Sug‘orilmaydigan yerlar mamlakatning shimolidagi keng tog‘oldi palasasida Qalayi - Nau, Honabod Fayzobodda to‘plangan. Lalmi yerlarda yaxshi yog‘ingarchilikdan so‘ng sug‘oriladigan yerlarga nisbatan ba’zan yuqori hosil olinadi, lekin уоg‘in yetishmaganda hattoki uruglik ham yig‘a olishmaydi. Lalmi dehqonchilik bilan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilar kо`proq shug‘ullanadi. Lalmi yerlarda ko‘pincha g‘alla, arpa yog‘li lyon, poliz ekinlari, asosan qovun yetishtiriladi. Ko‘pchilik xo‘jaliklar bir yilda bir marta hosil olishadi. Doimo dehqonchilik qilinadigan quyi joylashgan vohalarda, ya’ni Hirot, Farox, Qandohor, Jalalobodda bir yilda ikki marta hosil olinadi. Bir yilda ikki marta hosil olinadigan yerlar maydonini kengaytirishga tog‘li rayonlarda noqulay iqlim sharoiti yilning asosiy qismida sug‘orish kanalida suvning yetishmasligi to‘sqinlik qiladi. Bahorgi ekinlardan muhimlari – g‘alla, arpa, ba’zi dukkaklilar. Kuzda sholi, makka va asosiy texnika ekinlaridan paxta, qandlavlagi, shakarqamish yig‘ib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |