Eshniyazova O. T


определена. ISHNING



Download 4,41 Mb.
bet2/23
Sana24.03.2022
Hajmi4,41 Mb.
#508247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
определена.


ISHNING UMUMIY TAVSIFI

O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, xalqimizning
madaniy-ma’naviy hayotida juda katta ijobiy o’zgarishlarning yuzaga kelishiga
sabab bo’ldi.

Prezidentimiz I.A.Karimov “Xalqning milliy madaniyatini va o’ziga
xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning
davlat maqomini izchil va to’liq ro`yobga chiqarish”1 davlat ahamiyatiga molik
ekanligini ta’kidlagan edi.

Binobarin, o’zbek tilining qurilishini mukammal tadqiq etish, uning
o’zbekona tabiatini o’zga tillar tabiatidan ayricha ekanligini ochish va
ko’rsatish ham umummilliy ahamiyatga molik ishdir. O’zbek tilining
rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan mutafakkirlarimizdan biri Alisher Navoiy
bobomiz o’zining asarlari orqali ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va
bo`yoqdorligini anglash tuyg’usini o’zbek xalqining qalbiga singdirdi.

“Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy ong tafakkurining ifodasini, avlodlar

o’rtasidagi ruhiy, ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi”.2

Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ayni vaqtda jamiyatimizda
til madaniyatini oshirish borasida hali ko’p ish qilishimiz lozimligini ham
umutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba’zan rasmiy muloqatlarda ham adabiy til
qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida ishlatiladigan
sheva elementlarini qo’shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning
hali hanuz dolzarb bo’lib qolayotganini ko’rsatadi”.3

Prezidentimizning yuqorida keltirilgan so’zlariga tayangan holda shuni
aytib o’tishimiz lozimki, hozirgi kunda kollejlarda, litsey, maktab, universitet,
institutlarda rasmiy dars jarayonida ba’zan sheva elementlaridan foydalaniladi.

1
2
3

I.A.Karimov “O’zbekiston buyuk kelajak sari”- Toshkent 1999yil , 19-bet.
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyar” nashriyoti. 2008 yil, 83-bet.
I. .A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyar” nashriyoti. 2008 yil, 89-bet.



O’qituvchilar adabiy til me`yorlariga rioya qilmayotganligi sababli, bu masala
dolzarb bo’lib qolayotganini ko’rsatadi.

Zero, bu o’rinda prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirishni joiz deb
bildik: “O’z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta
olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun
tushunish ham, oqlash ham qiyin”.4

Shuni aytib o’tishimiz lozimki, O’zbekistonning mustaqil respublika deb
e’lon qilinishi va keyingi 20 yillik istiqlol davri o’zbek tilining rivojlanishida
katta ahamiyatga ega bo’ldi. Qonun asosida o’zbek tili davlat tili deb e’lon
qilindi. (1989-yil, 21-oktabr) va bu qonunning yangi tahriri (1995-yil, 21-
dekabrda) o’zbek tilining pasayib ketgan mavqeini tiklashga yo’l ochib berdi,
uning ijtimoiy ahamiyatini oshirdi. 1989-yil 21-oktabrda O’zbekistonning
davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Qonun 30 moddadan iborat bo’lib,
o’zbek tilining har bir sohadagi haquqiy ro’lini tiklash vazifasi maqsad qilib
qo’yilgan. 1995-yil 21-oktabrda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
Qonun 24 moddadan iborat bo’lib, unda “O’zbekiston Respublikasining
Davlat tili o’zbek tilidir’’, deb 1-moddasida yozib qo’yilgan. Shu bilan birga
konstitutsiyamizning 4-moddasida ham bu haqida qayd qilindi. Qonunda
barcha rasmiy hujjatlar davlat tilida qabul qilinishi (8- moddada), barcha
davlat va boshqaruv organlarida ishi davlat tilida yuritilishini (9-modda) qayd
etilgan. Qonun o’zbek tilini barcha sohalarida rivojlantirishni ko’zda tutgan
holda boshqa tillarning konstitutsiyaviy huquqlariga monelk qilmasligini ham
kafolatlaydi. (2, 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 24- moddalar ).

Chor Rossiyasining Turkiston o’lkasidagi

general–gubernatori

M. Skobelev ta’kidlashicha: ‘’Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas,
uning madaniyatini, sa’natini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga
uchraydi’’ deb aytgan gapini yurtboshimiz eslatib o’tdi.

4

I.A.Karimov “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent. 2008 yil 9-bet



Shuning uchun ham hozirgi vaqtda Davlat tili haqidagi qonunning juda
ko’p moddalari bo’yicha katta ishlar qilindi. Maktablarning yuqori sinflarida
o`zbek tili fani tiklandi, darslik va qo`llanmalar qayta ko`rib chiqildi, barcha
oliy o’quv yurtlarida o`zbek tili kafedralari ochildi.

Respublika Oliy Kengashining sessiyasida O`zbekistonning davlat tili
to`g`risidagi qonunining qabul qilinishi respublika hayotida muhim tarixiy
voqeadir. Sira mubolag`asiz shuni aytish mumkinki, tilshunos olimlar,
adabiyotshunos va huquqshunoslar, iqtisodchilarning faol va amaliy ishtirokisiz
mazkur qonunning asosiy qoidalarini amalga oshirish juda mushkul bo’lur edi.
Shu munosabat bilan sizlardan qanday yordam kutmoqdamiz?

Avvalo, o`zbek tilshunosligi sofligi va so`z boyligi masalasi bor. Bu
o`rinda gap o`zbek tilining bundan buyongi taraqqiyotiga oid ilmiy yechimlar
haqida bormoqda. Bundan tashqari, ayniqsa, texnika bilan bog`liq ixtisoslar
bo`yicha atama lug’atlari va zamonaviy darsliklar, o’quv qo’llanmalarining
yo`qligi xalq xo`jaligi uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga
muayyan darajada xalal bermoqda.

Biz o`zbek tilini o`qishning eng yangi, samarali metodikasini tayyorlash,
davlat tilini jadal o`rganishning kurslarini ishlab chiqishda tilshunos olimlarning
madadiga ehtiyoj sezib turibmiz. Xalqning ko`p asrlk madaniyatini o`rganish
uchun dastur bo`ladigan eski o`zbek yozuvini o`rganish muammosi ham kun
tartibida turibdi.5

Respublikamizning davlat tilini yanada takomillashtirish uchun quyidagi
muammolarni bartaraf etish lozim: o`zbek tilini o`qitish va o`rgatish ishlarini
takomillashtirish, atamalarni tartibga solish, rasmiy-idoraviy uslubni
takomillashtirish, o`zbek tilining yangi imlo qoidalarini yanada
mukammallashtirish, lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosini

5

I.A.Karimov.”O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.” 2011.

ommaviy tarzda o`rgatish ishlarini mukammallashtirish, toponimik nomlarining,


peshlavhalarda imlo qoidalari asosida yozilishini nazorat qilish lozimdir.
Shunday ekan, bizning bugungi kundagi eng muhim, eng asosiy vazifamiz -
jamiyatimiz a’zolarini, o`sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, barkamol inson
qilib yetishtirish, o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadryatlarini o`rgatish,
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat.

Albatta, buning uchun ham avvalo o’zimiz ona tilini mukammal bilishimiz
lozim.

Hozirgi kunda maktab g’oyaviy e’tiqodi, bilim darajasi, kuchli yoshlarni
yetishtirib tarbiyalashni maqsad qiladi. Yurtimizning ravnaqi, obro’-e’tiborini
jahonga tanitish hozirgi o’sib kelayotgan yoshlar zimmasiga yuklatiladi. Ular esa
baxtli kelajagimizni ta’minlaydi. Kelajak yoshlarning kuchli bilimli, yuksak iqtidori,
o’zining mustaqil fikriga ega bo`lishida maktabning o`rni katta, albatta.
Davlatimiz rahbarining yuqorida keltirilgan fikrlarining tasdig’i va shu
ishlarning davomi sifatida biz ham o’zbek tilida daraja kategoriyasi (boshlang’ich
sinfdagi matnlar asosida) mavzusida bitiruv malakaviy ishini yozishga qo’l urdim.


Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish