“estetika fani predmeti va vazifalari”



Download 88 Kb.
bet6/7
Sana04.08.2021
Hajmi88 Kb.
#138416
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Estetika fani predmeti va vazifalari

Birinchidan, - ijtimoiy voqea va hodisalar, hamda jarayonlarning uslubiy asosiy hisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy nazariy asosi bo’lib xizmat qiladi.

Ikkinchdan, - sotsiologiya ijtimoiy voqea hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalar (siyosat, davlatlar, millatlar, san'at turlari va ko’rinishlari)ning qаmrab olgan holda estetik va badiiy ijod jarayonlarining ayrim jabhalari bilan uzviy bog’liqlikdan namoyon bo’ladi.

Uchinchidan, - аniq sotsiologik tadqiqotlar оrqаli olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini oladi.

Milliy estetik tarbiyani rivojlantirish - jamiyat ma'naviy taraqqiyotining ustuvor vazifalaridan biridir.

Ma'lumki, prezidentimiz l.A.Karimovning «Milliy mafkura» haqidagi ma'ruzasida milliy g’oya va milliy mafkura haqida gapirar ekanlar, bu estetika, san'at sohasiga, estetik tarbiyaga ham tegishlidir.

Chunki, milliy estetik tarbiyaning rivojlanish darajasi nafaqat biror xalqning san'atdagi holat va yutuqlar bilan, balki turmush, muloqot, an'analar, urf-odatlarda estetik unsurlar o’ynaydigan rol bilan ham harakterlanadi. Xalqning estetik tarbiyasini rivojlantirish va takomillashtirish jamiyat ma'naviy taraqqiyotining ustuvor vazifalaridan biridir. Ushbu vazifani hal etishda estetik madaniyatning bunyodkorlik imkoniyatini aniqlash va tahlil qilish muhim o’rin tutadi. Estetik tasavvurlarning rivojlanish madaniyatning bunyodkorlk imkoniyatlarini chiqarishga imkon beradi.

Hozirgi estetika fanida bugungi eng muhim muammosi estetik ta'sir ko’rsatish vositalari, xususan dizayn san'ati, mе'morchilik va hokazolar vositasida shaxs madaniyatini shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonini chuqur o’rganishdir, deb ta'kidlanadi.

Estetik tarbiyaning muvaffaqiyati ko’p jihatdan har bir insonning, san'atning hayot, mehnatdagi rol va ahamiyatini tushunishga bog’liqdir.

Estetika kishining estetik ruhda tarbiyalash uchun sog’lom estetik tuyg’uni shakllantirish to’g’ri ko’rsatib beradi. Estetika fanning prinsiplariga asoslanib hodisalar to’g’risida muhokama yuritish ularga to’g’ri baho berish, go’zallik bilan xunuklikni va shu kabilarni ajrata bilish lozim. Kishi shaxsni estetik o’stirish mehnat go’zalligini, mardonalik jamoatchilik o’zaro yordam do’stlik singari ijtimoiy munosabatlar go’zalligini сhuqur idrok etish uchun muhim ahamiyatga ega.



Estetik tarbiya - ishlab chiqarish va mehnat madaniyati, munosabat va xulq madaniyati, turmush va dam olish madaniyatini oshirishning zarur shartidir. Hozirgi zamon kishisini tarbiyalashda estetika katta rol o’ynaydi. Chunki estetik tarbiyaning asosiy ma'nosi va vazifasi kishilarda hayot go’zalligi to’g’risida his, tasavvur va fikrlash va takomillashtirish огqаli inson shaxsining rivojlanishi o’sishiga ko’maklashishdan iboratdir. Shuningdek, estetik tarbiya - har bir yosh bugunning olamga, hayotga, adabiyot va san'atga bo’lgan munosabatini o’zgartiribgina qolmay, uning axloqi, xulqi, yurish-turishi, kiyinishiga ham ta'sir ko’rsatadi.

Estetika real voqelikni сhuqurroq bilishga, kishining g’oyaviy va madaniy saviyasini ko’tarishga ularning o’tmish qoldiqlariga qarshi kesnin kurashishga ko’maklashadi. Estetik tarbiya tushunchasi keng ma'noga ega. Uni ozmi ko’pmi san'at asarlari bilan tanishish va ular haqida ma'lum tushunchaga ega bo’lishdan iboratdir, deb cheklangan ma'noda tushunish yaramaydi.

Biz hayotda badiiy asarlarni o’qib turuvchi, kino, teatr va ko’rgazmalarni muntazam ravishda tomosha qilib, badiiy hayot voqealaridan xabardor bo’lib yurgan, ammo haqiqiy estetik madaniyatdan ancha yiroqda qolgan kishilarni ham uchratishimiz mumkin.

Jamiyatimizning ijtimoiy - iqtisodiy , ilmiy - texnikaviy, madaniy va ma'naviy taraqqiyotini isloh qilish davrida estetika o’ziga xos rol o’ynaydi, hozirgi sharoitda bu dastaval voqelik estetikasidir. Jamiyat hayotining hamma sohalarini qayta qurish estetikasidir. Butun mamlakatimiz xalqining, jumladan talaba yoshlar ijodiyotining estetikasidir.

Ilg’or estetika an'analarini ehtiyotkorlik bilan saqlab, ularni mahsuldor hozirgi tamoyillar bilan birlashtirib, biz jamiyatda chuqur insonparvarlik tasavvurlari va baholarini qагог toptirishga imkon yarata olamiz. Shu o’rinda shuni ta'kidlash kегаkki, «Estetika- kelajak estetikasidir» boshqacha qilib aytganda, insonning xulq-atvori, mezoni, insonning munosabatlar mezoni kelajakda go’zallik mezoni bo’lib qoladi.

Zero, go’zallik mukining sultoni Hazrat Alisher Navoiy aytganidek,



«Xub ruxafzo, zisht umr farso, xush xulq nozanin xuri bexisht oyin»,

ya'ni «Go’zal – ko’ngil ochur, xunuk - umrga ziyon etkazar».

Navoiy fikriga qo’shilgan holda , go’zallik dunyoni qutqaradi, deb baralla aytamiz.

Estetika hayot va san'atdagi go’zallikni to’g’ri idrok etish hamda estetik hissiyotlar, fikr mulohazalar va didlarni san'atda va hayotdagi go’zallikni yaratishda qatnashish mahoratini va ehtiyojini tarbiyalash umumtarbiya sistemasining, jamiyatda milliy tarbiyaning ajralmas bir qismidir. Estetika, ya'ni ilm nafosat hurriyat bilan, mustaqil va ilmiy ijod bilan egizak va hamnafasdir.

Darhaqiqat, estetika shunday keng qamrovliki, aytib nihoyasiga yetmaydi kishi. Nafosat tabiiy go’zallikdir, menimcha. Tabiatning eng oliy qismi inson go’zalligi. Undagi har bir jonzot hayratona go’zal: atirgullarning qalbni to’lqinlantiradigan xushbo’y hidi terakning sarv qomati, jayronning ohu ko’zlari ... Go’zallikdan bahra ola biladigan, bu nafislikni seza oladigan, tabiat go’zalligini asrab-avaylaydigan inson ham go’zaldir.

Har millatning o’ziga xos go’zal odatlari, an'analari mavjud . O’zbek xalqining nafosati o’zgacha. Salom alikini deysizmi , borgan joyiga gul ekishi-yu, milliy qadriyatlarga munosabati, bari barisi nafosatdan darakdir. Inson shunda o’zini inson deb, hisoblashi mumkin-ki, qachonki u boshqa birovning ko’ngliga nafisIik kirita olsa.

Chiroyli gullarga ishqimiz tushadi, nafis manzara beixtiyor o’ziga tortadi. Shunda biz beixtiyor o’zimizni yo’qotib, go’zallik nafosat shaydosi bo’lib qolamiz. Muhabbat esa inchunin.

Nazm gulshanining bulbuli Mavlono Muqimiy «Istar Ko’ngil» deb nomlangan bir g’azalida shunday yozadi:

Mutribi xush savtlar tanburini soz aylasa,

Ruhparvar she'r o’qib xirgoyi ovoz aylasa,

Gohi «miskin» mashqiyu, gohi «chapandoz» aylasa,

Gohi g’ijjak, gohi qonun, gohi dutor istar ko’ngil.



Xulosa

Estetika hayot bilan yaqin aloqada bo’lib, yoshlarni estetik ruhda tarbiyalashga san'atni har tomonlama rivojlantirishga, yoshlar dunyoqarashini go’zallik, nafosat hissiyotlari bilan to’ldirishga xizmat qiladi. Chunki ehtiyojlarni estetik jihatdan tarbiyalash jamiyatdagi tub o’zgarishlar va bu o’zgarishlarning ahamiyatini ko’rsatishdan iboratdir.

Prezidentimiz ta'kidlab o’tgan milliy g’oya va milliy mafkura asosida ko’rilgan inson tafakkuri hamda ma'naviyatini tarbiyalash davrimizning asosiy vazifalaridan biridir. Shuning uchun yoshlar estetik bilimlarini chuqur o’rganish va hayotga tadbiq etishlari lozimdir.

Zeroki, estetik jihatdan tarbiya topgan odam o’z atrofida uchragan go’zalliklar, yangiliklar qadriyatlar qadriga yetadi. Bunday kishi hayot inson va mehnat haqida oliyjanob tushunchalarga ega bo’ladi. Estetik tarbiya yoshlar ongini o’stirishga, ijodiy faollikni oshiriga mehnatga go’zallikni qonunlari asosida munosabatda bo’lishga o’rgatadi.

Ma'naviy olami keng yuksak madaniyatli yoshlar jamiyatda fidoyilik ko’rsatdi. Mamlakatimizda estetik tarbiyani hozirgi davr talabalari darajasiga ko’tarish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jamiyatning har bir a'zosi yurtboshimiz I.A.Karimov ko’rsatgan ko’rsatmalariga amal qilishi, jamiyat badiiy madaniyatini yanada yuksaltirishga, estetik talab-ehtiyojlar qadriyat va ma'naviyat merosini yanada rivojlantirmog’i lozimdir.

Hozirgi mustaqillik davrida O’zbekiston yoshlariga shunday ham katta imkoniyatlar yaratilganki, bundan unumli foydalanish kerak. Shu imkoniyatdan unumli , to’g’ri foydalanmoq uchun mening fikrimcha estetik tarbiyaning roli katta bo’lishi kerak. Agar jamiyatning har bir a'zosi estetik tarbiya topgan bo’lsa u yashayotgan, mehnat qilayotgan jamiyat rivojlantirib, ravnaq topib ketadi. Estetik tarbiya bu inson yaratgan tarbiya yaratgan go’zalliklarini tan olishi bu go’zalliklarni yaratishda sarflangan mehnatni tan olish demakdir. Qachonki inson yaratgan go’zallikni tan olsa, bu inson mehnatini tan olish va ulug’lashdir. Shunda insoniylik paydo bo’ladi. Hozirgi, davrda bu narsalarga katta e'tibor berish lozim. Chunki O’zbekiston aholisining 3/2 qismini yoshlar tashkil qiladi, mana shu yoshlarda estetik tarbiyani o’stirish lozim, shu yoshlarda kelajakdagi O’zbekiston ravnaqi rivojlanishi, taraqqiy etishi va taqdiri shu yoshlarning qo’lidadir. Ma'naviyat jihatdan mukammal bo’lgan millatlar kelajagi hamma vaqt рог1оq bo’ladi deb o’ylaymiz.

Prezidentimiz I.A.Karimov aytgan : "O’zbekiston kelajagi buуuk davlat" ga erishishimiz yanada osonroq bo’ladi.
Tayanch tushunchalar.
Estetika, nafosat, dizayn, estetik bilish, texnika estetikasi, estetik tafakkur, foydalilik, tabiatdagi go’zallik, san'atdagi go’zallik, milliy g’oya, milliy tarbiya, estetik tarbiya.


Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish