43Ялпи талаб нима? Ялпи талаб ҳажмига қайси омиллар таъсир қилади?
Javob; Yalpi talab- bu barcha istemolchilar,ya`ni aholi,korxonalar va davlat narxlarning mavjud darajasida sotib olishi mumkin bo`lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo`lgan talabning umumiy xajmiga yoki milliy iqtisodiyotdagi real daromadlari xajmini bildiradi.
1.Yalpi talabga avvalo, narx ta’sir o`tkazadi. Narx qanchalik past bo`lsa, istemolchilar milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tovar,hizmatlarning shunchalik katta qismini,aksincha narx qanchalik past bo`lsa shunchalik oz qismini sotib oladi. 2. Istemolchilik sarfidagi o`zgarishlar. Narxga bog’liq bo`lmagan holda istemolchilarning farovonligi,istemolchilarning kutishi,istemolchilarning qarzlari va soliqlarning o`zgarishi hisobiga yalpi talabga ta`sir o`tkaziladi. Istemolchilarning farovonligi- bu istemolchilarga tegishli bo`lgan aktsiya,obligatsiya,uy va yerning real qiymatining kamayishi oqibatida istemolchilar moliyaviy zarar koradilar. Buni qoplash uchun sarflarni qisqartiradi.Natijada yalpi talab kamayadi. Yoki aksincha bo`lsa, aktsiya,obligatsiya,uy va yerning real qiymatining ortishi yuz bersa istemolchilar xarid quvvatini oshiradilar. Bu esa yalpi talabni oshiradi.
Istemolchilarning kutishi- bu kelajakdagi narx-navo bilan bog`liq bo`ladigan o`zgarishlarni oldindan prognoz ya`ni tahlil qilish,bashorat qilish orqali yuzaga keladi. Bunda istemolchilar yaqin kelajakda narxni ortib ketishidan oldin xaridni kuchaytiradi. Bu esa yalpi talabni oshiradi va iqtisodiyotda inflatsiya sodir bo`lishi mumkin. Aksincha, yaqin kelajakda narxlarning tushib ketishi aniqlansa,bashorat qilinsa istemolchilar xarid qilish jarayonini pasaytiradilar va yalpi talabning kamayishi yuz beradi. Iqtisodiyotda deflatsiya hodisasi yuz beradi.
Soliq- soliqlar ortsa,asosan daromad soliqlari ortsa xarid quvvati pasayadi, soliqlar kamaysa xarid quvvati ortadi. Natijada yalpi talab kamayadi,yoki ortadi.
Istemolchi qarzlari- istemolchilar qarzlari ko`p bo`lganda ular qarzlaridan qutulish uchun xarid jarayonini kamaytiradi. Qarzdorligi bo`lmasa ular xaridni bemalol oshira oladi. Natijada yalpi talab kamayadi,yoki ortadi.
3.Investitsion sarflar. Ishlab chiqarish vositalarini xarid qilinishi. Bunda korxona yangi texnologiya vositalarini xarid qilishi yoki xarid qilmasligi oqibatida alpi talabga ta`sir o`tkazadi.
4.Davlat sarflari. Bunga misol qilib davlatning milliy armiyani tuzish jarayonini olsak boladi. Yani davlat shu orqali yalpi talabga tasir otkazadi.
5.Valyuta kursining o`zgarishi. Asosan chetdan kirib kelgan tavarlarning narxlari valyuta kursi bilan chanbarchas bog`liq boladi. Tasavvur qilaylik chetdan kirib keladigan tovarning real narxi qo`shimcha qiymatlar bilan birgalikda 80 000 so`mni ( 10$ ) deb baholasak, dollarning narxini ortishi bilan endi u tavarning real narxi qoshimcha qiymatlar bilan 90000 so`m (10$) deb baholanishi mumkin. Bu esa albatta yalpi talabga salbi tasir o`tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |