?Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri nima?
+ Bolada o’z xatti-harakat ini kattalar harakat i bilan solishtirish, nusxa olish, unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligi.
?Bolaning o’ziga nisbatan bo’lishi mumkin bo’lgan munosabatni oldindan seza bilish qobiliyati qanday ataladi?
+ Refleksiya.
?Bog’cha yoshidagi bolalar ta’lim - tarbiyasini uyushtirishdagi eng xarakterli xususiyat nima?
+ O’quv mashg’ulotlariga o’yin elementlarini kiritish.
?Qaysi davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi va shaxsiy individual xususiyatlari tarkib topa boshlaydi?
+ Ilk bolalik.
? Bolalar qaysi psixik jarayonlar orqali tevarak-atrofdagi narsalarning shaklini katta - kichikligi va ranglarini bilib oladilar?
+ Sezgi va idrok.
?Go’dak bolalarning ko’rgan narsalarini tanish necha oylik davridan yuzaga keladi?
+ 5-6 oylik davrda.
Do'stlaringiz bilan baham: |