Estetik anglash va uning tuzilmasi. Estetik anglash inson ruhiyatida o‘ziga xos, chuqur ijobiy
ruhiy o‘zgarishlarni vujudga keltiradigan estetik holat. U estetik faoliyatining boshlanishidan
avval insonni unga tayyorlovchi hodisa sifatida muhim: usiz estetik faoliyatning ro‘y berishi
mumkin emas. Estetik anglashning murakkab hodisa ekani unda estetik ehtiyoj, turli hislar va
ma’naviy andozalarning har bir shaxs uchun alohida ruhiy evrilish tarzida namoyon bo‘lishi
bilan bog‘liq; bu evrilish kuchli va asosan his–hayajon, ehtirosli kechinmalar asosida vujudga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |