Estetika: Estetikaning predmeti, maksadi va vazifalari Reja


Go’zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida



Download 59,75 Kb.
bet2/11
Sana02.07.2022
Hajmi59,75 Kb.
#732201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Estetika

Go’zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida

«Go’zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go’zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g’oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog’i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go’zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obyektlaridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go’zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go’zallik nima?» degan savol qo’yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go’zal?» degan javobni ko’ramiz. Shuning uchun ham odatda, go’zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go’zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog’liq bo’lmagan xolda yuzaga keladigan go’zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo’lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o’rinni egallaydi.


Nafosat falsafasi go’zallikni bilishning mahsuli deb biladi. Chunki, voqyelikdagi har qanday narsa-hodisaning go’zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero inson nazari tushgan go’zallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson go’zallik haqidagi dastlabki ma’lumotni 5 ta sezgining eng rivojlangan turi bo’lmish ko’rish sezgisi orqali o’zlashtiradi, undan so’ng eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go’zallik anglanadi hamda xis etiladi. Masalan, harid qilmoqchi bo’lgan kiyimingizni, iste’mol qilmoqchi bo’lgan taomni, turmushingiz uchun zarur bo’ladigan jihozni avvalo ko’rasiz, o’rganasiz, tomosha qilasiz, so’ngra sifatiga, qulayligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz... Yarashmagan kiyimni kiyish naqadar kulgili va hunukligini tasavvur qilish qiyin emas. Shunday ekan, go’zallik xususiyatlarining namoyon bo’lishida sezgilarning alohida ahamiyatga ega ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Shuningdek, go’zallik haqidagi qarashlar taxlili shundan dalolat beradiki, mazkur besh sezgi ham go’zallikni to’laqonli aks ettirish uchun yetarli emas.
Chunonchi, ko’zga ko’rinadigan hamda tafakkurning maxsuli sifatida real voqyelikka aylangan narsalar o’z–o’zicha yuzaga kelmaydi va shakllanmaydi. Ularning asosi hamda shakli va mazmuni muayyan unsur (element)lardan tashkil topadi.
Go’zallikning namoyon bo’lishi, shakllanishi va xis etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o’taydi. Bular - me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg’unlik, hamoxanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va hokazo. Mazkur tushunchalar narsa–hodisalarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etib, undagi go’zallikni namoyon ettiradi. Masalan, bahor faslining go’zalligi tabiatning uyg’onishi, ko’klamning yuz ochishi bilan, qish fasli esa oppoq qor bilan o’ziga xos go’zallikni namoyon etadi. Tabiatning ikkala faslida ham go’zallikning moslik va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi.
Go’zallik sifatlari tug’yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo’jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go’zallikning xususiyatlari esa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg’un bo’lgan narsa–hodisalargina chinakam go’zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning manfaatimiz uchun hamoxang bo’lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo’lmasin go’zallik sifatida baxolanmaydi.
Shu o’rinda go’zallik tushunchasi «chiroyli», «ko’rkam», «nafis», «jozibador», «maftunkor», «latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go’zallik bilan kundalik turmushimizda tez–tez tilga olinadigan «chiroylilik» tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud.

Download 59,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish