Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga
borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi
sifatida ham tabiiy–biologik, ham ijtimoiy–ma’naviy mohiyatga ega; «go‘zal nafs», nafosatga
tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik
uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik muhokama, estetik baho, estetik did va
estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir shaxsdagi madaniyatlilik darajasi,
ma’naviy salohiyati uning estetik ehtiyoji doirasi bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |