“
Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel
o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi:
nazariy fanlarga falsafa,
matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy
fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan
ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda
«Etika» ijtimoiy
-
falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–
axloqning kelib
chiqishi,
mohiyati
, xususiyatlari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari
o‘z qonunlari va
kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq»
so‘zi aslida arabcha
so‘z bo‘lib, xulq
-atvor, yurish-
turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi.
Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan
barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb
kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida,
oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari
shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq
umumiy tushuncha sifatida etikaning
tadqiqot ob’ektini
anglatsa
, yakka tushuncha sifatida inson fe’l
-atvori va
xattiharakatining o‘ziga
xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq
-
atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq»
va «odob»
tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob
-inson haqida
yoqimli taassurot
uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga
ega bo‘lmaydigan, milliy urf
-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni
o‘z ichiga oladi. Axloq esa–
jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna
bo‘la oladigan ijobiy
xattiharakatlar yig‘indisidir»
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy
munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va
manfaatlari belgilaydi. Binobarin,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma
-xil shakllardagi
mulklar tashkil etayotgan
bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy
-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqlik; -
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash
va
rivojlantirish
; -
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qil
ishi; -
vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida
O‘zbekiston
xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy
-axloqiy dunyosi shakllanadi va
qaror topadi. Bu esa,
o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan
belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |