54-
55-
56-
57-
58. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga oid ta’riflardan quyidagilarni
keltiramiz:
a) salohiyat yashirin holda mavjud va zaruriy imkoniyatlar majmui;
b) salohiyat – qobiliyatlar majmui;
c) salohiyat – resurslar majmui.
Mazkur ta’riflardan eng ko‘p qo‘llanadigani «resurslar»ga oiddir.
Ushbu mavzudagi «salohiyat» tushunchasini ta’riflashda biz ana shu
yondashuvga asoslanamiz.
Mamlakatning iqtisodiy salohiyati – mamlakatda mavjud resurslarning,
mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning eng ko‘p darajada
zarur bo‘lgan hajmini ta’minlashga qodirligidir.
Iqtisodiy salohiyat tarkibini ta’riflashda (aniqlashda) ikkita metodologik
yondashuv taklif etiladi:
a) milliy iqtisodiyot ega bo‘lgan resurslarni baholash;
b) xo‘jalik oborotiga jalb etilayotgan barcha resurslarni qo‘llash
jarayonida ehtimol tutilgan iqtisodiy natijani aniqlash.
Mamlakat iqtisodiy salohiyatining tarkibi quyidagi jihatlarga ko‘ra
tahlil qilinadi:
_ uning natural-moddiy tarkibi, ya’ni resurslar to‘plami, iqtisodiy
salohiyatni aniqlash va dinamikasi tomonidan;
_ iqtisodiy salohiyatning real holati hamda rivojlanish va qo‘llanish
istiqbollari nuqtai nazaridan, ya’ni bunda gap iqtisodiy salohiyatning
statik va kinetik xususiyatlari haqida boradi;
_ iqtisodiy salohiyatni boshqarishning tashkiliy shakllari nuqtai
nazaridan, ya’ni uning sohalari (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish),
iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalar tomonidan;
_ ham milliy hududda, ham boshqa mamlakatlar hududida joylashtirilgan
va amal qilayotgan iqtisodiy salohiyat elementlari tomonidan,
ya’ni bu jihat ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarning asosiy
qismi nafaqat davlat hududida, balki xorijiy davlatlar hududida ham
joylashgan holatni inobatga oladi. Bu vaziyat odatda omilli (faktorli)
daromadlarni aniqlashda hisobga olinadi;
_ mamlakat qonunchiligida nazarda tutilgan xo‘jalik yuritishning
alohida tashkiliy-huquqiy shakllarining mamlakatda xo‘jalik yuritishning
yakuniy natijalariga qo‘shadigan hissasi nuqtai nazaridan, ya’ni bunda
108
gap mulkning davlat, xususiy, aralash, xorijiy va boshqa shakllarini
shakllantirish va foydalanishdagi hissasi haqida boradi. Ushbu mulk
shakllariga xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari (AJ, har xil
shirkatlar, uyushmalar, xoldinglar va h.k.) kiradi.
Iqtisodiyotning milliyligi uni boshqalar uchun yopiqligini bildirmaydi,
aksincha, u ochiq bo‘ladi, tashqi dunyo bilan o‘zaro manfaatli
aloqaga kirishadi. Biroq milliy iqtisodiyot asosan o‘z resurslariga
tayanadi. Milliy iqtisodiyot ochiqligi xavfsizlik choralarini ko‘rishni
taqozo etadi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bo‘lar ekan, bu
iqtisodiyotning yaxlitligini bildiradi.
Iqtisodiy salohiyatning hajmi, tuzilishi va dinamikasiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar qatorida quyidagilarni ajratish mumkin:
_ mavjud iqtisodiy resurslar hajmi hamda ulardan foydalanish
imkoniyati;
_ mamlakat erishgan hamda iqtisodiyot texnik bazasining sifati va
unumdorligini ifodalaydigan fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish
darajasi;
_ mamlakat fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida to‘plagan
salohiyat, mamlakat mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi xodimlarning
kasbiy-malakaviy darajasi.
Mazkur omillarning iqtisodiy salohiyat tarkibidagi kompleks
aloqadorligi salohiyatlarning mehnat, tabiiy-resursli, ilmiy-texnikaviy,
ishlab chiqarish va boshqalardan iborat butun boshli tizimi shakllanishiga
olib keladi. Ulardan har biri rivojlanishning o‘ziga xos tamoyil va
qonuniyatlariga ega.
Iqtisodiy salohiyatning quyidagi turlari ajratiladi:
1. Tabiiy-resursli salohiyat (tabiiy tizimlarning o‘ziga zarar
yetkazmagan holda odamlarning ushbu tipdagi xo‘jalik doirasida
mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlash qobiliyati).
Tabiiy resurslar milliy boylikning asosiy qismini tashkil qiladi.
Tabiiy resurslarning quyidagi turlari ajratiladi.
Mineral resurslar:
_ yonilg‘i-energetika resurslari (neft, gaz, ko‘mir va boshqalar);
_ metallsimon foydali qazilmalar (temir, mis, qo‘rg‘oshin, aluminiy,
qalay va boshqalar);
_ metall bo‘lmagan foydali qazilmalar (tuz, shpat, kaliy tuzlari,
asbest, grafit va boshqalar);
_ tabiiy qurilish materiallari va ishlab chiqarish uchun yaroqli xom
ashyo (qurilish toshlari, qum-shag‘al material va boshqalar).
109
Tuproq resurslari:
_ qishloq xo‘jalik ekinlari (haydaladigan, ozuqa beruvchi ekinlar,
chorva mollari boqiladigan yaylovlar va boshqalar).
O‘simlik resurslari:
_ o‘rmon o‘simlik resurslari (chinor, yong‘oq, bodom, terak,
qarag‘ay, archa, tol va boshqalar);
_ pichanzorlar va yaylovlardagi o‘simlik resurslari (yaylovlar,
ekilgan o‘tzorlar, baland tog‘ va adir yaylovlari hamda boshqalar);
_ dorivor o‘simliklar (na’matak, dala qirqbo‘g‘ini, ittikanak, qumda
o‘suvchi bo‘znoch, marvaridgul va boshqalar);
_ texnik o‘simliklar resurslari (yalpiz, shuvoq (ermon), bo‘yimodaron
va boshqalar);
Hayvonot dunyosi resurslari:
_ yovvoyi hayvonlar (ayiq, bo‘ri, tulki, mo‘ynali hayvonlar, sayg‘oq
va boshqalar);
_ parrandalar (karqur, kaklik, g‘oz, o‘rdak, bedana va boshqalar);
_ ovlanadigan baliq (mintay, treska, sazan, marinka, kilka, ilonbaliq
va boshqalar).
Suv resurslari:
_ yer yuzidagi suv maydonlari (ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar);
_ yer osti va sizot suv omborlari.
Resurslarning boshqa turlari:
_ iqlimiy;
_ gidroenergetika zaxiralari.
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2007-yil 6-noyabrda
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik
Do'stlaringiz bilan baham: |