Uchinchi bosqich. XIX asrning 2-yarmidan boshlanadi. Uning xarakterli xususiyatlari adabiyotda demokratik oqimning paydo bo’lishi, vaqtli matbuotning vujudga kelishi, kitoblarning nashr etilishi va shularning natijasida esa adabiy til bilan xalq so’zlashuv tilining yaqinlasha borishidir. Demak, o’zbek adabiy tili xalq jonli so’zlashuv tili hisobiga boyib bordi.
Ot yasalishi.
Eski o’zbek tilida asosan quyidagi ikki usul bilan ot yasalgan:
1) morfologik usul (affiksasiya); 2) sintaktik usul (kompozisiya).
Sintaktik usul bilan ot yasalishi hozirgi o’zbek tilidan deyarli farqlanmaydi. Masalan: Karabash (Taf.), shabchirag’ (Nav.~ MK,), almabash.
Ot yasovchi affikslar qaysi so’z turkumidan ot yasashiga ko'ra quyidagi ikki gruppaga bo’linadi:
1) ismdan ot yasovchi affikslar; 2) fe'ldan ot yasovchi affikslar.
Ismdan ot yasovchi affikslar.
Eski o’zbek tilida asosan quyidagi affikslar bilan ismdan ot yasalgan:
-lig’, -lik, -1ug’,-1ug affiksi. Tarkibida (oxirga bo’g’inida)
Ba'zan bu tartib buziladi: Mas.:kuzegulik (Taf.), parulo's (SH.tar.).
Bu affiksning oxirgi undoshi jarangli (g,g’) yoki jarangsiz (q,k) tarzida kelishi tarixan ma'no farqlash bilan bog’liq bo'lgan, ya'ni jarangsiz undoshlar bilan kelgan. Bu hol «Devonu lug’otit turk»da aks etgan. Mahmud Koshg’ariyning o’zi ham bu xodisaga alohida e'tibor berib, XI asr tilida bu affiksning jarangsiz (q,k) undoshlari bilan kelgan variantlari ot yasash uchun, jarangli (g,g’) undoshlari bilan kelgan variantlari sifat yasash uchun xizmat qilganini uqtirgan.
O'zbek tilining X1V-XV asrlarga oid yodgorliklarida bu prinsipga asosan amal qilgan bo’lsa ham, ba'zan uning buzilish hollari ham uchraydi. Masalan: Makkaliqlarga xayr so'ldo'lar (Taf.). Azarlo'g so'lgan turur (Rabg.) makkalo'g, azarlo'g so’zlari ot so’z turkumiga mansub bo'lib, odatda makkalo's, azarlo's formasida bo’lishi kerak edi.
Quyidagi misollarda esa sifat yasovchi -lo'g so’ziga ot yasovchi -lo's qo’shilgan: Mazalo's taamlar yedurur yerdi (Rabg.).
O'zbek tilining XV asr va undan keyingi davrlarga oid yodgorliklarida bu affiksning jarangli yoki jarangsiz variantda qo'llanishi chegaralanmagan. Qiyoslang: Yaxsh esvs (Nav. MQ). Sultan Maxmud bashlo's afganlar (BN). Kasi'm beg bashli'g beglarni yibarildi (BN).
Eski o’zbek tilida bu affiks bilan asosan quyidagi otlar yasalgan:
1. Abstrakt belgini ifodalovchi ot yasaladi, bu ma'no asosan abstrakt tushunchani bildiruvchi otlar yoki asliy sifatlariga qo’shilganda anglashiladi. Masalan: Salamatlo' bolsun sizldrgv (Taf.).
2. Konkret tushunchani bildiruvchi otlarga qo'shilganda, munosabat, aloqadorlik, burch, vazifa kabi ma'nolarni ifodalovchi otlar yasaladi.
Masalan: Bu ne xatunlus bo’lur? (Rabg’.) Far zayadlo' gtaruo'no' salo'bgt tutusuz
3. Shaxs otlari qo’shilganda, kasb, hunar, mansab ma'nosidagi ot yasalgan. Masalan: Musano' soycho'lo'sga tutdo' Mavlana Zulaliy... gazlfurushlus ho'lur (Nav.MN).
Ayrim hollarda bu affikslar bir affiks singari tasavvur qilinadi.
Masalan: Qorqa-men ulfatchilik barham yegey deb ortada (Muq.)-
4. -li'q\lik\li'g’\lig affiksi o’rin bildiruvchi otlarga qo’shilganda, shu o’ringa aloqadorlikni, munosabatni ifodalovchi ot yasaladi. Mas.:Qalg’ani'n makkali'g’larg’a xayr qi'ldi'lar (Taf). –chi-chi affiksi. Bu affiks otga qo’shilib, kasb-hunar ma'nosini ifodalovchi ot yasaydi. Masalan: Ul soycho' anlar birle bardo' (Taf.). Alisher Navoiy -chi'\chi affiksi bilan mansab, hunar ma'nosidagi otlar yasalishi haqda gapirib, quyidagi misollarni keltirgan: mansabni bildiruvchi so’zlar: horcho', suvcho', xazinacho', chavgenchi, nayzacho', shukurcho', yurtcho', sho'lancho', axtacho'; hunarni bildiruvchi so’zlar: sushcho', barscho', horuscho'u tamgacho', jibechi, yorgacho', kemechi, soycho'. Qo’shchilik bo’yicha ishlatiladigan so’zlar: sazcho', suvcho', turnacho', kiyikchh tavushsaicho'
Do'stlaringiz bilan baham: |