Tushkunlik mexanizmining mohiyati - ongdan jarohatlovchi voqea mohiyati va u bilan bog‘liq emotsiyalami chiqarib tashlashdir. Tushkunlik qo’rquv emotsiyalarini ushlab turish uchun rivojlanadi. Ulaming paydo bo’lishi o’zini ijobiy idrok qilish uchun noma‘qul shuningdek, agressorga bogiiq bo’lib qoladi. Qo’rquv real stimulni unutish oqibatida qo’rquvni keltirib chiqaruvchi, shuningdek, u bilan bog‘liq bo’lgan assotsiativ ob‘ektlar, faktlar vaziyatlaming barchasi yig‘iladi.
Regressiya. Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak va harakatlami qoniqish shakliga qaytishdir. Regressiya qisman to’liq yoki simvolik bo’lishi mumkin. Muammoni yordam so’rash oqibatida hal qilish “regressiya” sinfiga shuningdek, “harakat faolligi” mexanizmiga kiradi. Shuningdek, xavotirlanishni kamayishini talab qilish mumkin bo’lmagan istak orqali kelib chiqqan. Regressive xulq-atvor ko’p hollarda kattalar tomonidan taqdirlanadi hamda simbiotik emotsional munosabatlami talab qiladi.
Proyeksiya - bu individ o’zining ongli darajasida rad qiluvchi fikr, tuyg'u, motiv va istaklami boshqa shaxs yoki ob‘ektga o’tkazish mexanizmi. Mexanizm o’zini va atrofdagilami ular tomonidan emotsional rad etilishi sifatida qabul qilmaslik tuyg‘usini ushlab turish uchun rivojlanadi. Proyeksiya o’zini qabul qilmaslik qo’rquvi bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalaming rad etuvchi harakatiga nisbatan chaqirilgan. Proyeksiya atrofdagilarga ulami qabul qilmasliklarining ratsional asosi sifatida turli negativ sifatlami ulaming fonida o’zini qabul qilish uchun yo’naltirishdir. “Agar yomon odam meni rad etsa, demak men yaxshiman yoki yomon odamning fikri men uchun ahamiyatli emas”. Proyeksiyaning noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish mumkin. Ko’pchiligimiz o’z kamchiliklarimizga e‘tibor bermay, boshqalarda ulami osonlikcha sezamiz. Biz atrofdagilami o’z tashvishlarimizda ayblashga moyilmiz. Proyeksiya zararli bo’lishi ham mumkin, chunki reallikni noto’g‘ri anglashga olib keladi. Bu mexanizm ko’pincha anglamaydigan va xafa bo’luvchi shaxslarda namoyon bo’ladi.
Introyeksiya- inson yoki ob'ektni simvolik intemalizatsiyasi (o’ziga kiritishi). Mexanizm harakati proeksiyaga qarama-qarshidir. Introyeksiya yordamida sevgi ob'ektlari va o’zining shaxsi o’rtasidagi farqlar bartaraf etiladi. Ba‘zida boshqa odamlarga nisbatan jaxl yoki agressiya o’miga yo’q qiluvchi tuyg‘ular, o’zini o’zi tanqid qilishga, o’zini qadrlamaslikka aylanadi, chunki ayblanuvchida introeksiya sodir bo’lgan. Bunday vaziyat ko’pincha depressiya holatida kuzatiladi.