ERKIN VOHIDOVNING SHE`RIYAT HAQIDAGI ADABIY-ESTETIK QARASHLARI
Moxira Mirsanova, SamDU magistranti
Ilmiy rahbar prof H.Umurov.
Komil ishonch bilan shuni aytish joizki, Erkin Vohidov yangi o`zbek she`riyatining ko`rki va faxridir. Shoir asarlarini ya`ni she`riyatini ixlosmandlari qalbida uyg`otgan kechinmalar, beqiyosdir.
“Erkin Vohidov haqli ravishda XX asrning so`nggi va XXI asrning birinchi buyuk shoiridir”1. Bu xulosa, bu fikr zamirida ijodkorning adabiyotimizdagi o`rniga munosib baho berilgan. Shoir ahli o`z hayollarini band etgan tuyg`ularni,toshqin daryodek mavjlanayotgan ilhomini jilovlay olmaydi yana va yana yozgisi kelaveradi natijada go‘zal satrlar yaraladi.
“Mendan she`riyat nima deb so`rashsa,she`riyat-go`zal fikrning go`zal ifodasi, deb javob bergan bo`lardim deydi “Shoiru she`ru shuur “asarida shoirimiz. “She`riyat haqidagi fikrlarini davom ettirib, she`riyatning mavzulari, ohanglari, ifoda uslublari har davrda o`ziga xos,o`zgacha bo`ladi. Lekin bir narsa hamisha ustuvor: she`riyat inson qalbining holati ekani,uning quvonchi, muhabbati, nafrati, sog`inchi ifodasi ekani-abadiydir”2.
She`riyat inson qalbidagi nozik torlarni shunday mayinlik bilan chertadiki,qalb to`lqinlanib ketadi, agar u yaxshi yozilgan she`r bo`lsa, shu she`r kuyga solinsachi?Albatta,uning ta`siri ikki karra ortadi.
Musiqa va she`rni-bir onaning ikki egizak qiziga o`xshatilishi behuda emas.
“Yaxshi shoir hamisha do`stlik elchisi bo`ladi-u bir arab xalqning qalbida o`zbek xalqiga hurmat uyg`otishida, mehrini tovlantirishida, ikki xalq o`rtasidagi do`stlik ishlarini mustahkamlashda ham muhim rol o`ynaydi.Shuning uchun bu shoirni har qancha e`zozlasa, har qancha ardoqlasa,u bilan har qancha faxrlansa arziydi”3.
Erkin Vohidov yaxshi shoirgina emas,”do`stlik rishtalari elchisi”ham bo`lgani ma`lum,ijodkor dunyoning ko`pgina mamlakatlarida bo`lgan va ko`pchilikning mehrini qozongan.
“Chinakam she`r kata insoniy dardlardan hayotiy muammolardan,qalb tuyg`ularidan tug`iladi”4.
She`rning tug`ilishida chinakam istedod muhim rol o`ynaydi, chin istedod sohiblarigina chin she`rlarni yaratadi. Shoirlik buyuk san`atdir, bu san`atni egallagan san`atkor shoirlarimiz adabiyotimizda talaygina.Erkin Vohidov har bir she`rida o`zligini to`la namoyon qila olgan san`atkordir. Zero, she`rda o`zlikni namoyon qila olish chin ma`nodagi individual uslubning muhim belgisi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan shoirning qaysi bir she`ri yoki dostonini o`qimaylik unda ijodkor o`z xalqining, millatning fidoyi farzandi ekanini isbotlaydi. Fikrimiz dalili sifatida “Ruhlar isyoni”, ”Inson”qasidalarini eslasak bas. Shu o`rinda iste`dod mavzusiga to`xtalsak. Istedod-bu mumkin bo`lmaganini mumkin qilish, hukmron estetik prinsplarga yangilik kiritish, she`riyat mana bundoq bo`ladi deb, yangicha nuqtai nazar bilan chiqib shunga odamlarni ishontirish demakdir. Gorkiy “istedodning 99 foizi mehnat” degan ekan va mehnat qilishlikka katta urg`u bergan. E.Vohidov”…o`sha kamtarin bir foiz ya`ni tug`ma istedod kerakligini, shundagina istedod jo`shishini aytadi.
“Shoirlik istedodi barcha istedodlar kabi tug`ma bo`ladi va bolalikdan namoyon bo`ladi.” Tug`ma istedod-Olloh tomonidan berilgan bo`lib, uni inson o`z mehnati bilan rivojlantirib boradi. Tinimsiz mehnat har qanday ta`lantni o`stiradi, rivojlantiradi.
“Gap-ku ko`p, umr oz”-deydi o`zbeklar. Bizga in`om etilgan bu umrni har daqiqasini unumli o`tkazishga intilamiz,ezgu ishlar qilamiz. E.Vohidov o`zining adabiy-tanqidiy qarashlarida:
“…Shoir bo`lishidan oldin shu xalqqa farzand bo`laylik, saodatli, fidoyi bo`laylik, agar shoir bo`lsak ham uning yuziga qaraganda uyalmaydigan bo`laylik.”5.
Chindan ham har birimiz avvalo vatanga munosib farzand bo`lishimiz lozim. Biz kim bo`lmaylik, qanday kasb egasi bo`lmaylik, avvalo chin inson, chin farzand bo`laylik. San`atning, adabiyotning sharti barkamollik, mukammalikdir. San`atkor shoir, yozuvchi umuman ijodkor barkamolikka intilmog`i lozim.
El-ustozim,men esa-tolib6,
So`z durlarin termoqdir ishim,
Odamlarning o`zidan olib,
Odamlarga bermoqdir ishim.
Qalbi xalq dardi bilan nafas oladigan ijodkorgina bunday satirlarni yoza oladi va unga amal qiladi.
“Erkin Vohidovning “men”i xalqning tili va dili,jigarbandi,farzandi sifatida namoyon bo`ladi,…ana shu xalqning dardi, so`zini ifoda etmoqlik ijodkor o`zligining tub mohiyatini tashkil etadi.”7
Ijodkor asarlarida xalqning qalbi,orzu-umidlari,armonlari ifodalangan.
Erkin Vohidovning har bir she`rida o`zi yashagan davr, muhit, odamlar, taqdirlar, voqealar,tuyg`ularning yorqin manzarasi, xalqning o`lmas psixologiyasi, millatning ulug`vor qiyofasi to`la aks etadi. Shoir she`rlari oddiygina so`zlar va lirik qahramonning go`zal ifoda uslubi bilan barchani ko`nglidan joy oladi.
Haqiqiy she`rda har bir so`z qalbni cho`g`day jizillatib ta`sir qiladi.
Ulg`ayish azobi
Shoirlik – bu shirin jondan kechmakdir8,
Limmo-lim fidolik jomin ichmakdir,
Shoirlik – jigarni ming pora etmak,
Bag`ri qoni bilan satrlar bitmak.
O`zini tomchi-tomchi,zarra-zarra
Elga qurbon qilib, eng so`nggi karra-
Armon bilan demak: “Ey,ona yurtim,
Kechir xizmatingni qilolmay o`tdim..”
Shoirman degan inson o`zida kata ma`suliyatni his qilishi kerakligi, yozganda ham chin yozmog`i kerakligi, ya`ni “bag`ri qoni bilan satrlar bitmog`i” kerakligi E.Vohidovning yuqoridagi she`rida ifodalangan. Vataniga o`zini qurbon qilishligi, shunda ham o`zining ko`ngli to`lmasligi,”xizmatingni qilolmay o`tdim”deyishi ijodkorning yana bir fazilatidan darak beradi.
Xalqqa mehr-muhabbati kuchli, sadoqati beqiyos bo`lgan sevimli, kamtar, atoqlin shoirimiz E.Vohidov muhlislari qalbida doim yashaydi, kitobxonlar mehri, e`tibori ortib boraveradi, shoir ijodiga murojaatlar, izlanishlar son-sanoqsiz yozilaveradi…
Do'stlaringiz bilan baham: |