Kvazivirus virus — «Troyan» dasturlari, deb nom olgan bo‘lib, ushbu viruslar ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lmasa-da, «foydali» qism-dastur hisobida bo‘lib, antivirus dasturlar tomonidan aniqlanmaydi. Shu bois ham ular o‘zlarida mukammallashtirilgan algoritmlarni to‘siqsiz bajarib, qo‘yilgan maqsadlariga erishishlari mumkin.
Antivirus dasturlari
Hozirgi vaqtda viruslarni yo‘qotish uchun ko‘pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlarni antiviruslar deb atashadi. Antiviruslarni, qo‘llanish usuliga ko‘ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: detektorlar, faglar, vaksinalar, privivkalar, revizorlar, monitorlar.
Detektorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar ketma-ketligi) bo‘yicha tezkor xotira va fayllarni ko‘rish natijasida ma’lum viruslarni topadi va xabar beradi. Yangi viruslarni aniqlab olmasligi detektorlarning kamchiligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |