Erning tоrtish maydоnida jismning pоtencial energiyasi. Inercial sanоq sistemalari
Tortishish kuchi maydonida jism energiyasining o‘zgarishi. Energiyaning saqlanish
qonuni. Faraz qilaylik, jismga tortishish kuchlaridan boshqa hech qanday kuch ta’sir qilmayotgan
bo‘lsin; ayonki, u holda jismning tezlanishi hamma vaqt
g
ga teng va pastga yo‘nalgan bo‘ladi.
Jismning faqat tortishish kuchlari ta’siridagi harakatini yerning tortishish maydonidagi erkin
harakat deyish mumkin. Bu jismning kinetik energiyasi faqat og‘irlik kuchi potencial
energiyasining o‘zgarishi hisobigagina o‘zgarishi mumkin va aksincha, shu sababli kinetik va
potencial energiyalarning yig‘indisi doimiy qoladi, yoki: mexanikaviy energiya doimiy qoladi.
Agar tashqi kuchni nolga teng:
0
F
deyilsa, energiya saqlanish qonunining matematik
ifodasi asosida hosil qilish mumkin. Haqiqatan,
2
2
2
2
0
mv
mv
mgh
(1)
bunda
h balandlikning o‘zgarishi bo‘lib, uni quyidagicha belgilash mumkin:
y
h
h
h
,
0
holda (1) ni Ushbu tarzda yoza oladmiz:
0
2
2
0
0
2
2
Е
mv
mgh
mv
mgh
б
б
(2)
(2) formula jismning tortishish maydonidagi harakati uchun mexanikaviy energiyaning
saqlanish qonuni matematik ifodasini beradi. Kinetik va potencial energiyaning yigindisi istalgan
paytda doimiy,
0
Е ga tengligicha qoladi. Bu konun jism faqat og‘irlik kuchi ta’sirida harakat
qilgan hollardagina o‘rinli bo‘lishini qayd qilib o‘tamiz. Boshqa kuchlarning (qarshilik kuchlari
va b.) mavjudligida mexanikaviy energiya (kinetik va potencial energiyalarning yig‘indisi)
umumiy holda doimiy qolmaydi.
Jismning tortishish maydonidagi harakatida mexanikaviy energiyaning saqlanish qonuni
Galileygayoq ma’lum edi. Bu qonunning o‘rinli ekanligini u o‘zining mayatnik bilan o‘tkazgan
ma’lum tajribalarnda namoyish qilgan. Bu tajribalarni endilikda maktablarda tez-tez ko‘rsatiladi
(Galiley mayatnigi).
Mayatnik ipga osilgan sharchadan iboratdir (1-a rasm). Sharchani chetga og‘diriladi, bunda
uni biror
h balandlikka ham ko‘tariladi, muvozanat holati ustida
osilish chiziri
1-rasm.
bo‘yicha G mix qoqilgan hamda agar sharchani qo‘yib yuborilsa, ip biror paytda G mixga
taqaladi va mayatnik G nuqta atrofida aylanib, o‘z harakatini davom ettiradi. Sharchaning ikkala
tomonga og‘ishlarida
h ko‘tarilish balandligi taxminan birday bo‘ladi: agar qarshilik kuchlari
bo‘lmaganda edi, ko‘tarilish balandligi aniq birday bo‘lardi, Sharcha kinetik energiyasi nolga geng
bo‘lgan pay-da to‘xtaydi, u bu paytda h balandlikcha bo‘ladi. Agar G mixni pastga ko‘chirilsa
yoki dastlabki ko‘tarilish balandligi
h ni yetarlicha orttirilsa, u holda mayatnik avvalgi
h
balandlikkacha ko‘tarilmay qoladigan holatni topish mumkinligini qayd qilish qiziqarlidir.
l
h
da (
i
— mixning sharchaning pastki holatidan balandligi) sharcha h dan ko‘ra kichikroq
1
h
balandlikka ko‘tariladi. Sharchaning yoyning ko‘tariluvchi qismi (5-b rasm) bo‘yicha harakatida
u to‘xtaguncha shunday payt keladiki, unda ipning tarangligi nolga aylanadi. So‘ngra mayatnik
sharchasi
i
radiusli aylanadan tushayotib, o‘zining eng yuqori nuqtasidan biror gorizontal tezlik
bilan o‘tadi. Eng yuqori nuqtada kinetik energiya nolga teng bo‘lmagani sababli ko‘tarnlish
balandligi
h dan kichik bo‘lishi kerak.
Kuchning ishi bir jismdan ikkinchi jismga o‘tadigan energiya kattaligini belgilaydi. Energiya
materiyaning turli shakldagi harakatlarining yagona miqdoriy o‘lchovidir. Materiyaning harakati
bir shakldan boshqa shaklga o‘tib turadi va hech qachon yo‘qolmaydi. Biz materiyaning
mexanikaviy shakldagi harakati energiyasini yoki o‘z navbatida, kinetik va potencial bo‘ladigan
mexanikaviy energiyani batafsil qarab chiqdik. Qinetik energiya — jismning harakat energiyasi
—jismning harakat tezligiga va massasiga bog‘liq; potencial energiya—jismlarning yoki bitta jism
kismlarining o‘zaro joylashish energiyasi — jism koordinatalariga, sistema konfiguraciyasiga
bog‘liq. Birok, biz endi bilamizki, masalan, noelastik urilishda mexanikaviy energiya issiqlik
energiyaga o‘tadi; bu esa urilishda ajraladigan issiqlik energiya mexanikaviy energiyaning
«yo‘qolishiga» tengligini bildiradi. Fizikaviy va ximiyaviy processlarda energiya bir jismdan (yoki
jismlar sistemasidan) boshqa jismga (yoki jismlar sistemasiga) o‘tadi: u hech qaysi processda
yo‘qolmaydi ham, yangidan paydo bo‘lmaydi ham. Materiya harakati o‘z shaklini o‘zgartira oladi,
lekin materiya harakatining barcha shakl o‘zgarishlarida energiya kattaligi doimiy qoladi. Bu
energiyaning saqlanish qonuni bo‘lib, u tabiatning asosiy qonunlaridan biridir.