Eshpo’latov Suxrob O’zbek mumtoz adabiyotimiz va adabiyotshunosligimiz tarixida badiiy san’atlar, asosan, ikki turga ajratiladi: ma’naviy san’atlar va lafziy san’atlar.Ma’naviy san’atlar asosan, mazmun tushunchasiga asoslansa, lafziy san’atlar shakl birliklariga tayanadi. Ma’naviy san’atlar asardagi g’oyalarni yorqin ifodalash, lirik va epik timsollarni hayotiyroq gavdalantirish, ularning ma’naviy qiyofalari, his- tuyg’ularini ta’sirchanrqo aks ettirishga xizmat qiladi. Lafziy san’atlar esa, til va nutq birliklari jihatidan jozibadorlikni, ohangdorlikni ta’minlashga yordam beradi. - O’zbek mumtoz adabiyotimiz va adabiyotshunosligimiz tarixida badiiy san’atlar, asosan, ikki turga ajratiladi: ma’naviy san’atlar va lafziy san’atlar.Ma’naviy san’atlar asosan, mazmun tushunchasiga asoslansa, lafziy san’atlar shakl birliklariga tayanadi. Ma’naviy san’atlar asardagi g’oyalarni yorqin ifodalash, lirik va epik timsollarni hayotiyroq gavdalantirish, ularning ma’naviy qiyofalari, his- tuyg’ularini ta’sirchanrqo aks ettirishga xizmat qiladi. Lafziy san’atlar esa, til va nutq birliklari jihatidan jozibadorlikni, ohangdorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Ma’naviy san’atlar: mubolag’a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orif, tashxis, intoq, talmih, laff va nashr, ruju’, istiora, tansiq as-sifat, muqobala, kinoya, irsoli masal, tazmin, savolu-javob, tavshih, iqtibos, iltifot, muammo - Ma’naviy san’atlar: mubolag’a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orif, tashxis, intoq, talmih, laff va nashr, ruju’, istiora, tansiq as-sifat, muqobala, kinoya, irsoli masal, tazmin, savolu-javob, tavshih, iqtibos, iltifot, muammo
- Lafziy san’atlar: tajnis, iyhom, tanosub, ishtiqoq, tazod, ta’dil, raddul-ajuz, tardu’ aks, jam’, taqsim, tafriq, jamm va taqsim, jamm va tafriq, takrir, muqarrar, kitobat, talmi’, muvozana, tarix, raddi matla’, insho.
MA’NAVIY SAN’ATLAR - MA’NAVIY SAN’ATLAR
- Mubolag’a, tashbih, tamsil san’atlari
- Mubolag’a arab tilida “kattalashtirish”, “kuchaytirish” ma’nosini bildirib,adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo’rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati demakdir. Bu xil masvirda badiiy timsol xususiyatlari yaqqolroq namoyon bo’ladi, үquvchi ko’zi oldida yorqinroq gavdalanadi
Alisher Navoiyning - Alisher Navoiyning
Mehr emas, ohim o’tidin ko’kka yetmish bir sharar, Ayb emastur gar desam: “Dam ursam aflok o’rtanur” baytida oshiqning sevgilisi hajrida chekkan iztiroblari g’oyatda kuchaytirib tasvirlangan: ko’qdagi quyosh oshiq yerda chekkan oh o’tining bir uchquni emish. Bu xil bo’rttirilgan tasvir tufayli oshiq qiyofasi, ichki holati, ichki olami, qalbida mavj urgan ehtiroslari ta’sirchan, jozibali ifodalangan. O’quvchi albatta bu xil tasvirning shartli ekanini his etadi, uning vositasida yoridan ayrilgan inson kechinmalarining eng yuqori darajasini aqlan anglaydi hamda oshiq qalbining iztiroblari haqiqatan ham nihoyat darajada kuchli ekaniga ishonch hosil qiladi. Mubolag’a o’quvchining tasavvur olamiga asoslanadi, timsol holati yoki harakati belgisi ana shu tasavvur olami sig’dirganichalik burttirilishi mumkin. O’quvchining tasavvur doirasiga sig’magan mubolag’a o’z ahamiyatini yo’qotadi. Mubolag’a tablig’, ig’roq, guluvv deb atalgan uch turga bo’linadi. - Mubolag’a o’quvchining tasavvur olamiga asoslanadi, timsol holati yoki harakati belgisi ana shu tasavvur olami sig’dirganichalik burttirilishi mumkin. O’quvchining tasavvur doirasiga sig’magan mubolag’a o’z ahamiyatini yo’qotadi. Mubolag’a tablig’, ig’roq, guluvv deb atalgan uch turga bo’linadi.
LAFZIY SAN’ATLAR LAFZIY SAN’ATLAR Tajnis san’ati - Tajnis (yoki jinos) she’r baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so’zni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’
Lutfiyning Ulkim ko’ngul oldi zulfi xoli, Ko’ngludin emas xayoli xoli - baytidagi qofiyadosh xoli so’zlari shaklan bir xil bo’lsa-da, lekin ikki xil ma’noni ifodalaydi: birinchi misrada mahbuba yuzidagi xolni bildirsa, ikkinchi misrada “xoli emas” iborasidagi ma’noni anglatadi.Ayni vaqtda ikkinchi misradagi “xayoli” va “xoli” so’zlari ham shaklan bir- biriga yaqindir. Bu ikki so’zni arab yozuvida ifodalasak, o’zaro yaqinlik yanada aniqroq ko’zga tashlanadi. “Xayoli” so’zi tarkibidagi “ye” harfini tushirsak, bu so’z “xoli” so’zi bilan bir xilshaklga kiradi. Bunday shaklan bir-biriga yaqin so’zlar ham shakldosh sanalib, ularni bir baytda qo’llash tajnis san’atini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |