ERTALABKI SOAT ONAMLARGA KIM QANDAY YORDAM BERADI
Shaxs haqida umumiy tushuncha. Individ va individuallik. Shaxsning tuzilishi.
Shaxsning faolligi va yo’naltirilganligi. Shaxs faolliginining ehtiyojlarida, qiziqishlarida, dunyoqarashi va e’tiqodlarida, maqsad va ideallarida ko’rinishi. Motiv va uning turlari, motivatsiya tushunchasi.
Shaxsning o’z-o’zini anglashi, o’z-o’zini baholashi va tarbiyalashining tarkibiy qismlari. Hozirgi zamon kishisi shaxsiga xos milliy axloqiy xususiyatlar. Shaxsning shakllanishi. Inson shaxsining shakllanishida irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim –tarbiya va shaxsiy faollikning roli.
Amaliy mashg’ulot. Elersning shaxsning motivatsiya darajasini o’rganish, o’z-o’zini baholash metodikalari.
Mustaqil ish. “Men” obrazi va o’z-o’zini baholash.
2. Faoliyatning psixologik talqini.
Faoliyat haqida umumiy tushuncha. Shaxs va uning faolligi. Inson faoliyatining tuzilishi. Faoliyatning maqsadga qaratilganligi. Shaxs faoliyatining asosiy turlari - o`yin, ta’lim, mehnat faoliyatlari va ularning psixologik mohiyati. Ko`nikma, malaka odatlar haqida tushuncha. Ularning turlari, tuzilishi. Inson hayoti va faoliyatida odatlarning ahamiyati.
Seminar mashg’ulot. Faoliyatning asosiy turlari.
Mustaqil ish. Bolalar faoliyati turlari bo’yicha ijodiy ish.
3. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi.
Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli. Muloqot shakllari. Insoniy va muloqotning psixologik vositalari. Muloqotning tuzilishi; kommunikativ, interaktiv, perseptiv tomonlari.
Shaxsning shakllanishida gupuh va jamoalarning o’rni. Guruhlar haqida tushuncha va uning turlari. Jamoalar. Guruhdagi psixologik muhit va uni o’rganish. Guruhdagi o’zaro munosabatlarni o’rganishda ijtimoiy psixologik treninglarning roli.
Amaliy mashg’ulot. Shaxs xususiyatlarini o’rganishda psixodiagnostika metodlarini qo’llash.
Mustaqil ish. Shaxs – insoniy munosabatlar tizimida.
4. Diqqat
Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqatning shaxs faoliyatida tutgan o’rni va mohiyati. Diqqat va bilish jarayonlari. Diqqatning nerv- fiziologik asoslari. Diqqat turlari: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so`nggi diqqat. Diqqatning xususiyatlari: barqarorligi, ko`lami, ko`chirilishi, to’planishi (konsetratsiyasi) va taqsimlanishi. Parishonxotirlik. Ta’lim jarayonida diqqat. Diqqat-e`tiborlilik shaxsning fazilatidir.
Amaliy mashg’ulot. Diqqatni rivojlantiruvchi mashq va o’yinlar.
Mustaqil ish. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqati xususiyatlarini rivojlantiruvchu rasm, o’yin va mashqlar.
III-bo’lim. SHAXSNING PSIXIK JARAYONLARI.
1. Sezgi.
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgining inson hayoti va faoliyatidagi o`rni. Sezgining nerv-fiziologik asoslari, analizatorlar va uning tuzilishi. Sezgi turlari: eksteroreseptiv, interoreseptiv, propriopeseptiv sezgilar. Sezgi xususiyatlari: adaptatsiya, sensibilizatsiya, sinezteziya, kompensatsiya. Sezgirlik chegaralari. Sezgilarni rivojlantirish shart-sharoitlari.
Amaliy mashg’ulot. Sezgirlikning rivojlanishida mashqlarning o`rni.
2. Idrok
Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv – fiziologik asoslari. Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, ikkilanuvchanligi. Idrokning darajalari: persepsiya, appersepsiya, gallyutsinatsiya, illyuziya,
Idrok shakllari: fazoni idrok qilish, vaqtni idrok etish, harakatni idrok qilish. Idrokning buzilishi va shaxs faoliyatiga ta`siri. Bilimlarni o’zlashtirishda kuzatuvchanlikning ahamiyati.
Amaliy mashg’ulot. Idrok xususiyatlarining rasmlarda aks etishi. (prezentatsiya)
Mustaqil ish. Sezgi va idrok. Idrok xususiyatlari asosida rasmlar yig’ish. Kuzatuvchanlikni rivojlantiruvchi o’yinlar tuzish.
3. Xotira
Xotira to`g`risida umumiy tushuncha. Inson hayotida xotiraning ahamiyati. Xotiraning nerv fiziologik asoslari, assotsiatsiyalar. Tasavvurlar va ularning turlari. Xotira turlari; obraz, so’z-ma’no, emotsional, xarakat xotirasi.
Xotira jarayonlari; esda olib qolish, esda saqlash, tanish va esga tushirish, unutish. Xotira jarayonlarining tasnifi. Xotira sifatlari va xotiradagi individual farqlar.
Amaliy mashg’ulot. O’quvchilar xotirasini tekshiruvchi va rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar o’tkazish.
Mustaqil ish. Xotirani rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar tuzish.
4. Tafakkur
Tafakkur to`g`risida umumiy tushuncha. Tafakkur voqelikning aks ettirishning murakkab shakli ekanligi. Tafakkurning nerv fiziologik asoslari.
Tafakkur turlari. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |