Etika alifbosi: amal qilinishi shart bo`lgan qoidalar
Ba`zi insonlarga bir qarashda, ikki og`iz suhbatning o`zida mahliyo bo`lib qolasiz. Ayrimlar esa ilk tanishuvdayoq hafsalangizni pir qiladi. Bunga sabab nima? Axir siz hali u haqda to`liq ma`lumotga ega emassiz-ku! Mutaxassislarning ta`kidlashicha, insonning o`zini tuta bilishi, ya`ni odob-axloq qoidalariga amal qilishi munosabatlarda muhim rol o`ynarkan. Demak, har doim hamma joyda barchada yaxshi taassurot uyg`otish uchun ularga amal qilishimiz shart!
Avtobusda yoshlar qariyalarga, erkaklar ayollarga, ayollar esa keksalarga, homilador va yosh bolalilarga joy berishlari shart. Yana jamoat transportlarida ovozingizni baralla qo`yib telefonda so`zlashish yoki hamrohingiz bilan nimanidir muhokama qilish o`rinli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |