Pedagogik reabilitatsiya maxsus ta’lim va tarbiya jarayonida, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni pedagogik qo‘llab quvvatlash jarayonida amalga oshiriladi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlar maxsus ta’limi tizimiga maktabgacha, umumiy va kasbiy ta’lim kiradi, bunda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun maxsus sharoitlar yaratiladi.
Korreksion pedagogikaning eng dolzarb muammolaridan biri- bolalarda nuqsonni korreksiyalashdan, ularning tibbiy-psixologo-pedagogik reabilitatsiyaga o‘tish va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni ularning ruxiy va jismoniy imkoniyatlari darajasini xisobga olib ijtimoiy xayotga moslashtirish xisoblanadi. Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy adaptatsiya nuqtai nazaridan eng muammoli guruxlardan biri xisoblanadi. Ularning moslashish imkoniyatlari ruxiy va jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar natijasida, ijtimoiy tajribaning cheklanganligi, ba’zida esa yomon oilaviy-iqtisodiy vaziyat natijasida pasaygan bo‘ladi.
Zamonaviy sivilizatsiyalashgan jamiyatning insonparvarlik qadriyatlari rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan xar bir bolaga yaxshi xayot kechirishi imkoniyatini berishini talab qiladi. Bu yo‘ldagi to‘siqlardan biri ijtimoiy moslashishdagi qiyinchiliklar xisoblanadi, qaysiki rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan xar bir bola buni boshidan kechiradi.Bolalarda nogironlik adaptatsiya mexanizmining shakllanishi va adaptatsiya jarayonining borishini qiyinlashtiradigan omil bo‘lib xisoblanadi. N.I.Xvorost’yanovaning (2001) ta’kidlashicha,nogiron bolaning moslashish imkoniyatlari quyidagi xolatlarni susaytiradi:
1. Jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklar. Nogiron bolalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning nogironligiga bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar bilan kasallanadi. Jismoniy sog‘liqning kamchiligi (nutqning, eshitishning, umumiy motorikaning buzilishi) muloqot uchun jismoniy imkoniyatlarni cheklaydi.
2.Muloqat uchun psixologik imkoniyatlarning yetishmasligi. Yopiq muassasa sharoitida yoki yomon oilaviy sharoitda tarbiyalanadi, uyda o‘qitish, tengdoshlarining extiyotkorona munosabati, kattalar tomonidan mulozamatlar bolalar shaxsiyatining ruxiy va ijtimoiy infantil bo‘lib shakllanishiga imkon beradi.
3.Nogiron bolalarning maxsus extiyojlarini qondirish uchun kerakli moddiy vositalarning yetishmasligi (eshitish apparati, maxsus moslamalar) shuningdek jamiyatning arxitektura va psixologik bar’erlari nogiron bolaning ijtimoiy moslashish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi.
Nogiron bolalarning o‘zlarining yoshlariga mos faoliyatda (o‘yin, o‘qish, mexnat, kommunikativ) qatnashish imkoniyatlarining cheklanganligi bolani ijtimoiy adaptatsiya bazasidan maxrum qiladi. Ota-onalar va jamiyat bunday bolalarning adaptatsiya xolatlarida qatnashishlaridan saqlashga xarakat qiladi, bu esa adaptatsiya mexanizmining shakllanishi va mustaxkamlanishiga imkon bermaydi va bola shaxsiyatining rivojlanishini to‘xtatadi.
Turli xil psixologik nuqsonlar va buzilishlar-mustaqillikning cheklanganligi, o‘zining yoshiga mos biron-bir faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyatining buzilishi-bularning barchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita nogiron bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasini va jamiyatga integratsiyalashuvini qiyinlashtiradi. Bunday kategoriyadagi bolalar ijtimoiy adaptatsiyasining o‘ziga xosligi ularda ijtimoiy yetishmovchilikning mavjudligi bilan bog‘liq. Ijtimoiy muxitga moslashishi uchun faoliyat turlarini egallash imkonining yo‘qligi, ijtimoiy rol, xulq-atvor normalari va qoidalarini egallash imkonining yo‘qligi kabi xolatlar ijtimoiy yetishmovchilik xolatini yuzaga keltiradi, bu esa nogiron bolaning ijtimoiy kamchiliklarining asosiy sabablaridan xisoblanadi.
Ijtimoiy yetishmovchilik tushunchasiga quyidagilar kiradi:
-o‘z-o‘ziga xizmat qilish qobiliyatining cheklanganligi;
-Jismoniy mustaqillikning cheklanganligi ;
-O‘zini jamiyatda adekvat tutish qobiliyatining cheklanganligi ;
-Yoshiga mos faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyatining cheklanganligi;
-Iqtisodiy mustaqillikni cheklanganligi;
-Kasbiy faoliyatga qobiliyatining cheklanganligi;
-Jamiyatda interatsiyalashish qobiliyatining cheklanganligi:
“Erta tashxis qilish ”ni tashkil etishning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Bolada avval shakllanmagan yoki buzilgan, rivojlanishi sustlashgan funksiyalarni rivojlantirish, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning hayot faoliyatidagi faollik, jamiyat hayotida ishtirok etishning cheklanishini oldini olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |