe’l-atvor sabablarining ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, «Etika» esa «Psixologiya» tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi deb ko‘rsatib o‘tiladi A. SHerning «Axloqshunoslik» kitobida.
―Etika bilan ―Sotsiologiya inson faoliyatini boshqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lgan axloqni o‘rganadi. ―Sotsiologiya insonlarning ommaviy xattiharakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. ―Etika esa muayyan ijtimoiy tuzum ѐki davr doirasidan chiqib, kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-harakatlarni hamda ularning sabablarini o‘rganadi.
―Etikaning ―Politologiya bilan munosabati ham o‘ziga xos. «Siѐsiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar kurashini taqozo etadi. SHaxsiy intilishlar bilan davlat (jamiyat) manfaatlarining mosligi, maqsadlar va vositalarning pok ѐki nopokligi muammolari o‘rtaga chiqadi» deb ta’kidlaydi A.SHer. Siѐsat qanchalik axloqiylik kasb etsa, shunchalik oqilona bo‘ladi.
XX asr o‘rtalariga kelib ―Etikaning ―Ekologiya bilan aloqadorligi kuchaydi. CHunki vujudga kelgan ekologik tanglik vaziyati insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish zaruratini keltirib chiqardi. Endilikda global ekologik muammolarning oldini olish insonning tabiatga nisbatan ijtimoiy-axloqiy munosabatiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti tabiatning o‘zi emas, balki insonning tabiatga bo‘lgan munosabati bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |