Эҳтиёж нима? Унинг қандай турлари мавжуд? Эҳтиёжлар бўйича Маслоу пирамидасини тушунтири беринг



Download 342,67 Kb.
bet46/68
Sana10.02.2022
Hajmi342,67 Kb.
#439381
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
Bog'liq
Iqt. 1-100 (1)

Moddiy shart-sharoit belgilari – bu yaratilgan mahsulot va xizmatlarning qanday bo‘lishi, ya’ni ularning natural mahsulot yoki Tovar mahsuloti bo‘lishi, ularning tarkibiy tuzilishining qandayligi, moddiy
shakldagi yoki nomoddiy xizmat shaklida bo‘lishidan iboratdir. Tizimlar belgilarini aniqlashda ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy insoniy omilining sifatli tavsiflari ham ahamiyatlidir (resurslar, kapital, ish kuchi malakasi va ma’naviyati, kasbiy mahorat, texnologiya, innovatsiya va h.k.). Barcha tizimlar mehnat taqsimotiga asoslanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar tafsilotida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni ham muhim mezon rolini o‘taydi. Tizimlar iqtisodiyotni boshqarish usullari bilan ham tavsiflanadi. Bir yerda boshqarishning iqtisodiy zo‘rlash mexanizmi bo‘lsa, boshqa yerda guruhiy manfaatga intilish yoki individual manfaatlarni yuzaga chiqarish, ya’ni iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmi amal qiladi, yana boshqa yerda mehnatga siyosiy-g‘oyaviy undash, moddiy emas, balki ma’naviy-ruhiy rag‘batlarga urg‘u beriladi.
Tizim deganda uning tarkibida noiqtisodiy munosabatlarni, xususan, mafkuraviy munosabatlarni ham hisobga olish zarurki, ular siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa shakllarga ega bo‘ladi. Ammo ularning har birida iqtisodiyotning muhri bor. Turli tizimning o‘z iqtisodiyotiga mos ravishda o‘z dunyoqarashi mavjud bo‘ladi. G‘oyasiz odam bo‘lmaydi, u ma’lum g‘oyaga rioya qilib ish tutadi. Demak, mafkurasiz tizim bo‘lmaydi. Bir tizimda mustabidlik va zo‘rlik g‘oyasi bo‘lsa,
boshqasida erkinlik va demokratiya, yana boshqasida davlatga tobelik va itoatkorlik g‘oyasi ustuvor bo‘ladi. Mashhur ingliz iqtisodchisi M. Keyns aytganidek, dunyoni iqtisodchilar va siyosatchilar g‘oyasi boshqarib turadi. G‘oya e’tiqodning o‘zi bilan cheklanmay, ma’lum xattiharakatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy siyosat ham tizimga kiradi. Bu iqtisodiy sohadagi yo‘l-yo‘riq va chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, ma’lum maqsadni ko‘zlaydi. Ular iqtisodiyotga ta’sir etish vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy siyosatni davlat yoki ayrim mulk sohiblari yuritadilar. Bundan umumdavlat manfaati, individual yoki guruhiy manfaat ko‘zlanadi. Demak, tizimlarning qiyofasini bir qator belgilar shakllantiradiki, bular moddiy-ashyoviy, shaxsiy-insoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-g‘oyaviy belgilardir. Bulardan eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy belgilardir. Ammo boshqa belgilarni ham nazardan qochirib bo‘lmaydi, chunki ular ham iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shu sababli tizimlar asosida iqtisodiyot yotsa-da, ularni sof iqtisodiy holda emas, balki boshqa belgilar bilan ham tavsiflash zarur.
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim baholanganda moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g‘oyaviy-siyosiy belgilar asos qilib olinadi. Bularga resurslar va yaratilgan mahsulotlarning xarakteri, mulkchilik shakllari, iqtisodiy mexanizmning qandayligi, qanday g‘oyalar va siyosatning ustuvorligi kabilar kiradi.
2. Jamiyat taraqqiyotida uchta ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, bular an’anaviy tizim, bozor tizimi va rejali tizimdir. Bular o‘zining tub belgilari bilan bir-biridan farqlanadi. Hozirgi dunyoda bozor tizimi umumbashariy tizim hisoblanadi.
3. Tizimlar taraqqiyoti ikki xil kechadi. Birinchidan, rivojlanish salohiyatini tugallatgan tizim yangi istiqbolli, salohiyati yuksak tizim bilan almashadi. Ikkinchidan, mavjud, o‘z salohiyatini saqlagan tizimda yangi iqtisodiyot tomon transformatsiya yuz beradi. Hozir bu bozor iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarda aralash iqtisodiyot sari transformatsiyasidir.
4. Bozor iqtisodiyotining afzalligi tufayli unga o‘tish zaruratga aylanadi. Bunday o‘tish uch yo‘l bilan yuz beradi: a) klassik yo‘l; b) mustamlaka iqtisodiyotidan milliy bozor iqtisodiyotiga o‘tish; c) rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish. Hozir uchinchi yo‘l amal qiladi, bu eng keyingi yo‘l
bo‘lib, mohiyatan ilgari rivojlanishi zo‘rlik (revolutsiya) yo‘li bilan to‘xtatib qo‘yilgan bozor iqtisodiyotiga yangidan qaytish yo‘lidir. Bu yo‘ldan borilganda davlatning faol ishtirokida o‘tkaziladigan bozor islohotlari tufayli rejali tizim o‘rniga bozor tizimi keladi. O‘zbekistonning bozor tizimiga o‘tishi
uchinchi yo‘l doirasida, lekin «O‘zbek modeli»ga binoan yuz beradi.
5. Rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotining ichki rivojlanishi yuz berib, u o‘z taraqqiyotining yangi – aralash iqtisodiyot bosqichiga chiqishi bilan tavsiflanadi. Aralash iqtisodiyot yangi iqtisodiyot bo‘lib, XIX asrdagi klassik bozor iqtisodiyotidan jiddiy farqlanadi.
6. Ishlab chiqarish munosabatlari tizimning moddiy tomonini ifodalaydi. Tizim deganda uning tarkibida nomoddiy munosabatlarni, xususan, mafkuraviy munosabatlarni ham ko‘rish kerakki, ular siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa shakllarga ega bo‘ladi. Ammo, ularning har birida
iqtisodiyotning muhri bor. Turli tizimning o‘z iqtisodiyotiga mos ravishda o‘z
dunyoqarashi mavjud bo‘ladi. Bozor tizimga xos g‘oya – bu erkinlik va
demokratiya g‘oyasidir. Totalitar iqtisodiyot tizimida tobelik va itoatkorlik
g‘oyasi birlamchi bo‘lgan.
7. Tizimlar baholanganda moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g‘oyaviy shartsharoit
birgalikda qaralishi inobatga olinishi kerak. Moddiy shart-sharoit
belgilari bu yaratilgan mahsulot va xizmatlarning qanday bo‘lishi, ya’ni
ularning natural mahsulot yoki tovar mahsulot bo‘lishi, ularning tarkibiy
tuzilishining qandayligi, moddiy shakldagi yoki nomoddiy xizmat shaklida
bo‘lishidan iboratdir.
8. Tizimlar belgilarini aniqlashda ishlab chiqarish shaxsiy insoniy
omilining sifatli tavsiflari ham ahamiyatlidir. Tizimlar qanday ish kuchining
qo‘llanishi bilan ham ajralib turadi.
57
9. Tizimlar tafsilotida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni ham
muhim mezon rolini o‘taydi. Buni eng avval mulkchilik belgilab beradi. Shu
bois, davlatimiz rahbari Islom Karimov mustaqillikning ilk yillaridanoq mulk
masalasini hal etish milliy, iqtisodiy, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash sharti
ekanligini alohida qayd etib keldi.
10. Mamlakatimizda ko‘p ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat, korporativ
va xususiy mulkning tengligi, ayni paytda xususiy mulkning ustuvorligi aniq
belgilab qo‘yilgan davlatimizning siyosiy va iqtisodiy tizimini, biz barpo
etayotgan jamiyatning ma’no-mazmunini aniq va ravshan ko‘rsatib beradi.
11. O‘zbekistonning iqtisodiy ustuvorlik g‘oyasida mulk va mulkdorlar
masalasini yechishda umume’tirof etilgan tamoyillar bilan birga, o‘zimizga
xos milliy xususiyat va hayot tarzi inobatga olingan. Aynan shunday
yondashuv va olib borayotgan siyosatimiz bugungi murakkab sharoitlarda
mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlashda, iqtisodiyotimizning
ishonchli poydevori va tez sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashda
mustahkam omil bo‘lmoqda.
12. Dunyodagi ko‘pgina taraqqiy topgan, bugungi kunda barqaror va
badavlat yashab kelayotgan davlatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, avvalo
o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan shaxs va bunday shaxslardan iborat
bo‘lgan toifa, bu boylikni yanada ko‘paytirishga, o‘zini va oilasini boqishga,
shu bilan birga, davlat va jamiyat zimmasida bo‘lgan ko‘pgina vazifalarni
amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shadi. Va eng muhimi, o‘z yurtida tinchlik
va osoyishtalikni saqlash va himoyalashga astoydil jon kuydiradi.
13. Ko‘pchilikni tashkil etgan va bunday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan
toifa – ijtimoiy qatlamlarning o‘rta sinfi deb nom olgani. O‘zbekiston tanlagan
va bugun amalga oshirayotgan taraqqiyot yo‘lida ana shu o‘rta sinf, tobora
kuchga kirayotganligini ijtimoiy hayotimiz isbotlamoqda.
14. O‘zbekiston tanlagan model, chuqur o‘ylangan va izchil amalga
oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarning ustuvor
yo‘nalishlari yurtimizdagi iqtisodiy, siyosiy tizim, fuqarolik jamiyati, milliy
iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishi, aholining hayot darajasi
izchil oshib borishi uchun mustahkam va ishonchli poydevor yaratdi.



Download 342,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish