Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari Estetikaning asosiy kategoriyalari



Download 77,01 Kb.
bet9/11
Sana13.06.2022
Hajmi77,01 Kb.
#663504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8. ЭСТЕТИКА 8 maruza

Fojialilik va kulgililik. YOlg‘iz insonga xos his-tuyg‘u. Faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonida namoyon bo‘ladi. Ular bir-biriga zid tushunchalar, ayni paytda ular bir-birining mag‘ziga singib, birinchisi ikkinchisiga o‘tib turadi. Xalq iborasida: «fojialilikda kulgililikkacha masofa bir qadamdir» deyiladi. SHekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar, shu qadar chirmashib ketganki, ularni birini ikkinchisisiz anglash qiyindir.
Fojialikda noqonuniy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari: hayot va o‘lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon bo‘ladi. M.SHayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek» asarlari fojiaviy asarlardir.
Arastu: fojiali his-tuyg‘u murakkab tarkibga ega bo‘lib, u achinish, qo‘rquv va shodlikning o‘ziga xos qorishmasidan iborat. Bu erda qahramon azob-uqubatlariga achinish uning mudhish taqdiridan qo‘rquv, ruhiy poklanishidan shodlanish ko‘zda tutiladi. Agar shunday holat (poklanish) sodir bo‘lmasa, tomoshabin dilxasta bo‘lib chiqib ketsa, demak poklanish amalga oshmagan bo‘ladi.
..Halokat bilan tugallansa ham, bari-bir qayg‘u va tushkunlik emas, balki yashash va kurash istagi, bu kurashda o‘zining halok bo‘lishini bilib turgan insonning mag‘rur qiyofasi gavdalanadi.
Inson ulug‘vorligini tarannum etish hammadan ham ko‘proq va yorqinroq san’at fojia turida o‘z ifodasini topadi.
Kulgililik. Arastu kulgulilikni xunuklik va go‘zallik o‘rtasidagi ziddiyat ifodasi desa, Kant : - kutilayotgan voqeaning ahamiyatliligi va natijaning arzimasligi deb ta’kidlaydi. Gegel: - mohiyati jihatidan pastkash, soxta, ahamiyatsiz va shakli jihatining ahamiyatli jarayonini kulgulilik desa, Bergson: - bexosdan sodir bo‘lgan va jonli muloqot natijasini kulgu deb ataydi.
SHarq va G‘arb mutafakkirlari kulgulilikni xunuklik bilan bog‘lab mushohada qilishadi. Xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da’vo qilishi va o‘zini go‘zallik o‘rniga qo‘yishga harakat qilishi kulgililikdir deb ta’kidlanadi. Kulgililikning ichki tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir.
Hazil tuyg‘usi insonni hayvondan ajratib turadigan eng muhim xislatlrdan biridir. Hazil tuyg‘usi murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi. Unda insonning his-tuyg‘u va aql madaniyati, orzu-umidlari namoyish etiladi.
Kulgining turli sabablari bo‘lishi mumkin: to‘yimli va mazali ovqatlanishdan keyin rohatlanib kuladigan odamlar bo‘lishi mumkin. Bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik - jismoniy idrok etish ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.
Kulgi va qo‘rquv bir-biriga qarama-qarshi tushunchalardir. Inson yaramas va xunuk hodisalar ustidan kulishiga o‘rgana bilsa, u qo‘rquv hissini tark etadi va nomatlub illatlardan forig‘ bo‘ladi. Eng qadim davrlarda ham xalqning o‘tkir so‘zli hozirjavob, zukko vakillari vositasida kulgi quroli bilan ijtimoiy illatlarga qarshi kurashgan kamchilik va illatlar ustidan kulganlar. Masalan: Askiya.
Kulgi o‘z xususiyatiga ko‘ra demokratik mazmunga ega. CHunki u barcha odamlarni bir-biriga qovushtiradi. Ular kulgi vositasida o‘zaro tenglashadilar. Kulgi noinsonning noaxloqiy illatlar bilan kurashning omilkor vositasi. Kulgi noinsonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi rang-barang va xilma-xil qirralarga ega. Mayin rag‘batlantiruvchi, xushfe’l, hazil-mutoyiba hissiyotidan tortib, to ayovsiz, achchiq istehzo hissiyoti darajasigacha ham etib boradi.

Download 77,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish