Savol va topshiriqlar
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.
Javob: Axloq
Insonning paydo bo’lishida ikki qarash mavjud bo’lib ularning bir-biridan farqli ilgar surilgan g’oya nimadan iborat.
Javob: Biri – diniy, ikkinchisi – dahriycha qarash. Diniy–e’tiqodiy nuqtayi
nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g’oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi CHarlz Darvin (1809– 1882) fikrlari alohida e’tiborga molik
Fazilat va illat o’zi nima?
Javob: Fazilat va illat shunday yirik hamda qamrovli atamalarki, ularning har biri o’z ichiga bir necha emas, o’nlab emas, balki yuzlab tushunchalarni oladi.
Muhabbatning obyekti nima va uni siz qadey tushuunasiz?
Javob: Muhabbatning ob’ekti doimo go’zallik, manfaatsiz go’zallik. U har qanday go‘zal narsaga bo‘lishi mumkin. Avvalo allohga keyin payg‘ambarinizga keyin ota-onamizga, aka-uka, opa-singillarimizga, ahli ayolimizga bo‘lishi mumkin.
Ezgulik, yaxshilik va yomonlik bularni bir-biridan farqi.
Javob: Ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko’zlovchi, kelajakka ham mo’ljallangan, ya’ni strategik ahamiyatga molik axloqiy xatti–harakatlar majmui; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Ezgulik hech qachon to’g’ridan–to’g’ri yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo’lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror ob’ektga qilingan yaxshilik boshqa bir ob’ekt uchun yoki yaxshilik qilgan sub’ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin.
Vijdon deganda siz nimani tushunasiz unga misol keltiring.
Javob: vijdon deganda insonga hos yaxshi jihatlarning ko‘pchiligini tushunaman. Odamlarga bo‘lgan faoliyat, ularni aldamaslik, yolg‘on gapirmaslik va shu kabiboshqa yaxshi harakatlar.
Qadr-qimmat nima?
Javob: Qadr–qimmat tushunchasi inson o’z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligini,
o’z shaxsi oldida o’zi ma’sul ekanligini anglashi uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g’urur tushunchalari bilan bog’liq, bir tomondan insonning o’z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi.
Omad bn Baxt orasida qandey bog’liqik bor.
Javob: Bu ikki jihat orasida muhim uyg‘unlik bor. omad – tasodif, baxt – zaruriyat; omad – istisnoli, baxt – qonuniy hodisa. Omad – shaxsning bir
zumlik holatini aks ettiradi. Baxtning insonda tez uchrashida omadning o‘rni beqiyosdir u insonda bor paytda, biz insonni doimo baxtli ko‘ra olamiz. Bu ikki narsa ko‘proq birga yuradi.
Insonparvarlik, Vatanparvarlik, Erkparvarlik tushunchalari nimani anglatadi.
Javob: Insonparvarlik insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui,
shaxs erki, qadr–qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch.
Vatanparvarlik insonning o’z Vataniga
muhabbatini, uni asrab–avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha.
Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi – erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero, erksiz inson – asir, erksiz millat – qul, erksiz mamlakat – mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o’z millati, o’z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo’ygan insonlar tamoyilidir.
Halollik va rostgo’ylik deganda nima degani, misol keltiring.
Javob: Halollik bu o‘z foydasini ko‘zlab o‘zgalar manfaatini toptalishiga qarshi turuvchi hususiyatlardan biridir. U insonni komil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Halollika misol keltirsak; uyimizga qo‘shnimizning mevali daraxtining bir qismi egilib turadi va ana shu mevalar pishgan vaqtda uni so‘roqsiz olmasdan, o‘sha qo‘shnimizga berishimizda ham ko‘rinadi.
Rostgo‘ylik esa insonning muloqot vaziyatidagi muhim vositalardan biridir. U bizga jamiyatda ham o‘z o‘rnimizga ega bo‘lishimiz hurmatga sazovor bo‘lishimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan hususoyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |