O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA VA TILLARNI O`QITISH FAKULTETI O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO`NALISHI III BOSQICH
301-GURUH TALABASI
YO`LDOSHEVA MUHAYYONING
Hozirgi o`zbek adabiy tili fanidan
ERKIN VOHIDOV HAJVIYALARIDA KULGU
YARATISHNING LISONIY ASOSI
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
ISH RAHBARI: SAIDXONOV M.
Erkin Vohidov hajviyalarida kulgu
yaratishning lisoniy tahlili
REJA:
KIRISH.
Adabiyot - so' z san'ati
ASOSIY QISM.
Erkin Vohidov hajviyalarida kulgu hosil bo`lishining lisoniy asosi.
Erkin Vohidovning “Hajv daftari” to`plamidan “Donishqishloq latifalari” hajviyasi tahlili.
XULOSA.
Erkin Vohidov - mohir so`z ustasi.
Albatta, adabiyot so'z san'ati bo'lib, uning birlamchi unsuri til ekanligi hech bir zamonda inkor etilmagan. Kishilik tarixiy taraqqiyoti natijasi adabiyot fani yaralibdiki, uning ifoda vositasi so'z, tilni tugal talqin etmoqday vazifalar insonni o'yga solib kelmoqda. Til insonning mohiyati, ruhiyatini va faoliyatini turli nuqtai nazardan tadbiq etuvchi eski va yangi fanlar markaziy va ayni paytda, juda murakkab obyekt sanaladi. Buyuk ma'rifatparvar adib A. Fitrat adabiyotga shunday ta'rif beradi : " Adabiyot- fikr, tuyg'ularimizdagi to'lqinlarni so'zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to'lqinlarni yaratmog'idir". Taniqli adabiyotshunos O. Sharafiddinov :" Rangsiz tasviriy san'at, ohangsiz musiqa bo'lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo'lmaydi. Adabiyot insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf qiladi. Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqasi ro'yobga chiqadi". Bu o'rinda yirik adib va adabiyotshunos P. Qodirovning quyidagi fikrlari ham alohida e'tiborga loyiq:" Badiiy til har qanday adabiy asarning spesifikasini belgilaydigan eng asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Badiiy til nazariyasi esa adabiyot nazariyasiga oid masalalarning birinchi qatorida turadi".
Badiiy adabiyotning birlamchi unsurini belgilash bilan bog'liq bunday muqoyasa-mulohazalar ham boshqa tadqiqotchilar tomonidan o'tgan asrdan boshlab aytib kelinmoqda. Aytish joizki, san'atlar orasida adabiyot eng oliy san'atdir. Uning materiali ham boshqa san'at materialidan farqlanib turadi. Til, uning birliklari badiiy adabiyotga olib kirgunga qadar ham muayyan moddiy shakl va mazmun, ma'noning birligi sifatida mavjuddir. O'z leksik, grammatik ma'nosiga ega bo'lgan so'z, so'z birikmasi, gap kabi til birliklari yozuvchining badiiy maqsadiga bo'ysundirilgan holatda tegishli badiiy estetik mazmunni yuzaga chiqarish, ifodalash uchun qo'llaniladi. Shu tariqa, avvaldan ma'noga ega bo'lgan til birliklari badiiy asarning lisoniy to'qimasini shakllantirar ekan, ular ijodkorning badiiy mahoratiga uyg'un ravishda yana yangi, o'ziga xos badiiy ma'no -mazmunlarni inkishof qiladi.
O`zbek adabiyotining yetuk vakillaridan biri Erkin Vohidovning “Hajv daftari” to`plamini varaqlar ekanmiz, undan joy olgan “ Shaharmi bu, qishloqmi bu?..” hajviyasini biroz tahlil qilsak. She`r 10 misra 11banddan iborat, shoir uni “voqeiy she`r” deb izoh berib ketadi. She`rning dastlabki bandini o`qishimiz bilanoq undagi qiziq voqealar kulgu uchun xizmat qila boshlaydi. Ya`ni she`rning boshlang`ich misralari uning yakunida qiziq kulgulik vaziyat keltirib chiqarishga xizmat qiladi:
Ko`p ajibdir dunyo ishi,
Na so`nggi bor, na boshi bor.
O`n sakkiz ming olam bo`lsa,
Barining o`z quyoshi bor.
Har bir farzand- bir otadan ,
Bir daraxtdan- bir meva.
Lek olamda bir ko`cha bor
Karvoni yo`q yolg`iz teva
Yo u yoqmas, yo bu yoqmas,
Yo shaharmas, yo qishloqmas.
She`rning birinchi bandidayoq kulgu kayfiyati boshlanadi. Bunda yo… yo bog`lovchilari, u yoq, bu yoq ravishlari, va she`rning boshidan oxirigacha mavjud shaharmas, qishloqmas inkor ma`nosidagi ot so`z turkum so`zlari kulgu yuzaga keltirgan lisoniy asoslardir. Holat komikligi yumoristik ruhda yuzaga chiqmoqda.
Juft son uylar shahar bo`lur,
Toq son uylar qishloq deydi.
Men juftmidim yo toqmidim,
Shaharmidim, qishloqmidim?
3-misradan ko`rib turibmizki, lirik qahramon holatidagi kulgu antonimlar- juft, toq so`zlari orqali yuzaga kelgan. She`rning keyingi bandida odamlar o`zi shahar yo qishloqdaligini bilmaydi, lekin o`zini shaharlik degan qo`shnisi lirik qahramonni “qishloqi” deb hazil qiladi. Bu o`rinda xarakterlar o`rtasidagi ziddiyat kulguga sabab bo`lgan. Shaharlik, qishloqi, kolxoz shahar so`zlari lisoniy jihatdan asosdir.
Keng olamning egasi bor,
Bu maydonning egasi yo`q.
Keyingi misrada qishloq bo`lib don ekilmay, shahar bo`lib uy qurilmayotgan bu maydonning egasi yo`qligi ajib holatni ifodalaydi. Bu misrada bor, yo`q modal so`zlari orqali buning isbotidir.
Bilmadik, bu ishkal ishni
Qachon qilgan qaysi xo`ja:
Bir general nomi bilan
Bordir bunda ikki ko`cha.
Bu misrada qiziq muammolarni ko`taradi. Xatlarning sarson bo`lishi ko`cha nomlanishidagi tartibsizliklar kulgu ham achinarli holatni ifodalaydi. She`rni boshdab oxirigacha o`qib chiqsak, asosan, undagi holat komiklikka xizmat qiladi. Ya`ni bir makonki, arosat joyda qolgan yo shahar o`ziga sig`dirmaydi , yo qishloq. Lisoniy tahlil qilganimizda, eng faol antonimlar komiklikka asos bo`lgan. Asfalt- toshloq, fan doktor- chorvador singari so`zlar kulgu hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bulardan tashqari, sinonimlarni ham kulgu uchun lisoniy asos bo`lganini ko`ramiz. Orol- Robinzon, masxara- kulgi, sut-pishloq sinonimlar qatori shular jumlasidan.
Yoki falak azmi bilan
Manzilimiz osmondadir!
Biz sutmidik, pishloqmidik,
Shaharmidik, qishloqmidik!
Shoirning yana boshqa bir she`rini tahlil qilsak! 1977-yilda yozilgan “Nayning qismati” she`rini o`qiganimizda, komiklik, asosan, holatlar tasvirida yumoristik ruhda namoyon bo`ladi. She`rning qisqacha bayoni quyidagicha: nay dastlab navo bo`lib yaratilgan, insonlar uchun qadrli bo`lib to`ylarga borgan. Lekin u keyinchalik ahamiyatini yo`qotib, qadrsiz holatga kelgan. Oxir oqibat, ham ovoz, ham ko`zdan qolib, qulog`i tamom bitadi. Lekin shunga qaramay, odamlar uni yoshlikdagi xizmatlari uchun qadrlaydi. Ushbu voqealar rivojida uning holati, insonlarning unga munosabati komiklikni hosil qilgan. Lisoniy jihatdan tahlilga kelsak, bu she`r ham yuqorida tahlil qilganimiz - “Shaharmi, qishloqmi” she`ri kabi sinonimlar va antonimlar orqali komiklikni yuzaga chiqargan.
Lekin taqdir uni oshno
Qilgan edi kuylarga.
Sur nay nomin oldi,
Ammo
Boraverdi to`ylarga.
Tug`ilsa qay uyda go`dak,
Xabar topib beshikdan,
Aytmasa ham aytilgandek,
Kelaverdi eshikdan.
Do'stlaringiz bilan baham: |