Etika faning ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liqligi


Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat



Download 28,48 Kb.
bet6/8
Sana20.07.2021
Hajmi28,48 Kb.
#124466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat.Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi.

Ezgulik – insonga eng kuchli ma`naviy lazzat bag`ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi ,fazilat, shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat.

Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o`lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog`liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o`z ichiga oladi.

Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy tushunchasi adolatdir. Adolat bu tenglikning haqqoniy va taqdirlashning zaruriy o’lchovidir. Suqrot ta’biri bilan aytganda «adolat – qonunga muvofiq xulqdir». Adolat muayyan axloqiy sistemada qabul qilingan, kishilarning axloqiy burch va majburiyatlari tushunchasiga mos keladigan hatti-harakatlardir. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror bir qadriyatni anglamaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor, unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor o’lchovi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q.

Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon tushunchasini birinchi bo’lib Stoiklar maktabi vakillari kiritganlar. Ularning fikricha, vijdon insonning o’z xulqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholashi va nazorat qilishi, o’z hatti-harakatlarini va bu hatti-harakatlarga bog`liq bo’lgan his-tuyg`ularni, kechinmalarni o’zida tahlil qilishidir. Vijdon lozimiy narsa oldidagi mas’uliyat hissidir. Vijdon – Zigmund Freyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog`liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki, o’z-o’ziga bog`liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog`liqlik tashqi bog`liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o’z nojo’ya harakati tufayli yuzaga kelgan o’ng`aysizligi bo’lsa, vijdon azobi, bu oddiy o’ng`aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning talabi. U qondirilmas ekan, hech qachon azob to’xtamaydi.


  1. Axloqiy tamoyillar, me’yorlar

Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab umumiy tarzda ko`zga tashlanadi. Insonparvarlik – axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri hisoblanadi. U – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g`oyalar, qarashlar va e`tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo`lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilms ishonch. Insonparvarlik tamoyilini dastlab Ovro`pa Uyg`onish mutafakkirlari ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda ortaga tashlangan, insoniylik, insonpavarlik degan ma`noni bildiruvchi “namlulu” sozi bundan 3-4 ming yillar avvalgi Qadimgi Somir giltaxtalarida uchraydi.


Download 28,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish