Eshto’rayev Chorshanbi



Download 23,04 Kb.
Sana28.01.2020
Hajmi23,04 Kb.
#37866
Bog'liq
Kallamozor tarixi11111

Eshto’rayev Chorshanbi

1937-yil 2-mayda SHerobod tumanidagi Kallamozor qishlog’ida tug’ilgan.1953-yilda qishloqdagi yetti yillik maktabni bitirib, Sherobod tumani markazidagi 1-son o’rta maktabning 8-sinfiga kirib, 1956-yilda 10-sinfni tamomlagan.

1956-yil Termiz davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga kirib, 1961-yilda Qarshi pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan bitirgan.

1961-yil Kallamozor qishlog’idagi (hozirgi 52-son maktabi) 24-son maktabiga director vazifasiga tayinlandi. 1975-yil Yangi turmush qishloq sovetiga raislikka saylandi.

1976-yil avgust oyida Boysun tuman xalq ta’lim bo’limiga mudirlikka tayinlandi.

1987-yil yana qishloqdagi 52-umumiy o’rta ta’lim maktabiga direktorlik vazifasiga tayinlandi. Ish davrida faxriyyorliq, medullar bilan mukofotlandi. Oliy toifali o’qituvchi , xalq maorifi a’lochisi, O’zbekiston Respublikasi o’qituvchilarining III,V,VI qurultoylarining delegati.11 farzandning otasi, 40ga yaqin nevara, chevaralarning bobosi edi.

Eshto’rayev Chorshanbi bobo 2016-yili vafot

etdi.


Kallamozor tarixi

Karim bobo Kallamozor qishlog’I tarixi haqida quyidagi ikki rivoyatni keltiradi . ”Kallamozor tarixi ikkita rivoyatdan iborat: Birinchi rivoyatga ko’ra arablar istillosi vaqtida Kallamozorotada juda kata jang, urush bo’lib o’tadi.Qabriston emas joyi qolmagan. Daryoning ikki tomoni ham o’liklarga to’lib ketadi. Urush vaqti bo’lganligi uchun o’lganlarni ko’mishga vaqt topolmay ulug’roq joyga chuqur qazib, kallalarni to’plab chuqurga ko’mishadi. Shundan keyin bu hudud jasadlarning boshlarini to’plab, bir joyga ko’mgandan keyin Kallamozor nomi bilan atala boshlaydi.

Boshqa bir rivoyatga ko’ra Kallamozor qadimda Gallamozor deb atalgan. Lekin ikkinchisining ham mazmuni, kelib chiqishi birinchisi bilan bir xil. Shuning uchun ham “Kallalarning mozori” iborasidan Kallamozor nomi kelib chiqqan.

Ikkinchi rivoyatga ko’ra Kallamozor degan qabristonning boshida Kallamozorota degan ostona bor. Shu ostonaga urush vaqtidan oldin kallasimon toshlardan saroy, qal’a quriladi. Shundan keyin kallasimon toshlarni eslatganligi uchun shu toshlarning nomiga qo’yilgan bo’lishi mumkin.(Balki , budaviylik davri haykaltaroshligiga borib tarqaladi.)

Bazi keksalarning aytishiga ko’ra bu qal’ani qurishning ham ba’zi bir sabablari bo’lgan. Qal’aning ostida (hozirqabristonningosti) saroy , shahar bor deyishadi. Ushbu saroyda kata-katta amaldorlar yashagan. Bu shaharning Hotomtoy degan joyi bor. Hotomtoyga bir qorovul qo’yilgan. Sherobod va Kallamozor oralig’ida Tavkani qo’rg’oni bo’lgan. Tavkani qo’rg’oniga ham qorovul qo’yilgan. Ular shaharni bosqinchilar harakati seziladigan bo’lsa, bir-biriga Tavkani qo’rg’onidan Hotamtoyga ,Hotomtoy esa Kallamozorga xabar bergan. Shunday qilib , qal’dagi, shahardagi xalq xabardor bo’lgan.

Shunday qilib ,Kallamozor juda qadimiy tarixga ega. Chunki juda ajoyib shahar yerostida yotibdi, lekin uni hech kim bilmaydi. Lekin bu ham bir rivoyat. Anig’ini men ham bilmayman deb aytadi Karim bobo.Shunday ikki rivoyatni keltirib o’tadi.



Xalmanbobo aytgan Kallamozor tarixi

Shu qishloqda yashovchi Halman bobo esa o’z bobolaridan eshitgan rivoyatlarga ko’ra Kallamozor tarixi haqida quyidagi rivoyatni keltiradi:

-Bu qishloq juda qadimiy tarixga ega bo’lib, taxminan XIII-XIV asrlarga borib tarqaladi.Ushbu qishloq qal’a shaklidagi devorlar bilan o’ralgan bo’lib , u yerda qal’aga kiruvchi darvozalar ham saqlanib qolgan.Qal’a eshiklari yog’ochdan bo’lgan deb ta’kidlashadi. XIII-XIV asrlarda “qozoq g’ori”-ko’zlari qisiq bo’lgan xalq bostirib keladi.(Bu xalq chingiziylar bo’lsa kerak).Chingizlar bosqini natijasida qishloq aholisi qirib tashlanib, qal’a devorlari vayron qilinadi.Shu qal’aga yaqin qishloq aholisi “ushbu qal’a endi mozor bo’ldi, tirik jon qolmadi “ deb “Kallamozor” deb atay boshlagan.

Bu qadim tarixga ega bo’lib, qal’aga spool quvurlar orqali suv olib kirilgan.Bu quvurlar 3 asr oldin ham bo’lgan.Shu tufayli bu qishloqda hayot qaynagan.

Halman bobo va oldin yashab o’tgan bobolarning aytishiga qaraganda Qal’laimozor deb atalgan. Keyinchalik esa Kallaimozor nomi bilan atala boshlangan.Sababi SSSR davrida “q” harfi ishlatilmaganligi uchun uning o’rnida “k” harfi ishlatilgan. Shundan boshlab Kallaimozor deb atala boshlangan.Keyinchalik tildan tilga o’tib Kallamozor nomi paydo bo’lgan.

Kallamozor qishlog’ida ikkita g’or bo’lib, xalqimiz orasida o’sha g’orda Bobur Mirzoning kitoblar xazinasi yashiringan degan rivoyat bor.Lekin bu g’orga hech kim oxirigacha kira olmagan.Faqat Sodiqxon eshon bobo shu g’orni bir necha oylab kirib chilla saqlagan degan gaplar ham bor).

Halman bobo aytgan rivoyat

Besh qiz rivoyati

Qadimda qizlar kir yuvish uchun buloq yoniga borayotgan bo’ladilar.Yurt notinch bo’ladi.Bosqinchilar o’sha payt bostirib keladi,qizlarni zo’rlab olib ketmoqchi bo’ladi.Shunda beshta qiz bosqinchilar qo’liga tushishdan toshga aylanishni afzal ko’rib, ollohdan so’raydi.Oqibatda ularning duolari ijobat bo’lib, qizlar toshga aylanishadi.

O’sha beshta tosh hali-hanuz Kallamozor qishlog’ida bor.Qo’zi buloqning ustida Beshqiz degan joy bor.

Oqtoshota

Oqtoshota -qabriston, juda ulug’ qabriston.Oqtoshotaning oq toshi bor. Shuning uchun Oqtoshota deyiladi. Oqtoshotaga asosan yosh bolalar ko’milgan, kattalar ko’milmagan. Oqtoshota daryo yoqasida joylashgan bo’lib, irim qilib daryo yoqasiga ko’milgan.Shuning uchun Oqtoshota yosh bolalar qabristoni deyiladi.



Qayimov bobo

Qayimov bobo 1911-yil Hamkon qishlog’ida tug’ilgan.1939-yilda Finlandiya urushida qatnashadi, frontda bo’ladi.Urushdan sog’-omon qaytib keladi..Partiyaning oily maktabini bitirgan.Oblast legtr bo’limi boshlig’i(ya’ni viloyat jurnalistlar bo’limi boshlig’i) bo’lib ishlagan.1958-yilda Tallimaron sovxoziga rais bo’ladi.1960-yilning kuzida, sovxoz tugatilgandan so’ng Kallamozor qishlog’iga ko’chib keladi va 1961-yilda Kallamozor Karl Marks nomli maktabga zovuch bo’lib o’tadi.Tarix , geografiya, jamiyatshunoslik, siyosiy iqtisod fanlaridan o’quvchilarga umrining oxiriga qadar ta’lim –tarbiya beradi.1971-yili yoz oyida kasallanib 60 yoshida vafot etadi.



Maktab tarixi

1935-36-yilda Allanazar Shaymanov to’rt xonadan iborat qurdiradi-da maktab direktori bo’ladi.1942-yil urush boshlanib qolgan so’ng urushga ketadi.Urushdan kelgan so’ng glavniy bulgarteri bo’lib to kolxoz yiriklashtirilguncha (1949-1961- yilgacha) Yangi turmush kolxozi raisi bo’ladi.

Hozirgi maktabning joyi kolxozning idorasi edi.Kolxozlar qo’shilgandan so’ng Allanazar Shaymanov idorani maktab qildiradi.Karl Marks Kuybishev kabi nomlar bilan ham atalgan.Eshto’rayev Chorshami bobo eng birinchi oily pedagog bo’lib kelgan va maktab direktori bo’ldi.

Xat

To’raboyev Alimga

Ushbuning bilan yozib sizga ma’lum qilamizkim, xarbiy biletingiz va pasportingiz bilan biz yuborgan siprapkani olib 18/XI kuni ertalab rayon xarbiy kommissariatida bo’lishga majbursiz.Xomkon qishloq sovetining raisi Temur Turdiyev kotibi Qulmatov.

1941-yil 17-noyabrda yozilgan ushbu qo’lyozma 2011-yil mart oyida qayta kseriyadan chiqarildi.

To’raboyev Alim o’zi haqida

Menkim To’raboyev Alim 1926-yil Sherobod rayon Xomkon qishloq sovetining Qizil buloq qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida tug’ilganman.Otam Qulboboyev To’laboy kambag’al dehqon oilasida tug’ilgan. Doim kishilar eshigida yetim cho’pon bo’lib 27 yil ishlagan.

Menni esa 9 yoshimda otam eski maktabga o’qishga qo’ydi.Bunda esa 14 yoshgacha o’qidim. Ko’p urganidan o’qimay ketdim.14 yoshdan 18 yoshgacha otam kambag’al bo’lganligi uchun Zarabog’ sovetining Qorabog’ qishlog’idagi Boyniyozboy eshigida yetim bo’lib xizmat qildim. 1922-yil , ya’ni 18 yoshimda armiyaga ketdim.1922-yildan 1925-yilgacha armiyada xizmat qildim. 1925-yil sentabr oyida keldim. 1926-yildan 1928-yilgacha Sherobod rayon qishloqlarida bosmachilar bilan kurash uchun Qizil atrat bo’lib ishladim. 1929-yildan Sherobod rayonida qarz shirkatining raisi bo’lib 1930-yilgacha ishladim.1929-1930-yillarda Sherobod rayon o’rta maktabining kechki seminariya kattalar maktabida 4-sinf hajmida unvon oldim. 1930-yil sentabrdan Xomkon sovetidagi 27-son maktabining I,II-sinfiga o’qituvchi bo’lib tayinlandim.

1930-yildan 1937-yilgacha Sherobod rayon o’rta maktabda o’qib 7-sinfni bitirdim.Bunda esa har yili yozgi seminariya bilan tamomladim. 1933-yildan Termiz ped texnikumning har yili o’qish uchun 3 oylik seminariyada qatnashib , 1936-yilda III-kurs 10-sinfni o’qidim. Bu maktabni bitirishga iqtisod tomonim yomon bo’ganligi uchun 10-sinfni tamom qilib qoldim.Hozir ma’lumotim III-kurs( 10-sinfdaman). 1934-yildan Xomkon S/S dagi 28-son maktabida IV-I-sinfiga o’qituvchi mudir bo’lib 1941-yilgacha ishladim. 1941-yil 1-dekabrdan armiyaga ketdim va 1945-yilgacha armiyada boldim. 1945-yil 17-mayda armiyadan qaytib keldim.1945-yil 1-sentabrdan Xomkon qishlog’idagi N28-son maktabiga I-VII sinflarga o’qituvchi va zovuch bo’lib ishladim.1951-yildan Xo’jaulkon sovetidagi N/16-son maktabida ishladim.



Xarakteristika

Berildi ushbu xarakteristikani Sherobod rayon x-ulkan k/sovemidagi N=16-son yeti yillik maktab direksiyasi tomonidan o’qituvchi To’laboyev Alimga . Bu kishi 1930-yildan boshlab o’qituvchilik qilmoqda. O’qitish ishida doimo yaxshi shlab kelayapti. Biror tashkilotdan yoki maktab direksiyasi tomonidan hech biron jazo olgani yo’q.

1945-yildan 1945-yilgacha ulug’ Vatan urushida xizmat qilib, 1945-yildan boshlab yana o’qituvchilik ishini davom ettirdi. Hozir 16-son 7 yillik maktabda o’qituvchilik qilib turibdi.

(Maktab direktori ilmiy bo’lim mudiri Mamamurodov , Shoto’rayev -20.3.55-yil)



Tarjimai hol

Menkim To’laboyev Alim 1891-yilda Sherobod rayon Hamkon qishloq sovetidagi qizil buloq qishlog’ida tug’ilganman.Otamning ijtimoiy ahvoli kishilar eshigida ya’ni yetim cho’ponlik bilan 27 yil ishlagan. Shundan keyin dehqonchilik bilan shug’ullanib ishlab kelgan, doimo kambag’alchilik bilan erta- kech och, yalong’och bo’lib kelgandir. Hozirda 98 yoshda, yashab kelmoqdadir.

Men esa 1891-yilda tug’ilib, 8 yoshimda kishilar eshigida 17 yoshgacha yetim cho’pon bo’lib ishladim. 1922-yilda qizil armiyaga olinib, 1925-yilgacha qizil armiya safida yaxshi ishlab qytib keldim.1925-yildan 1928-yilgacha otamning ixtiyorida dehqonchilik qilib ishladim.1929-yildan boshlab Sherobod rayon qarz shirkatining raisi bo’lib ishladim.1930-yildan buyon Sherobod rayon maorif bo’limining ixtiyorida o’qituvchi bo’lib ishlab kelmoqdaman, to hozirgacha o’qituvchilikdan boshqa ishga o’tganim yo’q.1941-yil 1-dekabrdan boshlab armiyaga ketib, 1945-yil 17-aprelda keldim.Shundan to hozirgacha o’qituvchiman.

Xarakteristika

Berildi ushbu xarakteristikani Sherobod rayon xalq maorifi bo’limi tomonidan o’rtoq To’laboyev Alimga , shul xususidakim, bul mazkur 1891-yilda Sherobod rayon Xomkon qishloq sovetida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti Termiz shahridagi pedogogika texnikumining IV kursini sirtdan 1941-yilda tamomlagan.Ped .staji 18 yil 1930-yildan beri Sherobod rayon Homkon qishloq sovetidagi 28-son boshlang’ich maktabda o’qituvchi ,maktab mudiri bo’lib , uzluksiz ishlab kelmoqda.

O’rtoq To’laboyev o’zining 18 yillik o’qituvchilik davrida xalq maorifini yuksaltirish va rivojlantirish sohasida tinmay ishladi, yosh avlodlarni bilimdon qilishda o’z kuchini ayamadi. O’rtoq To’laboyev tarbiyalab yetishtirgan kadrlar orasida hozir SATUni O’zTUni tamomlaganlardan 5 kishi, ped. texnikumlarda 10-15 kishi o’qimoqda.

O’rtoq To’laboyev 18 yillik pedagogik ish davrida ancha tajribalarga erishdi.Va o’zining boy metodikasi bilan rayondagi o’qituvchilar orasida obro’lidir.

O’rtoq To’laboyev shuning bilan o’z malakasini oshirishda va ayniqsa siyosiy bilimini oshirish ustida tinmay ishlab kelmoqda.

VKPCO tarixi qisqa kursini mustaqil o’rganmoqda. O’rtoq To’laboyev o’zi ish sohasida sudda, tergovda va qamoqda bo’lmagan.

Shuning uchun O’rtoq To’laboyev xalq maorifini yuksaltirishda qilgan xizmatlari uchun SSSR oily sovetining Ustruksiyasiga asosan “Shavkatli mehnat uchun” medali sovrindori.

Xonim bobom aytgan Kallamozor tarixi

Kabatullodan Hazrati Alining oshnosi duldulni minib, Qiziriqda urush bo’lgan. Shu urushda Hazrati Alining oshnasi halok bo’lgan.Duldul qaytib Ka’batulloga borgan. Duldulning ko’zidan yosh oqqanligini ko’zidan yosh oqqanligini ko’rgan Hazrati Ali Qiziriqqa kelgan. Qarasa oshnasining kallasi yo’q tena yotganligini ko’radi.”Oshna ham shunday bo’lama, tenadan jon chiqqanda kelama” degan oshnasi. Urushda halok bo’lganning barchasini olib kelib, Kallamozorga , bir tepalikka ko’mgan. Shundan Kallamozor nomi paydo bo’lgan.

Duldultosh Hazrati Alining otining oxiri ekan.Urushdan qaytib kelib, oti bilan duldultoshda dam olar ekan.Urushda halok bo’lganlarni esa Kallamozorga ko’mar ekan. Shundan Kallamozor nomi kelib chiqqan.

Moqotil degan ruslarning bir zo’ri, polvoni bo’lgan. Uning 99 darvozasi bor ekan. Bir katta tosh bor ekan. “ Agar shu toshni kim maydalasa mening o’limim shu odamning qo’lida “ der ekan.Hazrati Ali o’sha toshni maydalagan ekan.

Maqotil buni eshitib chiqib kelgan. Hazrati Ali unga qilichni bilan unga hamla qilganda , qilich bilan unga hamla qilganda, qilich Hazrati Aliga tegmagan. Navbat Hazati Aliga keladi. Hazrati Ali qilich bilan Moqotil polvonning boshidan teng ikki bo’lakka bo’lgan , qilich kirib ketgan. Sheroboddagi qo’rg’on tagidagi qorayib ko’rinadigan joy Moqotil polvonning qoni to’kilgan joy , hali ham bor deb aytadi Xonim bobom.

Sherobod nomi ham Hazrati Ali davridan bor.Uni obod qilgan shundan Sherobod deb atala boshlangan.



Panji bobo Rasulov Kallamozor tarixi to’g’risida aytgan gaplari

Kallamozor tarixi to’g’risida biror joyda yozma ma’lumotlar yo’q. Hozirgi qabriston o’rnida qal’a bo’lgan. Qal’ada qo’rg’on bo’lib, u yerda kulolchilik mahsulotlari-sopol idishlar tayyorlangan.Uning nomi tarixda Qal’amozor bo’lgan.Tildan tilga o’tib Kallamozor deb atala boshlangan.
Download 23,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish