Afg‘onistonda haydaladigan yerlarning umumiy maydoni hamma yerning 12% ni tashkil qiladi. O‘tloq va yaylovlar 46%, o‘rmon va butazorlar 3% Qadimdan Afg‘oniston dehqonlarining hayoti suv bilan bog‘liq. Afg‘oniston sun’iy sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining qadimiy о`choqlaridan biri. Sug‘orma dehqonchilikning asosiy areallari quyidagicha joylashgan: Janubiy Afg‘onistonda Hilmond havzasida, Qobul vodiysi va uning irmoqlari, Shimoliy Afg‘onistoning Harirud daryosi bo‘ylab, shuningdek Baqtriya tekisligidagi Qunduz va Balxu daryosi bo‘ylab joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |