65.Пул эмиссияси нима? Пулни эмиссия қилишдан Марказий банк қандай мақсадларни кўзлайди?
Davlat o 'z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasiga qo'l uradi, ya’ni muomalaga qo'shimcha pul chiqaradi, bu pul davlat buyurtmalari haqini to'lash, budjet tashkilotlarida ish haqi to'lash orqali muomaladagi pulga kelib qo'shiladi va uning miqdorini ko'paytirib yuboradi. Pulning ko'payishiga javoban tovar va xizmatlar ko'payib ulgurmaydi. Ortiqcha pul tovar bilan ta’minlanmaganligidan narx oshadi. Narxlarning ortishi pulning ko'payishi hisobidan bo'lganda inflatsiyada pul fenomeni (hodisasi) yuzaga keladi. Emissiya tufayli inflatsiya yuz berganda inflatsion soliq undiriladi, ya’ni davlat o 'z xarajatlarini qo'shimcha pul chiqarishi hisobidan qoplaydi. Pul ko'payib narx oshadi, aholi puli qadrsizlanadi, davlat esa bundan yutadi.
“O’zR Markaziy banki to’g’.”gi Qonunning 3-moddasiga ko’ra, MBning bosh maqsadi milliy valuta so’mning barqarorligini ta’minlashdan iborat deyilgan. Qonunning 33-moddasiga muvofiq pul emissiyasi bilan mutlaq tarzda MB shug’ullanishi, yangi banknotlar uning tomonidan muomalaga kiritilishi va chiqarib olinishi belgilab qo’yilgan.
66
67
68
69)Pul emissiyasi nima ? Pulni emissiya qilishdan Markaziy bank qanday maqsadlarni ko’zlaydi?
Pul emissiyasi — bu pulning davlat tomonidan Markaziy bank orqali muomalaga chiqarilishidir.
Pul emissiyasi unga boMgan talabni qondirishga qaratiladi. Pulga talabni esa quyidagi omillar yuzaga keltiradi:
1. Tovar va xizmatlarni xarid etish ehtiyoji, buni transaksion,
ya’ni oldi-sotdi bitimlari yuzaga keltiradigan ehtiyoj, deb yuritiladi. Bunda pulga talab oldi-sotdi qilinadigan tovar va xizmatlar miqdori na ularning o‘rtacha bozor narxiga bog‘liq bo'ladi. Narxlar yuqori bo‘lsa, pul ko‘p talab qilinadi, aksincha narx past bo‘lsa, kam pul bilan oldi-sotdini o‘tkazish mumkin. Lekin, pulga talabni sotiladigan tovar va xizmatlar miqdori ham yuzaga keltiradi.
2. Spekulyatsiya qilish ehtiyoji. Bu birjalarda tovarlar va moliyaviy aktivlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat) olib-sotish uchun zarur bo‘lgan pulga talab chaqiradi. Spekulyatsiya, ya’ni olib-sotarlik ishlari (operatsiyalari) qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik pul ko‘p kerak boladi, bordi-yu birja operatsiyalari kam boisa, pul ham kam talab qilinadi.
3. Har ehtimolga qarshi pulni qo‘Ida saqlab turish zarurati.
Iqtisodiyot ishtirokchilari kutilmagan to ‘lov ishlariga duch kelganda
puldan qiynalib qolmaslik uchun unga ega bo‘ladilar. Masalan,
arzon tovar uchrab qolganda, uni xarid etish uchun pul kerak
boladi.
4. Pulning aylanish tezligi. Bu pulni qanday vaqtda qo‘ldan
qo‘lga o‘tib turishini bildiradi. Agar pul tez aylansa, u kam talab
qilinadi va aksincha. Hisob-kitob ishlarini elektron vositalarida va
avtomatik tarzda bajarilishi kam pul bilan ko‘p ishlarni amalga
oshirilishini bildiradi. Agar XX asr boshlarida pulni Londondan
Toshkentga o'tkazib, bu yerdan tovar olish uchun 1 oy vaqt ketgan
bo‘lsa, XXI asr boshlarida bu operatsiyani 10 minutda bajarish
mumkin bo‘lib qoldi. Demak, pul operatsiyalari qanchalik tez bitsa,
pul shunchalik kam talab qilinadi.
Pulga talab tez o‘zgaradi.
Markaziy bank o‘z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasiga qo‘l
uradi, ya’ni muomalaga qo‘shimcha pul chiqaradi, bu pul davlat
buyurtmalari haqini to ‘lash, budjet tashkilotlarida ish haqi to‘lash
orqali muomaladagi pulga kelib qo‘shiladi va uning miqdorini
ko‘paytirib yuboradi. Oldingi misolimizni eslasak muomalada 10
mlrd dollar pul bor edi, davlat 2 mlrd dollarni emissiya qilganidan
pul massasi 12 mlrd dollarni tashkil etdi. Pulning ko‘payishiga
javoban tovar va xizmatlar ko‘payib ulgurmaydi, bizning misolimizda
ular 120 mlrd dollarligicha qoladi. Ortiqcha pul tovar bilan
ta’minlanmaganligidan narx oshadi. Narxlarning ortishi pulning
ko‘payishi hisobidan bo‘lganda inflatsiyada pul fenomeni (hodisasi)
yuzaga keladi. Emissiya tufayli inflatsiya yuz berganda inflatsion
soliq undiriladi, ya’ni davlat o‘z xarajatlarini qo‘shimcha pul
chiqarishi hisobidan qoplaydi. Pul ko‘payib narx oshadi, aholi puli
qadrsizlanadi, davlat esa bundan yutadi. Demak, aholi davlatga
ko‘zga ko‘rinmaydigan soliq toiaydi. Agar odatdagi soliqlarni
kishilar har xil to ‘lashsa, inflatsion soliqni hamma puli borlar bir xil
to ‘laydi. Ularni inflatsiyadan yo‘qotish ular pulidan soliq chegirishga
o ‘xshab ketadi.
2. Ishlab chiqarishning qisqarishi. Bunda pul massasi o ‘zgarmaydi, lekin tovarlar hajmi qisqaradi. Natijada, pulning tovar bilan ta ’minlanishi kamayadi, tovar defitsiti hosil bo‘lib narx oshadi, pul
esa qadrsizlanadi. Yana misolimizni eslasak, ilgari tovarlar 120 mlrd dollarlik bo‘lsa, ishlab chiqarish qisqarganda, ular 110 mlrd dollarga tushib qoladi, pul massasi esa o ‘zgarmaydi, u 12 mlrd bo‘lib, 10
marta oborot qiladi. Natijada 120=120 o‘rniga 110< 120, ya’ni 120> 110 hosil bo‘ladi. Tovarlar yetishmagandan narxlar oshib pul qadrsizlanadi.
3. Resurslar kamyobligidan ularga talab oshib, ularning narxi ko‘tariladi, bu o‘z navbatida xarajatlarni, binobarin narxni oshiradi. Buning natijasida, pul massasi o‘zgarmagan taqdirda ham pulning
qadri pasayadi. Bunday hoi ayniqsa, import qilinadigan xomashyo, materiallar va yoqilg‘i narxlari oshganda yuz beradi. Keyingi paytda (2000—2014-yy.) neft narxining oshib ketishi neft importiga qaram
mamlakatlarda narxning oshishiga sabab bo‘ldi. Resurslarning qimmatlashuvi mahsulotning birligiga ketgan ular sarfming oshishiga olib kelib, tayyor mahsulotlarning qimmatlashuviga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |