Erkin Vohidov (1936-2016)



Download 53,38 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi53,38 Kb.
#530317
Bog'liq
Erkin Vohidov (1936–2016)


Erkin Vohidov (1936–2016)

Zamonaviy oʻzbek milliy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻildi. Otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga qaytib, tez orada shu yerda vafot etdi. Onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham dunyodan oʻtib, boʻlgʻusi shoir togʻasi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoldi.
Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotlarda, “Yoshlik” jurnalida xizmat qildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xalqaro aloqalar va munosabatlar qoʻmitasi rahbari, Oʻzbekiston Senati aʼzosi sifatida faoliyat yuritdi.
Uning birinchi sheʼri 14 yoshida, 7-sinfda oʻqib yurgan kezlarida chop etildi.
“Tong nafasi” (1961), “Mening yulduzim” (1964) kabi dastlabki toʻplamlarini nashr ettirdi.
E. Vohidov ijodida gʻazal, qasida, muxammas kabi janrlarga qoʻl urib, mumtoz adabiyot tajribalarini yanada boyitish, yanada mukammallashtirishga intildi. Ayniqsa, “Yoshlik” (1969) devoniga kirgan sheʼrlar bu jihatdan eʼtiborlidir.
Shoir xuddi shu davrdan boshlab dunyo kezdi, dunyoni koʻrdi, dunyoni tanidi. Ana shu taassurotlari asosida “Tirik sayyoralar” (1978), “Sharqiy qirgʻoq” (1981) kabi sheʼriy toʻplamlarini yaratildi. Inson taqdiri, uning baxti va kelajagi shoir ijodining bosh mavzuiga aylandi.
Uning “Kelajakka maktub” (1983), “Yaxshidir achchiq haqiqat” (1992) toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida haqgoʻy va bedor insonni kamol toptirish gʻoyasi yetakchilik qiladi.
Shoirning “Orzu chashmasi” (1964), “Nido” (1964), “Palatkada yozilgan doston” (1966), “Quyosh maskani” (1972), “Ruhlar isyoni” (1980), “Koʻhinur” (1982) kabi liro-epik asarlari, “Oltin devor” va “Istanbul fojeasi” kabi sheʼriy dramalari katta ijodiy mehnat mahsuli sifatida xalqimizning koʻngil mulkiga aylangan.Erkin Vohidovning toʻrt jildlik “Saylanma asarlar”i, “Orzuli dunyo” (2010), “Tabassum” (2012), “Yangi sheʼrlar” (2015) sheʼriy toʻplamlari adabiyot muxlislari uchun bebaho tuhfa boʻldi.U 1996 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov adabiyotimiz va maʼnaviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan asarlari, shuningdek, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yoʻlidagi faol xizmatlari uchun “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoniga sazovor boʻldi.
Download 53,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish