56-umumtalim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Shahnoza Saparova
ning Shoir ,sher va shuurnomli tadbir
ishlanmasi
ERKIN VOHIDOV
(1936-2016)
Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bagishlab otkazilgan Shoir, sher va shuur deb nomlangan tadbir ssenariysi.
Tadbirni oqituvchi ochib beradi:
Assalomu alaykum ,aziz ustozlar ,sheriyat shaydolari.Bu yil ozbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash haqida prezidentimiz farmoni elon qilindi .Shu munosabat bilan maktabimizning 5-D sinf oquvchilari Shoir, sher va shuur deb nomlangan tadbir tayyorlaganlar Ushbu tadbirni etiboringizga havola etadilar.Marhamat tinglab dam oling.
1-o`quvchi: Vaqt,zamon oliy hakam,
Na qilich ,na tig bekor
Sher qolur,shoir qolur ,
Garchand kechur vaqt-u zamon
2-o`quvchi: Bagring tole nuriga to`lsin
Ona yurtim munis makonim.
To tirikman ,seniki bolsin ,
Sherim,
Umrim,
Yuragim,
Jonim
.
3-o`quvchi: Assalomu alykum, aziz zamondosh! O'zbekiston Qahramoni, zabardast ijodkor, o'tkir qalam sohibi E.Vohidov tavalludining 84 yilligiga bag'ishlangan Shoir, sher va shuur nomli tadbirimizga xush kelibsiz.
4-oquvchi: Men jilgaman ,daryo bolib to`lgim keladi,
Ona yurtim,senga o`g`lon bo`lgim keladi.
Bugun senga faqatgina sher bagishladim,
Kerak bo`lsa jonni fido qilgim keladi
5-oquvchi: Ona yurtiga haqiqiy o`g`lon bo`lib, o`zbek adabiyotida munosib iz qoldirgan yorqin yulduzlardan biri istedodli shoir Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Fargona viloyatining Oltiariq tumanida tugilgan. Otasi Choyanboy, onasi Roziyaxon davrning obro-etiborli, marifatli kishilari edi. Ota-onadan yetim qolgan Erkin toshkentlik togasining qolida qoladi. 1955 yil orta maktabni, 1960 yil ToshDUning filologiya fakultetini tugatadi. 7-sinfda oqib yurganida «Mushtum» jurnalida birinchi sheri bosiladi. Shoir «Yosh gvardiya» nashriyotida (1960-1963, 1975-1982), Gafur Gulom nashriyotida (1963-1970) ishlaydi. «Yoshlik» oynomasiga boshchilik qiladi. Oshkoralik qomitasi rahbari, Respublika adiblar ittifoqi boshligi boladi. Uning birinchi sherlar toplami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan talabalik yillaridayoq bosilib chiqqan. Erkin Vohidov bolalik xotiralarini eslab: «Oylab qarasam, bolalik xotiralarimning kopchiligi sherlarga, dostonlarga kochgan ekan. «Nido», «Kuyosh maskani» poemalari, «Bolalik», «Oqsoqol», «Bolalik ekan-da...» sherlari osha murgak tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bolgan» - deb yozgan edi oz tarjimai holida. Uning asarlarida sher va shoir haqidagi qarashlar bayon etilgan.Erkin Vohidov I. Gyote, S. Yesenin, A. Blok, M. Svetlov, A. Tvardovskiy, R. Hamzatov asarlarini tarjima qilgan.
6-o`quvchi:«Odamlarga faqat shering emas, ozing ham kerakligingni sezish - bu katta baxt» - deb yozgan edi shoir oz tarjimai holida. Erkin Vohidov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «Ozbekiston qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |