Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- egiluvchanlik, bo‘g‘inlarning harakatchanligini rivojlantirish;
- dinamik va statistik kuchlarni rivojlantirish;
- chidamlilikni tarbiyalash;
- harakatlarning tezligini va muvofikligini rivojlantirish;
-yurak-qon tomir va nafas olish organlari sistemasini rivojlantirish; - estetik tarbiya, harakatlar plastikasining rivojlanishi.
Ritmik badantarbiya guruhlarda shug‘ullanuvchilarning yaxshi jismoniy rivojlanganligi. Sog‘lig‘ining holati, birmuncha yuqori mehnatga yaroklilik darajasi va jismoniy og‘irliklarga moslasha olishligi bilan farq qiladi.
Mashqlarning mazmuni.Ritmik badantarbiyaning yig‘indilari anatomik belgilari bilan turkumlanadigan umumiy rivojlanuvchi qo‘l va elka mashqlari, oyoqlar uchun mashqlar, gavda va bo‘yin uchun mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, harakatlarning xususiyatlari, u yoki bu mashqlarning ta’siridan kelib chiqqan holda xilma-xil jismoniy xususiyatlar rivojlanadi va mukammallashtiriladi. SHuning uchun mashqlardagi mo‘ljal, ya’ni yo‘nalish olishni tezlashtirish va ularning yig‘indisini tuzish, yanada to‘g‘riroq tanlash uchun anatomik belgilariga qarab yig‘ilgan mashqlar guruhining har biri ko‘proq ta’sirga ega bo‘lgan xususiyatlarga qarab guruhlarga bo‘linadi: kuch ishlatish uchun mashqlar, egiluvchanlik uchun mashqlar, o‘z-o‘zini holi qo‘yish uchun mashqlar, harakatlarning koordinatsiyalarini va tezligini rivojlantirish uchun mashqlar, irodani sinash uchun mashqlar. Bel uchun mo‘ljallangan mashqlar alohida guruhlarga ajratiladi, qaysini ular mashg‘ulotlarning asosiy bo‘lishini, eng og‘ir qismini tashkil qiladi. Doimiylik xususiyatiga ega bo‘lgan mashqlar asosiy bo‘lib turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari va yana asabni boshqaruvchi mashqlar.
Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:
a) mashqlarni engil yurishdan boshlab, engil yugurishga o‘tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qaratish zarur. Boshni to‘g‘ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning to‘g‘ri turishini, his etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;
v) umumiyta’sirdagi 2-3ta mashqlarnibajarishlozim. Bu odatda, sodda,kamfoydalimashqlar sanaladi. Ularyurak-qontomirlarifaoliyatini, nafasolishsistemasinivaalmashinishjarayonlarinifaollashtiradi;
g) keyinesaqo‘l, mushaklar, elka, gavda, oyoklaruchunmashqlarbajariladi. Bu vaqtda gavdaningharbirqismibirin-ketinqo‘shilishilozim. Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshib boradi, ishga mushaklarning har xil guruhlari qo‘shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin mushaklarini mustahkamlaydi, umurtqa pogonasining harakatchanligini qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi;
d) so‘ng kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo‘lgan 2-3ta mashqlar gavdaning barcha qismlari (qo‘l, qorin mushaklari va tana) bilan bajariladi. Faol mushak qizigandan so‘ng mushaklarning dam olishi uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;
e) undan keyin sakrash mashqlariga o‘tiladi. Ular oyoq mushaklarini mustahkamlaydi. Sakragandan so‘ng,albatta, mashqni kamaytirgan holda yurishga o‘tish lozim.1-2ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch holga qaytishiga imkon beradi;
j) mashqlar majmui gavdani to‘g‘ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |