Ertaklar haqida umumiy tushunchalar


Sehirli ertaklar aka-uka grimlar ertaklar xususida



Download 338,5 Kb.
bet3/5
Sana18.07.2021
Hajmi338,5 Kb.
#122278
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aka uka grimlar ijodi

Sehirli ertaklar aka-uka grimlar ertaklar xususida

Aka-uka (Yakob 1785-1863, Vilgelm 1786-1859) Grimmlar Margburg universitetida o‘qishib yurgan chog‘laridayoq o‘rta asr nemis tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq og‘zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shug‘ullana boshladilar. O‘qish, o‘z ustlarida qattiq ishlash Aka-uka Grimmlar uchun baxt yo‘li bo‘ldi. Ular avval Gyottingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo‘ldilar. Yakob nemis tili tarixi grammatikasini mifologiya bilan, Vilgelm esa o‘rta asr nemis adabiyoti va xalq og‘zaki ijodini chog‘ishtirgan holda o‘rgana boshladilar. Nemis xalq og‘zaki ijodining gullab yashnashiga, olam kezishga bir ko‘prik yasadilar. Nihoyat, 1812 yilda Aka-uka Grimmlar tomonidan yaratilgan ertaklarning birinchi jildi «Kinder und Familiemärchen -Bolalar va oilaviy ertaklar» yuzaga keldi. 1815 yilda ikkinchi jild, 1822 yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi. Aka-uka Grimmlar ertaklarining ko‘pchiligi ertak aytuvchilardan tinglab, baʼzilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri ular tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus olib yana xalqqa qaytariladi. Aka-uka Grimmlarning uch jildlik kitoblariga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan bo‘lib, unda mualliflar ko‘proq- afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertakda saxiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qo‘rqoqlar ustidan kulish, dangasalar va yolg‘onchilikni qattiq qoralash birinchi o‘rinda turadi. Shhunisi ham quvonchliki, ko‘pincha Aka-uka Grimmlarning ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning o‘g‘il-qizlari, cho‘pon yoki soldat bo‘ladi. Ular o‘zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi. Aql bilan ish ko‘rish, bilimdonlik «Der goldene Gans-Tilla g‘oz», «Shishadagi arvoh», «Drei Kameraden-Uch aka-uka» ertaklarida yaxshi berilgan. Aka-uka Grimlarning dunyoga mashhur bo‘lgan “Aschenputtel-Zolushka”, «Schneewittchen- Qor qiz» ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish eshitadigan va eng past holda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining halol mehnatlari, yoqimli so‘z va tabassumlari bilan baxtiyor bo‘ladilar. Aka-uka Grimmlarning «Der Hase und der Igel-Quyon bilan tipratikan», «Der Wolf und der Fuchs-Bo‘ri bilan tulki» asarlari masal janriga yaqin turishi kitobxonda katta taassurot qoldiradi. «Der faule Heiss- Yalqov Geys», «Das Glück von Hans-Gansning baxti», «Der tapfere Schneider-Botir tikuvchi», «Der junge Recke - Yosh pahlavon», «Bremer Stadtmusikanten- Bremen musiqachilari» kabi ertaklari o‘zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan. « Der junge Recke - Yosh pahlavon» ertagidagi botir obrazi kichik maktab yoshidagi bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. U halol, pok inson. U rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik shaydosi. Shu sababga ko‘ra u yo‘lida uchragan har qanday to‘siq va g‘ovni shoshilmay, jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi. «Der tapfere Schneider- Botir tikuvchi»ning syujeti ko‘pchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon bir nechta pashshani bir urishda nobud qilish bilan o‘ziga o‘zi botir, dovyuraklik tamg‘asi – shiorini yozib yelkasiga osib oladi. U o‘z baxtini, taqdirini sinab ko‘rish, peshonasida borini qo‘lga kiritish maqsadida safarga otlanadi. Botir tikuvchi tadbirkor, epchil-chaqqon. Yotib qolguncha otib qol qabilida dovyuraklik bilan ish ko‘rish unga katta shuhrat keltiradi. Puxtapishiqligi bilan g‘orda behisob devlar ustidan g‘olib chiqadi. Dev ko‘tarib olgan daraxt choxlari ustida qush kabi o‘tirishi, devning savollariga qo‘rqmay, ustalik bilan javob berishi asrlar osha kitobxonni hayratga solib kelmoqda.

Botir tikuvchi uchun og‘ir sinov o‘rmondagi ikki pahlavon bilan “olishuv” bo‘ldi. Podsho tomonidan ikki pahlavonni mag‘lub qilish vazifasini olgan botir tikuvchi tavakkal qilib yo‘lga tushadi. Ustilariga tosh tashlash bilan ular o‘rtasida nifoq chiqaradi. Ikki jangchi bir-birini tosh bilan urib nobud qiladi. O‘rmondagi shoxdor mahluqni mag‘lub qilgan ertaklardagi kabi tadbirkor yigit bilimdonlik, o‘ylab ish ko‘rish bilan shoxdor mahluq ustidan g‘olib chiqadi. Botir tikuvchining yumshoq so‘zligi, muloyimlik bilan ish ko‘rishi yosʼh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Ularda ham xuddi o‘sʼha botir tikuvchi kabi yetuk insonlar bo‘lishga, botir, pahlavon bo‘lishga havas uyg‘otadi. Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida eng avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat g‘oyasi ilgari suriladi. Ikkinchidan, har qanday holda ham, har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham o‘sha qahramon chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo‘lidan boradi va ofatdan qutiladi. Masalan, «Tulki bilan G‘ozlar»ni olaylik. Tulki kabi hiyla va makr ishlatadigan jonivor bo‘lmasa kerak. Aka-uka Grimmlar unga qarama-qarshi qilib g‘ozlar obrazini yaratadi. G‘ozlar har doim chorasiz – bo‘sh, beg‘am hayot kechiradilar. Aka-uka Grimmlar vaqti kelganda o‘sha boqi beg‘am g‘ozlar ham sergak, tetik, tadbirkor, ishbilarmon bo‘lib ketishlarini, hayotda o‘zlarini himoya qila bilishlarini, olg‘ir, muttaham tulkilarni ham dog‘da qoldirishlarini mazkur asarda ishonarli tarzda tasvirlab berganlar. Tulki o‘tloqda yurgan g‘ozlarni yemoqchi bo‘ladi. Ular o‘limlari oldidan bitta qo‘shiq aytib, so‘ngra tulkiga yem bo‘lishlarini so‘raydilar. Ammo uzundan-uzoq “g‘a-g‘a”lari tulkini zerikatiradi, uning tinka madorini quritadi, axiyri g‘oz-o‘ljadan voz kechishga majbur bo‘ladi.




Download 338,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish