Ёш даврлар психологиясининг предмети, назарий ва амалий вазифалари


Operatsiyalardan oldingi bosqich va aniq operatsiyalar, formal operatsiyalar davri



Download 8,02 Mb.
bet42/189
Sana01.03.2022
Hajmi8,02 Mb.
#476615
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189
Bog'liq
1 маъруза

Operatsiyalardan oldingi bosqich va aniq operatsiyalar, formal operatsiyalar davri. 1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa- bir vaqtning o’zida bir qancha ya`ni biologik, gneseologik, psixologik, mantiqiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo’lgan murakkab tizim sifatida intellektni kompleksli o’zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikriga ko’ra, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariyasining asosiy savollariga ekspermental javob berishni talab qiladi: anglanimaganlikdan bilishga noaniqlikdan aniq bilishga o’tish qanday sodir bo’ladi. Tug`ma g`oyalar mavjudmi yoki bizning bilimimiz butunlay tajribadan olinadimi bilishning asosiy kategoriyalari tushunchalari ob`ekt, makon, vaqt, miqdor va boshqalar qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhitiga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qanday tirik organizm atrof-muhit bilan uyg`un o’zaro munosabatni qo’llab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega bo’ladi. Ya`ni muhitga moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo’lish kuzatiladi. Muhit ta`siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm yana qaytadan muvozanatga moslashishga erishish uchun yo’qotilgan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo’lishi kerak masalan, kesilgan barmoq ya`ni chetdan muhit ta`sirida lat eyish jarohat olish o’zini o’zi nazorat qilish jarayonlarini faollashtiradi ular pirovard natijada turg`unlikni barqarorlikni ya`ni kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak.
J.Piaje tomonidan muvozanatga hususan bilishga intilish rivojlanishning yuqori tamoyili sifatida e`tirof etilgan muvozanat omilni joriy etish harakatda bo’lish jarayoni o’zini o’zi rivojlantirish sifatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi tushunilishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil yo’nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan hosil bo’ladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi yo’nalgan lekin chambarchas bog`liq va xulq-atvordagi bir-birini to’ldiruvchi tendentsiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa bo’ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo’lgan harakat chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo’ladi. Mutolaa qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib olish chizmasidan foydalanib har xil ob`ektlarni olish mumkin. Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini barqarorligini ta`minlaydi. Muammoli vaziyatni o’zi yoki yangi ob`ekt ba`zi o’zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.
Akkomadatsiya – bu yangi vaziyatga, yangi vazifaga muvofiq ravishda chizmani o’zgartirishda u variabellik, rivojlanish, yangi chizmalarni ishlab chiqishni ta`minlaydi. Bola unga qog`oz varog`i yoki to’p uzatayotganligidan bog`liqlikda (ushlab qolish chizmasi akkomadatsiyaga uchraydi) qo’li barmoqlarini har xil ko’rinishda hozirlashga o’rganadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya tendentsiyalarini muvozanatlashtirish birmuncha darajada samarali moslashuvini ta`minlaydi, lekin bu holat har doim taxminiy vaqtincha bo’lib buzilishi yana kuzatiladi. Ushbu tarkibiy qismlarni hulq-atvordagi o’zaro aloqasi har xil bo’lishi mumkin akkomadatsiyadan assimilyatsiyani ustunligi kichkina bolalarning ramziy o’yinlarida kuzatiladi. Bolaning hoxishi va qiziqishidan bog`liqlikda qari daraxt bo’lagi “hazilkash” ham qo’g`irchoq ham qayiq, ham samaliyot bo’lishi mumkin. Akkomadatsiya ko’proq taqlid qiluvchi harakatlarda tashqi ta`sir xususiyatlariga o’z xulq-atvorini o’xshatish vaziyatida (masalan bola qutining ochilib yopilishini og`iz harakatlari orqali taqlid qiladi “o’lik o’rdak” obrazini harakatlari orqali yaratadi) namoyon bo’ladi.
Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydalanish tajribasi asosida shakllanadi. Ob`ektlarni bilish uchun sub`ekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab ko’rish, yaqinlashish, yo’q qilish, aralashtirish, taqqoslash va boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko’rinishida saqlanadi. Faoliyat chizmasi – J.Piaje ta`limotidagi juda muhim tushunchalardan biridir. So’zning tor ma`nosida harakat chizmasi tushunchasi bu umumiy bo’lib, turli vaziyatlarda ko’p marta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So’zning keng ma`nosida- harakat chizmasi- bu ma`lum bir darajadagi aqliy rivojlanish tuzilmasidir. Ma`lum bir bosqichda harakatning umumiy chizmasini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. Shuning uchun J.Piaje ta`limoti operatsional deb ataladi. Operatsiya - bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ichki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davomida shakllanadi egallagan tajribaga ega bo’lib, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluksizligi va ketma-ketligini ta`minlaydi, fikrlash harakatlarini (tuzilishi) tashkillashning o’ziga xosligi esa intellektning ajratilgan bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko’ra, psixikani rivojlanish –bu etakchi intellektual ko’rinishlarini o’zgarishidir. Har bir bosqich boshqasining ustiga ko’riladi, ularning har biri keyingilarini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan ularni yuz berish tezligi esa har xil bo’lishi mumkin. Tajriba egallashning qulay yoki nomaqbul imkoniyatlaridan madaniy va ilmiy sharoit sifatida bog`liqlikda.

Download 8,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish