Farosatli ayollar yuvilgan ichki kiyimlarni ko`zga tashlanadigan joylarga ilib qo`yishmaydi.
Xat o`qishni hammamiz yaxshi ko`ramiz. Ayniqsa, sevgi maktublari bo`lsa. Ammo unutmang, xatlar, «SMS», internet nomalar, xabarlarni egasining ruxsatisiz o`qish mumkin emas.
Sirk, kinozal yoki teatrda o`z joyingizga o`tish uchun qator oralab yurishga to`g`ri kelsa, o`tirgan insonlarga yuzlangan holda harakat qiling.
Charchagan bo`lsangiz ham, uyqu o`z domiga tortasa ham, og`zingizni ochib, esnamang.
Shevada so`zlashishni sizga hech kim taqiqlamaydi, ammo fuqarolar murojaati bilan shug`ullanadigan kasb egalari ish vaqtida faqat adabiy til me`yorlariga amal qilishlari kerak.
Etiket qoidalarini biladigan ayol hech qachon uchrashuvga katta sumka bilan kelmaydi. Chunki qoidaga ko`ra, bunday holda erkak kishi uning sumkasini ko`tarib yurishiga to`g`ri keladi.
Yumshoq o`rindiq va stulda har qanday vaziyatda ham ayol kishi (ming charchagan bo`lsa ham) chiroyli o`tirishi kerak. Kresloga yonboshlab olish, stulda yoki jamoat transporti o`rindiqlarida oyoqlar orasini katta ochib o`tirish, shuningdek, «o`zini qo`yib yuborish» atrofdagilarga chiroyli ko`rinmaydi.
Yakshanba kuni soat 10:00ga qadar tanishlaringizni bezovta qilmang. Ko`pchilik dam olish kuni chindan ham dam oladi.
O`shqirish juda hunuk eshitiladi. Ayniqsa, ko`chada, begona kishilarning oldida farzandingizga baland ovozda baqirishingiz, uni urushishingiz o`zingizda ham tarbiya etishmasligidan dalolat.
Qorningiz juda och bo`lsa ham, boshqalarga taom keltirilmasidan avval ovqatlanishni boshlamang.
G`ichirlaydigan va taqqillaydigan poyabzalni ishxonaga kiymaslik tavsiya etiladi. Chunki siz bu bilan har safar xonaga kirib-chiqqangizda hamkasblaringizning ishlashlariga xalaqit qilasiz.
Hamma eshitadigan qilib musiqa tinglash (uyali telefon yoki maxsus moslamada) boshqalarga noqulaylik tug`diradi. Shuning uchun bunday vaziyatlarda quloqchin (naushnik)lardan foydalanish kerak.
Ekilgan maysa ustidan yurmang.
Xushmuomalalik Sirlari. Etiket Qoidalari
Xushmuomalaga ehtiyoj sezmaslik uchun bag’oyat yuksak fazilat sohibi bo’lish lozim, deyishadi. Xushmuomalalik odamni atrofdagilar uchun foydali va yoqimli qiladi: u ishda va turmushda juda zarur. Xushmuomalalik keskin vaziyatlarni yumshatadi, janjalni oldini oladi, o’zini tutishni ham o’rgatadi, hurmat va muhabbatga yo’l ochadi. Xushmuomalalikni o’rganish mumkin, lekin buning tug’ma bo’lgani undan ham yaxshiroq. Xushmuomalalik kishidasn gap-so’z va harakatni nazorat qilishni talab etadi.
Xushmuomalalik qoidalariga ko’ra:
Rasmiy idoraga bosh kiyimda kirish va baland ovozda gapirish ;
Shovqin solish, atrofdagilarga halal berish va g’ashiga tegish;
Boshqa millatni yerga urish;
Birovning kamchilik va xatolaridan kulish;
Suhbatdoshni haqorat qiluvchi so’zlar aytish;
Xat yoki sov’gani qaytarib yuborish;
Hamsuhbatning yaqin kishisi haqida mensimay gapirish;
Birovlarning sumkasini ochish, ochiq bo’lsa, ichiga qarash, begonalarni cho’ntagini titkilash;
So’ramay boshqalar stoliga teginish, ichidagilarning joyini o’zgartirish, tortmalarni titish, begona shkaf, buffet va qaznoqlarni ochish MUMKIN EMAS!
Shuningdek, o’zi haqida yaxshi fikr va ishonch uyg’otishni istagan odam kamtar, beg’araz, tartibli bo’lishi lozim. Agar uncha yaqin bo’lmagan kishi sizga yaxshilik qilsa, minnatdorchilik belgisi sifatida tort, bir dasta gul yoki biror shirinlik berish va yuborish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |