Eshilib to'lg'anib ingranadi kuy



Download 81,99 Kb.
bet1/4
Sana19.01.2017
Hajmi81,99 Kb.
#612
  1   2   3   4

Eshilib to'lg'anib ingranadi kuy,

Asrlar g'amini so'ylar "Munojot".



Kuyi shunday bo'lsa, g'amning o'ziga

Qanday chiday olgan ekan odamzod!

Abdulla Oripov
BIR-IKKI SO'Z
Mening bolalik yillarim Farg'ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvaydi, Tolliq, Olqor, Yulg'unzor, Oqqo'rg'on degan qishloqlarida o'tgan. O'ttizinchi yillarning o'rtalarida bolaligimni o'ylaganimda chalakam-chatti tush ko'rganday bo'lgan edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobir bo'lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o'lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib: "Yopiray, bunaqa battol o'g'rini umrimda ko'rgan emasman, ustidan oshirib o'q uzibmanu kiprik qoqmadi-ya!" degan edi. Zehnimda shunga o'xshagan qalqib yurgan xotiralardan tashqari qalqimasdan toshdek cho'kib yotgan xotiralar ham hisobsiz ekanidan uzoq zamon bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar.

Bundan o'ttiz yil burun men u kishining yigirma ikki tomlik to'plamini qo'limdan qo'ymasdan o'qib chiqdim. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go'yo muborak ko'zoynaklari-ni berdilaru: "Mana buni taqib, o'z xalqingning o'tmishiga nazar sol!" dedilar.

Ustodning muborak ko'zoynaklarini taqib xalqimizning o'tmishiga qaradim. Bir tomonda Anton Pavlovichning temir yo'l gaykalarini burab olgan "yovuz niyatli kishi"si, ikkinchi tomonda otqorovul yur desa yurgan, tur desa, turgan, ustidan oshirib o'q uzganida kiprik qoqmagan "battol o'g'ri"— Babar! Bular zamona daraxtida yetishgan olmaning ikki pallasi edi.

Shunday qilib, bolaligimda zehnimga cho'kib qolgan xotiralar uyg'ondi, yuzaga chiqdi, o'sha vaqtdagi xalq xayoti ko'z oldimga keldi. Mana shuning natijasi bo'lib, o'ttizinchi yillarning o'rtalarida g'am-g'ussaga to'la "O'g'ri", "Tomoshabog"', "Be-mor", "Anor", "Millatchilar" vujudga keldi. Bu hikoyalarni keng kitobxonlar ommasi xush qabul qilgan, hanuzgacha qayta-qayta bosilib kelayotgan bo'lsa ham, o'sha vaqtlaridayoq yosh kitobxonning e'tiroziga sabab bo'ldi. Yoshlar hikoyalarda tasvir etilgan voqealarni ortiq darajada mubolag'a deb bilishardi.

Yillar o'tib yangidan-yangi kitobxon avlod yetishgan sayin bu e'tirozlar keskin tus ola bordi: nainki, hokizidan ayrilgan musibatdiyda bir mo'ysafidga hech kim rahm qilmasa, axir amaldorlar ham odamku; nainki, kishi o'z yurtida begona bo'lib, o'z shahrining tomosha bog'iga kirolmasa; nainki, bemor xotinga go'dakning saharlari qiladigan duosidan boshqa davo topilmasa; nainki, sog'-salomat yigit boshqorong'i xotiniga ikkitagina anor olib berolmasa; nainki, ziyoli deb atalgan kishi boyning itidan ham tuban tursa!

Yosh kitobxonlarning ta'nasi xususan so'nggi yillarda dashnomga aylana boshla-di.

1960-yilda o'zbek ayolining o'tmishiga oid "Dahshat" degan bir hikoya yozgan edim. Bu hikoyada sakkizta ayolni Olimbek dodxoning haramiga qamab qo'yganim bir ayolga haqorat bo'lib tushibdi. Imzosiz, adressiz yuborilgan xatda shunday satrlar bor:

"...o'tmishda shundoq bo'lsa, ehtimol, bo'lgandir, lekin o'zbek xotin-qizlari tarixining shunday malomatli sahifalarini hozir, bugungi kunda tiriltirish shartmidi? Siz o'tmishni qalamga olganingizda ba'zan uydirmachilikka berilib ketasiz..."

Mana shunaqa ta'na-dashnomlardan keyin "uydirmachilikka" berilmasdan, o'z ko'zim bilan ko'rganlarimni, kechirganlarimni, o'tmish hayot lavhalaridan esimda qolganlarini qalamga olgim kelib qoldi. Kitobning gazeta va jurnallarda bosilib chiqqan ayrim parchalarini o'qigan bir tanqidchimiz halitdan g'ashlik qilib: "Juda zulmat-ku, kitob o'quvchida juda og'ir taassurot qoldirmasmikan?" deb qoldi. Bu tanqidchi 1930-yilda tug'ilgan, undan keyin tug'ilgan yoshlar, shubhasiz, bu mulohazani keskinroq aytishini ham bilaman. Men kitobni "O'tmishdan lavhalar" deb atamoqchi edim, mayli, shularning ham ko'ngli to'lsin, kitobni "O'tmishdan ertaklar" deb atay qolay.


Download 81,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish