Afg‘oniston dehqonchiligining asosini don mahsulotlari ashkil qiladi. Muhim ekinlardan g‘alla xissasiga о`simlikshunoslikdagi hamma mahsulotlar qiymatining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bog‘lar va uzumzorlar Afg‘onistoning hamma qismida tarqalgan. Mevali ekinlar vohalarda va katta shaharlar atrofida to‘plangan. Mevalar, asosan uzum ko‘p miqdorda eksportaga ketadi. Afg‘oniston dunyo bozorida magiz va turshak, anorning eng yaxshi navi bilan mashhur. Qishloq xo‘jaligida mehnatga yaroqli aholining asosiy qismi band bo‘lishi bilan bir qatorda va YAIMning 70% dan ko‘prog‘ini berishiga qaramay, qishloq xo‘jaligi hozirgacha kam mahsuldor, aholining oziq-ovaqatga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |